Vazirligi buxoro davlat



Download 261,68 Kb.
bet4/14
Sana31.12.2021
Hajmi261,68 Kb.
#279357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. (3)

Hajmiy (absolyut)

Ulush (o’rtacha)

Milliy daromad hajmi

Iste’mol fondining milliy daromaddagi ulushi

Aholining nominal daromadlari

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromad

Ish haqi fondi

O’rtacha va eng kam ish haqi

Tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tadbirkorlikdan olinadigan o’rtacha daromad

Pensiya fondlari hajmi


Pensiyaning o’rtacha va eng kam miqdorlari

Tovar aylanishi hajmi

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tovar aylanishi

Bajarilgan xizmatlar hajmi

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlar salmog’i

Uy–joy fondining hajmi

Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy hajmi (kv.m., xona)

Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining soni

Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar va ishsizlar salmog’i

Aholining jamg’armalari

Jamg’armaning o’rtacha miqdori

Aholining tabiiy ko’payishi

Yashash davri

Ko’rsatkichlar alohida belgilar bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi: umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; obyektiv va subyektiv; qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proporsiyasi va tarkibi ko’rsatkichlarlari; statistik ko’rsatkichlar va boshqalar.

Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi. Umumiy ko’rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot tarmoqlarining bevosita iste’molga yo’naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar iste’mol fondi (to’plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.

Xususiy ko’rsatkichlardan 1) iste’mol darajasi va usullari; 2) mehnat sharoitlari; 3) turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq, ammo aholi (mehnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va boshqalar bo’yicha aniqlashtirilgan.

Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini, ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar iqtisodiy ko’rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi. Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog’i va ularni differensiasiyalashda yaqqolroq namoyon bo’ladi.

Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish davri haqida tasavvur hosil qiladi.

Ko’rsatkichlarning obyektiv va subyektiv turlarga bo’linishi insonlar hayot faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi bo’yicha hisobga olinadi.

Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarning hajmi)ni o’z ichiga oladi.

Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar - oziq-ovqat mahsulotlari, energiya iste’moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-maishiy tovarlar ta’minotining hajmini ifodalaydi.

Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. Ular moddiy ne’matlar, xizmatlar iste’mol tarkibi, ovqatlanish, ma’lumot, malaka, uzoq muddatga muljallangan ijtimoiy-maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi kabilarni o’z ichiga oladi.

Aholi farovonligi proporsiyasi va taqsimot tarkibining (aholi qatlamlarini daromadlar bo’yicha taqsimlanishi, daromadlar va iste’molni konsentrasiyalash hamda differensiyalash ko’rsatkichlari va boshqalar) ifodalovchi ko’rsatkichlarni mustaqil ko’rsatkichlar sifatida ajratib ko’rsatish mumkin.

Statistik ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlar turmush darajasi ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin tutadi.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ilgari qabul qilingan tasnifdan foydalanish deyarli mumkin emas, chunki sho’rolar davrida tarkib topgan 280 dan ortiq ko’rsatkichni baholash juda murakkab va shu bilan birga so’nggi yillarda ijtimoiy taraqqiyotning yunalishlari, hisob yuritish va hisobot amaliyoti tub o’zgarishlarga yuz tutdi va mamlakatda milliy manfaatlarni himoya qiluvchi iqtisodiy omillar muhim o’rin tutadi.

Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:

1) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi, turmush qiymati indeksi va boshqalar);

2) aholi daromadlari;

3) aholi iste’moli va xarajatlari;

4) aholining pul jamg’armalari;

5) jamg’arilgan mol-mulklar va turar joylar;

6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi;

7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari.

Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo’lmasag’da, u sho’rolar davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.

Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:


  1. Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.

  2. Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.

  3. Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.

  4. Turar joy sharoitlari.

  5. Ma‘lumot va madaniyat.

  6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.

  7. Aholining daromadlari va xarajatlari.

  8. Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.

  9. Transport vositalari.

  10. Dam olishni tashkil etish

  11. Ijtisoiy ta‘минот

  12. Inson erkinligi.

Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.

Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.

Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.

Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.

Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni:



  1. Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.

  2. Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;

  3. Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;

  4. Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;

  5. Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalarи.

Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plami mehnat sharoiti, ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.

Yuqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga muvofiq iqtisodiyot subʼektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning miqdori va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan daromadlar ishlab chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari hisoblanadi va har bir omil oʼz egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi egasi ish haqi, kapital egasi foyda, koʼchmas mulk egasi renta, pul egasi foiz, aktsiya egasi divident shaklida daromad oladi.

Taqsimot qonuniga koʼra, daromadlar ekvivalent yaʼni babbaravar, tengma-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir subʼekt oʼz qoʼlidagi ishlab chiqarish omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qoʼshgan hissasiga qarab daromad olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb ataladi. Bu asosiy daromad turi boʼlsada u yagona daromad emas, undan tashqari bozor tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan nobozor daromadlari ham boʼladi.

Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga koʼra farqlanadi. Oʼz olinish usuliga koʼra daromadlar mehnatga asoslangan va mehnatsiz topilgan daromadlarga boʼlinadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar mehnatga asoslangan daromadlar, deb hisoblansa, qoʼyilmalar uchun foiz, meros kabi daromadlar mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi.

Shakllanish manbalariga koʼra daromadlar ish haqi, mulkdan kelgan daromadlarva ijtimoiy toʼlovlarga boʼlinadi. Mulkdan kelgan daromadlar sirasiga foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir. Ijtimoiy toʼlovlar bilan bogʼliq daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan iborat.

Bozor iqtisodiyotida ish haqi daromadning asosiy qismi, ammo yagona daromad emas. Rivojlangan bozor mamlakatlarida u axoli jami daromadlarining 2/3 qismini tashkil etadi. Ish haqi miqdorining koʼp yoki oz boʼlishi odatda, mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va ish kuchi taklifining nisbatiga, mehnatning unumdorlik kuchiga, bozor talabiga mos ravishda ishlay bilishiga bogʼliq boʼladi.

Foyda, foiz, divident, renta, mulkdan keladigan daromad ularning miqdori, uning egasi tomonidan qanchalik samarali ishlatilishiga qarab boʼladi.

Davlat tomonidan qarilik va nogironlik yoki boquvchisiz qolganlarga beriladigan pensiya, nafaqalar, bir yoʼla yordam pullari, stipendiyalar va turli natural toʼlovlar, nobozor daromadlarini tashkil etadi. Bu toʼlovlarni davlat firmalari va ayrim homiylar tashkil etib, shu hisobdan muhtojlarga bepul ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon beriladi, bepul xizmatlar koʼrsatiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida axoli daromadlari ish haqi tadbirkorlik faoliyatdan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya, turli xil yordam shaklidagi pul tushumlaridan, mulkdan foiz, divident, renta shaklidagi daromadlardan, qimmatli qogʼozlar, koʼchmas mulkdan, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini sotishdan, hunarmandchilik, kasanachilik, turli xil xizmatlar koʼrsatish va moliya kredit, banklardan keladigan daromadlardan tashkil topadi.

Аxoli daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida boʼlgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

Nominal daromad – axoli tomonidan maʼlum vaqtda pul shaklida olgan daromadlarining miqdori.

Ixtiyoridagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy toʼlovlar chiqarib tashlangandan soʼng, axoli ixtiyorida shaxsiy isteʼmol va jamgʼarish uchun qoladigan daromad.

Real daromad – axolining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi yoki real daromad – bu isteʼmol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan daromad boʼlib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima berilishini bildiradi.

Real daromad ikki narsaga bogʼliq boʼladi.

А) qoʼlda mavjud boʼlgan pul daromadining yoki axoli ixtiyorida qolgan daromadning miqdoriga teng.

b) pul birligining xarid qobiliyati. Bu bozorda narxga bogʼliq boʼladi, yaʼni narx qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi.

Masalan, oʼqituvchining bir oylik qoʼlga tekkan yoki oʼz ixtiyorida qolgan daromadi 200 ming soʼm. Shu pulga 100 ming soʼmlik kiyim-kechak, 60 ming soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 40 ming soʼmiga roʼzgʼor uchun zarur tovarlar, uy-joy anjomlari, bolalariga maktab tovarlari xarid qilish mumkin. Narx pasaysa 90 ming soʼmga kiyim-kechak, 50 ming soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 30 ming soʼmga uy-roʼzgʼor anjomlari, bolalar uchun turli xil oʼquv qurollari xarid qilsa (200-170-30) 30 ming soʼm qoladi. Shu pulga qoʼshimcha ravishda tovarlarni xarid qilish mumkin. Bu isteʼmolni orttiradi, narxlar oshsa isteʼmol qisqaradi. Shuning uchun real daromad aniqlanganda narxlarning oʼzgarishi hisobga olinishi zarur. Buning uchun isteʼmol tovarlari narxining indeksidan foydalaniladi. Bu tovarlar tarkibiga koʼpchilik isteʼmol qilinadigan tovarlar toʼplami kiradiki, u isteʼmol savati deb yuritiladi. Isteʼmol savati ishlab chiqarishni rivojlanishi va kengayishi bilan oʼzgarib kengayib boradi, yangi tovar va xizmatlar kirib keladi. Masalan, bir vaqtlar shaxsiy avtomobilga ega boʼlish, televizor, kompьyuterlardan, uyali telefon aloqasidan foydalanish xarajatlari isteʼmol savatiga kirmagan. Bugun esa bular odatdagi isteʼmol tovarlariga aylanib bormoqda va isteʼmol savatiga kiradi.

Аholi daromadlari “turmush darajasi” va “turmush sifati” tushunchalari bilan chambarchas bogʼliq. Аholi daromadlari oshib borgan sari xalq yashash sharoitlari yaxshilanib boradi. Turmush darajasi, deganda kishilar farovonligining miqdoriy

meʼyori tushuniladi. Daromadlar va isteʼmol darajasining oʼsishi, umr yoshining oʼsib borishi, ish haftasi va taʼtilning uzunligi uni ifodalovchi asosiy koʼrsatkichlardir.

Turmush sifati kishilar turli sharoitalri haqidagi umumiy tushunchalar boʼlib, mehnat sharoitlari va xavfsizligi, madaniy daraja, jismoniy rivojlanish kabilar bilan xarakterlanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabaqalanishi yoki tengsizligi hukm suradi. Bozor sharoitida hamma bir xil tenglikka asoslangan daromad ololmaydi. Chunki kimdir koʼp pul topsa, kimdir kam topadi. Chunki pulni koʼp, oz topish eng avvalo insonning ish qobiliyatiga, ijtimoiy-iqtisodiy muhitga bogʼliq. Bu muhit har bir shaxsning ish qobiliyatini toʼlaroq yuzaga chiqara olsa ishlab pul topish koʼpayadi, agar aksi boʼlsa kamayadi.

Bozor iqtisodiyoti pul topish uchun, qonuniy ravishda teng imkoniyatlar beradi, lekin bu imkoniyatdan foydalanish har xil boʼladi va bu oʼz navbatida turmush darajasida farqlanadi va bu daromadning har xilligida yuz beradi. Kishilar turmushini farqlantiruvchi yana bir omil ijtimoiy-demografik holat boʼlib, oila tarkibining har xilligi bilan yuz beradi. Oila tarkibida mehnat qilib pul toparlar koʼp boʼlsa, boqimandalar oz boʼlsa, albatta u jon boshiga hisoblanganda koʼp boʼladi. Shuning uchun koʼp bolali oilalarda ixtiyoridagi daromad hajmi katta boʼlsada, u jon boshiga hisoblanganda kam chiqadi. Misol uchun ikki oilani olib koʼraylik. Birinchi oilada 5 kishi bor 3 kishi pul topadi. Har birining daromadi oyiga 100 ming soʼm 2 kishi boqimanda. Bu oilaning jami daromadi 300 ming soʼm boʼlib, jon boshiga 60 ming soʼmdan toʼgʼri keladi. Ikkinchi oilada 6 kishi bor ulardan faqat 2 kishi ishlab oyiga 200 ming soʼm daromad topadi, lekin bu yerda boqimanda 4 kishi, jon boshiga daromad 33 ming soʼmga toʼgʼri keladi. Daromadlarning farqlanishi (60>33) pul topishga emas balki, oila aʼzolari soniga, boqimandalar soniga bogʼliq.

Daromadning farqlanishi uning tabaqalanishi-differentsiatsiyasi, deb yuritilib daromadlardagi tengsizlikni koʼrsatadi.

Daromadlardagi tengsizlik aniqlanganda xonadonlar 5 ta kvintelga (guruhga) boʼlinadi. Bunda xonadonlar quyidan yuqoriga, yaʼni past daromaddan yuqori daromad sari joylashtiriladi (1 kvintelь – oʼta kambagʼallar, 2 kvintelь – kambagʼal, 3 kvintelь – oʼrtahol, 4 kvintelь - boy, 5 kvintelь – oʼta boylardan iborat boʼladi).

Turli kvinteldagi xonadonlarning umumiy xonadonlar sonidagi hissasi (% hisobida) ularning jami daromaddagi hissasi bilan taqqoslanadi. Bu bilan xonadonlarning qanday daromadlarning qanday qismini olinganligi aniqlanadi. Odatda quyi kvintellardagi xonadonlarning daromaddagi hissasi kichik boʼladi, yaʼni masalan 10 % xonadon 5-6 % daromadni oladi. Vaholanki, yuqo-ri kvintellarda xonadonlar soni kam boʼlsada, ular daromadning katta qismini oladilar. Аyrim mamlakatlarda oz miqdordagi 4-5 foizni tashkil etgan boy oilalar daromadlarning katta qismini oladilar.

Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni oʼsishi, axolining turmush darajasi koʼtarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng kambagʼallar oʼrtasidagi tafovut oshib bormoqda. BMT ning maʼlumotiga koʼra, dunyodagi eng boy 3 odamning boyligi Аfrika, Osiyo, Lotin Аmerikasi qitʼasidagi 48 ta kam rivojlangan mamlakatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan ortiq. Sayyora-mizning 225 eng boy odamlarining umumiy daromadi 1 trln dol-lardan ortiq. Shunday bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan 4,4 mlrd. axolining 3/5 qismi kanalizatsiyadan foydalan-may, 1/3 qismi toza ichimlik suvidan isteʼmol qilishdan, 1/3 qismi sogʼliqni saqlash xizmatidan foydalanishdan mahrum etilgan. Yevropaliklar bir yilda 11 mlrd. dollarlik isteʼmol qilgan muzqaymoqning qiymati, dunyoda toza ichimlik suvi va kanalizatsiyaga muhtoj boʼlganlar ehtiyojini toʼla qondirish imkonini beradi1.

Daromadlar tengsizligi darajasining miqdorini aniqlash uchun Lorents2 egri chizigʼidan foydalaniladi.

“Oilalar” ulushi yotiq chiziqda, daromadlar ulushi esa tik chiziqda joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taʼminlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga boʼluvchi) chiziqda ifodalangan boʼlib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini koʼrsatadi. 20% oilalar barcha daromadlarining 20 %, 40% axoli 40% daromadni, 60% axoli 60% daromadlarni olishni bildiradi.

Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizigʼi oʼrtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta boʼlsa tengsizlik katta va daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng boʼlsa, bunda Lorents egri chizigʼi va bissektirisa oʼqi bir-biriga mos kelib, farq yoʼqoladi.

Daromadlar tabaqalanishin aniqlashning koʼp qoʼllaniladigan koʼrsatkichlaridan biri ditsel koeffitsienti boʼlib, bu koʼrsatkich 10% eng yuqori taʼminlangan axoli oʼrtacha daromadlari va 10 % eng kam taʼminlangan ahol oʼrtacha daromadi oʼrtasidagi nisbatni ifodalaydi. Solishtirilayotgan aholi qatlamlari orasidagi farq 13-15 martadan oshiq boʼlmasligi talab etiladi. Oʼzbekistonda bu farq turli yillarda 7,9 dan 11,5 gacha boʼlib, u meʼyordan chiqib ketmagan. 2019 yil bu koʼrsatkich 8,0 ni tashkil etdi. 2 Masalan АQSh va Аngliyada bu nisbat 13:1 ga, Shvetsiyada esa 5,5:1 ga teng.

Yalpi daromadning axoli guruhlari oʼrtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun axoli daromadlari tengsizligi indeksi (Djinni koeffitsenti)3 koʼrsatkichidan foydalanildi. Bu koʼrsatkich qanchalik katta boʼlsa (yaʼni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli boʼladi. Jamiyat aʼzolari daromadlari tenglashib borganda bu koʼrsatkich 0 (nolь)ga intiladi.

Respublikamizda ijtimoiy nochor va kam taʼminlangan axoli qatlamlariga ustivor yordam siyosati tufayli axoli daromadlari orasidagi tafovut darajasini birmuncha yumshatishga olib keldi. Jinni koefitsenti (jamiyatning daromad boʼyicha tabaqalanishi koʼrsatkichi) 1991-1997 yillarda 0,261 dan 0,421 ga koʼtarilib, 2003 yilda 0,387 gacha tushdi. U 2010 yil 0,3 ni tashkil etdi.

Umumiy daromadlarning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda oʼrtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar kategoriyasi boʼyicha maʼlum tengsizligi mavjud.

Daromadlar tengsizligining asosiy sababi, bozor iqtisodiyotining xususiyatidan kelib chiqadi. Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga oʼtish daromadlar tengsizligi masalasini maʼlum darajada keskinlashtiradi. Daromadlarning tabaqalanishi eng avvalo mulkiy tabaqalanishdan kelib chiqadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud boʼlib, ularning eng asosiylari:

- odamlarning umumiy – jismoniy, aqliy layoqatidagi farqlar;

- ijtimoiy jihatdan oʼz qobiliyatini ishga sola bilish imkoniyati;

- taʼlim, bilim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

- tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorlik darajasidagi farqlar;

- ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni oʼrnatishiga layoqatliligi;

- omad, boshqalar bilan til topa bilishi.

Bunday holatda davlat daromadlarni qayta taqsimlash orqali daromadlar tengsizligini kamaytirishi va jamiyat barcha aʼzolari uchun qulay moddiy hayot sharoitini yaratishga intilmogʼi zarur.

Bunga davlatning ijtimoiy siyosati orqali erishish mumkin.


Download 261,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish