Taklif egri chizig’i: narx va taklif miqdori o`rtasidagi bog’liqlik
Biror mahsulot yoki xizmatga bo`lgan taklif miqdori ushbu tovarlarni bozordagi xaridorlari soni bilan ifodalanadi. Taklif miqdorining bir qancha qismlari mavjud, ammo yana bir marta narx bizning tahlilda asosiy o`rinni egallaydi. Muzqaymoq narxi yuqori bo`lganda muzqaymoq sotish daromadli bo`ladi va natijada muzqaymoq sotish hajmi oshadi. Muzqaymoq sotuvchilar ko`proq ishlashadi, ko`proq muzqaymoq texnikasi xariq qilinadiva ko`p ishchi yollanadi. Ammo muzqaymoq narxi past bo`lganda bu biznes kam daromadli bo`ladi va sotuvchilar kam muzqaymoq ishlab chiqaradi. Ba’zi narxda bir qancha sotuvchilar butunlay ishlab chiqarishni to`xtatadilar va ularning ishlab chiqarish hajmi nolga teng bo`ladi. Ushbu taklif miqdori va narx o`rtasidagi bog’liqlik taklif qonuni deyiladi. Narx oshganda taklif miqdori ham oshadi, narx tushganda taklif miqdori ham tushadi.
5 rasmda har oyda Ben tomonidan ishlab chiqariladigan muzqaymoq miqdori keltirilgan. Narx 1$ga tushganda Ben muzqaymoq ishlab chiqarishni butunlay to`xtatadi. Narx oshgan
sari ishlab chiqarish hajmi ham oshadi. Ushbu jadval ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi boshqa omillar o`zgarmas bo`lganda narxning taklifga ta’sirini ko`rsatadi.
5 rasmda taklif qonuni ifodalangan. Narx va taklif miqdorini bog’liqligini ifodalovchi egri chiziq taklif egri chizig’i deyiladi. Taklif egri chizig’i oshmoqda, chunki narxning oshishi ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Bozor taklifi individual taklifga qarshi
Bozor talabi bu - xaridorlar talablarining umumiy yig’indisidir, bozor taklifi esa sotucvhilar takliflarining umumiy yig’indisidir. 6 rasm bozordagi ikkita
muzqaymoq sotuvchilari- Ben va Jerryning ishlab chiqargan muzqaymoqlari miqdorini ifodalaydi.
Benning taklifi chizig’i Ben ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi, Jerryning taklif chizig’i esa Jerry ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi. Bozor taklifi shu ikkala individual takliflar yig’indisiga teng.
6-rasmdagi grafik taklif jadvaliga mos keluvchi taklif egri chiziqlarini ifodalaydi. Talab egri chizig`iga o`xshab, biz individual taklif chiziqlarini gorizontal yig`indisi orqali bozor taklifi egri chizig`iga ega bo`lamiz. Bu degani, biz istalgan narxdagi taklif miqdorini topish uchun gorizontal o`qdagi individual taklif chiziqlari orqali topilgan yakka miqdorlarni qo`shamiz. Bozor taklifi egri chizig`i tovarning narxi o`zgarishi bilan umumiy taklif miqdori qanday o`zgarishini ko`rsatadi, bunda ishlab chiqaruvchining qancha sotishi to`g`risidagi
qaroriga ta’sir qiluvchi narxdan boshqa omillar o`zgarmas deb qabul qilinadi.