Chekli xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
chizmaga qarasak, dastavval g`alati narsaga duch kelasiz. Qachonki chekli xarajat o`rtacha umumiy xarajatdan pastroq bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat tushayotgan bo`ladi. Shuning aksi bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat oshadi. Firma
xarajat chiziqlarining bu xususiyati namunada foydalanilgan o`ziga xos rasmlarga o`xshamaydi. U hamma firmalar uchun to`g`ri. Nima uchun bunday? O`rtacha xarajat va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi aloqa muhim natijaga ega: o`rtacha xarajat chizig`i o`rtacha umumiy xarajat chizig`ini o`zining eng pastki nuqtasidan kesib o`tadi. Lekin ikki chiziq tutashgach, sezilarsiz narx o`rtacha umumiy xarajat chizig`idan tepaga ko`tariladi. Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, o`rtacha umumiy xarajat ishlab chiqarishni bu darajasida ko`tarilishni boshlashi kerak.
Ko`pchilik firmalarda chekli mahsulot birinchi ishchi yo`llanganidan keyin, darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish jarayoniga bog`liq holda, 1- ishchiga qaraganda 2- yoki 3- ishchida ko`proq sifatli mahsulot bo`ladi, chunki, ishchilar jamoasi topshiriqlarni bo`lib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda unumliroq ishlaydilar. Firmalar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan oldin, o`z tajribalarini oshirish uchun bu ko`rgazmalarni namoyish qiladilar. O`rtacha umumiy, o`rtacha o`zgarmas, o`rtacha o`zgaruvchan, chekli xarajatlarni biror-bir firma misolida 5-chizmada, o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)larni o`z ichiga olgan holda ko`rsatilgan. Ishlab chiqarish hajmi pasayganda chekli mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi, va diagrammada chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot qisqarishini tajriba qilganidan so`ng xarajatlar ko`tarila boshlaydi. Bu o`sish kombinatsiyasi keyinchalik chekli mahsulotning qisqarishini, va o`rtacha-o`zgaruvchan-xarajat diagrammasini hosil qiladi. Bizning dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan, xarajatlarlar tebranishining 3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim:
Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan birgalikda oshadi.
O`rtacha-umumiy-xarajat “U” shaklida shakllanadi.
Chekli xarajatlar egri chizig`i o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`ini minimum nuqtasidan kesib o`tadi.
Ko’p firmalar chekli mahsulotni qisqartirishdan oldin uning oshishini tajriba qiladilar. Natijada ular quyidagicha xarajat chizmasiga ega bo’ladilar. Chekli xarajatlar shuni bildiradiki, o’rtacha umumiy xarajat ko’tarilishni boshlashdan oldin tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |