Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Jamiyat siyosati Oligopoliyalar tomon



Download 4,66 Mb.
bet142/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Jamiyat siyosati Oligopoliyalar tomon


Iqtisodiyot 10 tamoyillaridan biri ya’ni hukumat ba’zan bozorga chiqish yo`lini rivojlantirishi mumkin. Bu tamoyil Oligopolistik bozorlarga to`g`ridan- to`g`ri murojaat qiladi. Biz ko`rganimizdan, Oligopolistlar hamkorligi jamiyatning joylashgan nuqtasining umuman keraksiz, chunki u ishlab chiqarishga yo`l ko`rsatadi, pasaygan va narxni yuqoriga ko`tarilishiga resurslarni taqsimlanishi ko`chishi ijtimoiy eng qulayliklarga yaqinroq. Siyosat tuzuvchilar Oligopoliyadagi firmalarni hamkorlikka qaraganda bellashishlarga yetarli majburlashga harakat qiladilar. Keling siyosat yurituvchilar buni qanchalik qila olishi va keyin xalq siyosatining hududidagi munozaralarni ko`tarilishini tekshirishini ko`rib chiqaylik.


Savdo cheklovi va Monopoliyaga qarshi qonunlar


Siyosat hamkorlikni rag`batlantirmasligini bir yo`li umumiy qonun orqali hisoblanadi. Odatda, shartnoma erkinligi bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Korxonalar va uy ho`jaliklari o`zaro manfaatli savdo tashkil qilish shartnomalaridan foydalanadi. Bu ishda, ular shartnomalarni amalga oshirish uchun sud tizimiga tayanadi.


Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning Monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga ko`ra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo`nalishlar bo`yicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig`ini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortig`iga ega bo`la olmasligi belgilab qo`yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.
Davlatning Monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib bo`lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda Monopoliyani o`rnatishga urinishlar va Monopol mavqeni suiste`mol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sog`lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko`rinishdagi, Monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda Monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada
— Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat bo`yicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat bo`yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekistonda Monopoliyaga qarshi organ 1992 yil da O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi tashkil etildi. 2000 yil 2 avgustda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida"gi farmoniga asosan Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qo`mitasiga aylantirildi.26


26 2000 yil 2 avgustdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida"gi farmoni
O`zbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o`rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o`z egalari qo`liga topshirilsa, ikkinchidan, ko`p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo`lgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim o`rin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin bo`lishini, ularning faoliyati tijoratlashgan bo`lishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga o`tish davrida raqobatning asosiy usuli narx bo`lganligi sababli, narxlarni erkin qo`yib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda O`zbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash to`g`risida"gi qonun (1992 yil 3 avgusat) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko`ra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni Monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to`sqinlik qilish, raqobatning g`irrom usullarini qo`llash man etiladi.
Hozirgi davrda O`zbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo`lsa, bu korxona Monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada Monopoliyalar ro`yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan:

  • Monopol mavqedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qo`yish;

  • o`z Monopol mavqeini suiste`mol qilgan Monopolik birlashmalarni bo`lib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.

O`zbekiston Respublikasining "Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida" (1996 yil 26 aprel)gi qonuni asosida g`irrom raqobatga, shu jumladan,
bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yo`l qo`ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e`tibor berilgan.
O`zbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida" qonuni (1996 yil 27 dekabr) Monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiste`mol qilishning oldini olish va mo- noAhmadiyadan chiqarish va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini ko`zlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy Monopoliyalar" deb ataladi. O`zbekiston Respublikasining "Tabiiy Monopoliyalar to`g`risida"gi qonunida (1997 yil 25 aprel, yangi tahrirda 1999 yil
19 avgust) respublikada tabiiy Monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda Monopoliyalarga qarshi va tabiiy Monopoliyalar to`g`risidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi ta`minlab borilmoqda.
Bu qonunlar istalgan yolg`iz firmada birlashishni oldini olish uchun ortiqcha bozor hokimyatiga olib kelishda ishlatiladi. Bundan tashqari bu qonunlar birlashish ro`yxatidan xususiy Oligopoliyalarda foydaianiladi, o`shanda ularning bozorida kamroq raqobat bo`ladi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish