Vazirligi buxoro davlat


Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi



Download 261,68 Kb.
bet9/14
Sana31.12.2021
Hajmi261,68 Kb.
#279357
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. (3)

Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.

Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlanishini bildiradi.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar davlat byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53 foizni 2009 yilda 54,6 foizni, 2009 yil 56,3 fozni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 59,1 foizni yetkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatda 2008 yilda ijtimoiy inftuzilma bo’yicha qilingan ishlar salmoqli bo’ldi. Ya‘ni, “Ijtimoiy soha ob‘ektlarini qurish va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o’quvchiga mo’ljallangan 169ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o’rinli 23ta akademik litsey qurildi va rekonsturuktsiya qilindi. Shu bilan birga, 69ta yangi maktab barpo etildi va 582ta maktab kapital rekonstruktsiya qilindi. Shular qatorida 184ta bolalar sport inshooti, 26ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr to’rar joy binolari va boshqa ob‘ektlar qo’rildi”[1]

Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy har tomonlama qo’llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda shakllantirilayotgan madaniylashgan bozor iqtisodiyoti ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan chambarchas bogʼliq. Ijtimoiy himoyalashning qay darajada boʼlishi davlatning olib borayotgan ijtiomiy siyosatiga bogʼliq. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar oʼrtasida tabaqalanishning haddan tashqari chuqurlashuviga yoʼl qoʼymaslik, ularning maʼlum darajada hayot kechirishini taʼminlashga qaratilganligidir. Davlatning ijtimoiy siyosati asosini axoli daromadlarini shakllantirish siyosati egallaydi. Jamiyat aʼzolarining daromad darajasi farovonlikning muhim koʼrsatkichi boʼlib, unga qarab har bir kishining moddiy – maʼnaviy hayoti, ilm olish, sogʼliqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarni qondirishi yuz beradi. Shunga koʼra, davlatning ijtimoiy siyosati – ijtimoiy jarayon va kishilar oʼrtasidagi munosabatlarning butun kompleksini tartibga solishga qaratilgan davlat tomonidan taʼsir etirsh chora-tadbirlarining yigʼindisidir.

Ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy maqsadlari mavjud:

- Аholi turmush darajasi va sifatini oshirish;

- Kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini borgan sari toʼlaroq qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- Ijtimoiy adolatni chuqurlashtirish, ijtimoiy kafolat va ijtimoiy himoya mexanizmini takomillashtirish.

Ijtimoiy siyosatning tub maqsadi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida oʼz ifodasini topgan: “Barcha islohotlarning, - deb yozgan I.Karimov, - iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat.”1

Аyni vaqtda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi holatlarni taqozo etadi:

1. Barcha mehnatga layoqatlilarga tadbirkorlik va mehnat uchun qulay sharoitlarni taʼminlash. Bular jumlasiga kiradi:

- Biznesni liberallashtirish;

- Kichik tadbirkorlikni ragʼbatlantirish;

- Yuqori darajadagi bandlikni qoʼllab-quvvatlash;

- Mehnat munosabatlarini tartibga solish.

2. Jamiyatning barcha aʼzolariga farovonlikning maʼlum standartlarini taʼminlash. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurat hisoblanadi:

- Jamiyatda daromadlarni qayta taqsimlash;

- Turli nafaqalar va pensiyalarni optimallashtirish ;

- Umumiy savodxonlik va barcha jamiyat aʼzolari uchun zaruriy tibbiy yordamni uyushtirish.

Isteʼmoldagi farqlar faqat mehnat bilan bogʼliq daromadlargagina emas, balki oila aʼzolari soni, oiladagi ishlovchilar soni, oiladagi ishlovchilar bilan ishlamaydiganlar nisbati, sogʼligʼi, milliy sharoitga bogʼliq.

Mavjud katta farqlarni faqat davlat ijtimoiy siyosat orqali tartibga solishi mumkin.

Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti oʼz-oʼzidan jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni shakllantira olmaydi, aksincha axolining iqtisodiy jihatdan tabaqalanishini kuchaytiradi.

Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi axolining nochor, muhtoj toifalarini ishonchli ijtimoiy himoyasini shakllantirishdan iborat.

Maʼlumki, bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz, silliqqina oʼtib boʼlmaydi. Bu bozor munosabatlariga oʼtgan mamlakatlar tajribasidan maʼlum.

Shuning uchun ham bozor mexanizmini joriy etishdan oldin axolini ijtimoiy himoyalash boʼyicha kuchli ehtiyoj chora – tadbirlarni oldindan koʼra bilish, axolini ijtimoiy himoyalash yoʼli bilan odamlarning turmush darajasining keskin pasayib ketishini oldini olish va shu asosda jamiyatda osoyishtalik va barqarorlikni saqlash uchun asosiy omil boʼladi. Oʼzbekistonda xuddi shu yoʼldan borildi.

Islohotlarning boshlangʼich bosqichidan boshlab axolini ijtimoiy himoya qilish uchun qoʼplab, usul va uslublardan foydalanildi. Jumladan, miqdori muntazam oʼzgartirib borilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya toʼlovlari, bevosita pul toʼlovlari imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi bilvosita toʼlovlar keng qoʼllanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan boʼldi. Korxonalarning oʼz xodimlariga ijtimoiy yordam koʼrsatish sohasidagi xarajatlarining bir qismi byudjet mablagʼlari hisobidan qoplandi. Keng isteʼmol mollari va xizmatlarning koʼpgina turlari narxlaridagi tafovutlarning oʼrni byudjetdan qoplandi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari va yolgʼiz pensionerlar uchun bepul ovqat, barcha maktab oʼquvchilari va studentlar uchun ovqatlar arzonlashtirildi, koʼpgina toifadagi fuqarolarga turar – joylari xususiy mulk qilib bepul berildi, baʼzi turdagi kommunal xizmatlar haqini toʼlashda yengilliklar joriy etildi.

Islohotlarning birinchi bosqichida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.

Narxlarning erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasining ortib borishi bilan daromadlarning eng kam va oʼrtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalashda ustun yoʼnalishlardan biri boʼldi. Bu yoʼnalish axolining barcha tabaqalarini qamrab oldi va islohotlar birinchi bosqichida keng miqyosda qoʼllanildi. Respublikada daromadlar va narxlar nisbati-ning oʼzgarishi bilan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgʼarma banklaridagi axoli omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlari qayta koʼrib chiqildi.

Eng kam ish haqi va boshqa toʼlovlar oldindan koʼpaytirilib kelindi, narx-navo oʼzgarishi bilan bogʼlab olib borildi. Bu oʼz navbatida axoli toʼlov qobiliyatining saqlanib qolishini taʼminladi va uning turmush darajasining keskin pasayib ketishining oldi olindi.

Аholini ijtimoiy himoya qilishda respublika ichki isteʼmol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari turlari isteʼmolini muayyan darajada saqlab turishdan iborat koʼrilgan chora-tadbirlarning oʼrni katta boʼldi.

Isteʼmol bozorini zarur tovarlar bilan toʼldirish va ularning chetga chiqib ketishini oldini olish maqsadida isteʼmol mollarini sotib olish uchun bir marta, soʼngra koʼp marta ishlatiladigan kuponlar muomalaga kiritildi, kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meʼyorlangan tarzda sotish joriy etilda. Bu oʼz navbatida bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmoqlariga barcha zarur oziq-ovqat tovarlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni taʼminladi va ularning isteʼmol qilish hajmini kamaytirmaslik uchun imkon yaratdi.

Ish haqini oshirish bilan birga, barcha toifadagi maktablarning oʼquvchilari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, Oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarining professor - oʼqituvchilari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini ragʼbatlantirish maqsadida ularga qoʼshimcha moddiy neʼmatlar – kvartira haqi va kommunal toʼlovlarda imtiyozlar berildi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratildi.

Oʼzgalarning qaroviga muhtoj boʼlgan yolgʼiz pensionerlar turar-joyi va kommunal xizmat uchun haq toʼlashdan ozod etildi. Ularga belgilangan meʼyorda eng zarur mollarni, dori-darmonlarni bepul olish, jamoat transportida tekin yurish huquqi berildi. Oliy oʼquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʼquvchilarining, aspirantlarning stipendiyalari bir necha marta oshirildi.

Yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari oziq-ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qoʼshimcha toʼlovlar, maktab oshxonalari va tamadi xonalari qoʼshimcha xarajatlarining bir qismini byudjet mablagʼlari hisobidan qoplash, xususiy xonadonlarda yashayotganlar uchun qoʼshimcha toʼlovlar, jamoat transportida arzon haq toʼlab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Birinchi bor nikohdan oʼtayotgan kelin- kuyovlar uchun mebelь va gilam mahsulotlari, nikoh uzuklari sotib olish uchun imtiyozlar berildi.

Umuman aytilganda islohotlarning birinchi bosqichida barcha axoli yaʼni kam daromadli oilalar ham, oʼziga toʼq fuqarolar bab-baravar miqdorda foydalandilar yoki axolining barcha qatlami yoppasiga ijtimoiy himoyadan bahramand boʼldi.

Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida axolini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan yangi tizimga oʼtildi. Bu – ishonchli ijtimoiy kafolatlar axolining eng muhtoj guruhlarini axolining aniq tabaqalarini qamrab olishni koʼzda tutadi, yordam tizimi faqat kam taʼminlangan va mehnatga layoqatsiz odamlarga nisbatan

qoʼllanilib, shu maqsad uchun davlat mablagʼlari bilan birga mehnat jamoalari, turli tashkilot va jamgʼarmalarning mablagʼlaridan foydalaniladi.

Ijtimoiy yordamning yangi tizimida bolalar va kam taʼminlangan oilalar uchun barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablagʼlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda oʼtkazilgan mablagʼlari hisobidan maxsus jamgʼarmalar tashkil etildi.

Bugungi kunda oilalarga moddiy yordam tayinlash fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari – mahalla yigʼinlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Endilikda barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla yordamida amalga oshiriladi. Bunda oila asosiy mavqeiga ega boʼladiki, bu noyob tartib oʼz navbatida umuminsoniy qoidalar, milliy urf-odat anʼanalarimizga mos keladi.

Mahalla yigʼinlari yordam soʼrovchi oilalarning real moddiy va mulkiy ahvoli, daromadi manbalarini yaxshi biladi. Mahalla yigʼinlari orqali moddiy yordamning azaldan xalqimizga xos boʼlgan insonparvarlik urf-odatlari – qoʼshniga yordam, uning hol – ahvolidan xabardor boʼlish kabi anʼanalar asos qilib olinganligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga mahalla yigʼinlarida dangasalar va boqimandalar, tekinxoʼrlarga nisbatan nafrat, murosasizlik bilan qarab kelinganligini ham taʼkidlash darkor.

Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi mehnatni ragʼbatlantiradigan omillar va vositalarning yangi tuzilmasining paydo boʼlishiga asos boʼladi.

Xulosa, islohotlar davrida davlat axolining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashning turli yoʼllari bilan birga, oʼz mehnat faoliyati natijasida oilasining farovonligini taʼminlashga harakat qiluvchilarga teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga yoʼl ochib beradi.

Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini taʼminlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik muammosini oʼrganishdan asosiy maqsad – aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

Jahonda roʼy berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz taʼsirida dunyo boʼyicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda Oʼzbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish oʼrinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni - yangi ish oʼrinlarini yaratishning oʼziga xos mexanizmlarining tarkib topgani va uning bir qator yoʼnalishlar boʼyicha izchil amal qilib kelayotganidir.

Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yoʼnaltirilgan maqsadli chora- tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy oʼsish va bandlik surʼatlari aholi farovonligini oshirishni taʼminlamoqda.

Аholi real daromadlarining oshishida asosiy omil boʼlib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy oʼsishning tez surʼatlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani hisoblanadi.

Soʼnggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror surʼatda oʼsib bormoqda. Jumladan, 2012 yilda oʼrtacha ish haqi 17,5 foizga oʼsdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi. Umuman olganda, 2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar koʼpaydi. Hisob-kitoblarga koʼra, oʼrtacha ish haqi isteʼmol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi.

Аholining oʼsib borayotgan toʼlov qobiliyati bilan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlari hajmi oʼrtasida ichki bozorda mutanosiblikni taʼminlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlarimizni ular bilan ishonchli tarzda toʼldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aholining turmush farovonligi koʼp jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasiga bogʼliq boʼladi. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xoʼjaliklari faoliyatidan yanada samarali foydalanish zarur boʼladi.

Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati koʼplab omillar taʼsirida shakllanadi.




Download 261,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish