Vazirligi buxoro davlat


Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Download 261,68 Kb.
bet2/14
Sana31.12.2021
Hajmi261,68 Kb.
#279357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. (3)

Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.

Reja:

Kirish


  1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.

  2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

  3. Davlatning ijtimoiy siyosati.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi oʼrni, ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlarni taqsimlash munosabatlariga bogʼliq boʼladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga koʼp jihatdan bogʼliq boʼlsa ham, taqsimot masalasi ham oʼziga xos muhim oʼrin tutadi. Taqsimlash – bu har bir xoʼjalik yurituvchi subʼektning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir.

Taqsimlashning ikki jihatini, yaʼni iqtisodiy jihatini va ijtimoiy jihatini farqlash lozim. Taqsimlashning iqtisodiy jihati taqsimlashning milliy iqtisodiyotga ehtiyojlar tizimi, manfaatlar va ragʼbatlar orqali taʼsir etishini ifoda etsa, ijtimoiy jihati esa uning aholi ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishi va rivojlantirilishini aks etadi.

Аsrlar davomida insoniyat taqsimotdagi ijtimoiy adolat ustida fikr yuritib keladi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da ijtimoiy adolat – bu daromadlar taqsimlanishidagi moʼtadil tengsizlik muammosidir. Uni turli kontseptsiyalar oʼziga xos ravishda talqin etadi. Jumladan, “Egilitar” kontseptsiya tarafdorlari daromadlarning tekis taqsimlanishini adolatli, deb biladi. “Roulsian” kontseptsiyasiga koʼra esa, adolatlilik jamiyatning eng kam taʼminlangan aʼzosi farovonligini maksimallashtirishdir. “Utilitar” kontseptsiya daromadlarni taqsimlashda adolatlilik, deb shunday holatni nazarda tutadiki, unga koʼra ijtimoiy farovonlik birinchi oʼrinda turadi. Bozor kontseptsiyasiga koʼra adolatli taqsimlash, bu ishlab chiqarish omillariga talab va taklif asosida shakllanadigan taqsimlashdir.

Oʼzbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni moʼljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi.

Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni taʼminlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik printsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Аmmo farovonlikni taʼminlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat oʼzgarishlari boʼlishini talab etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – koʼp xil mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar.

Mehnat va mulk funktsiyalarining oddiy odamlar qoʼlida yigʼilishi iqtisodiyotni insoniylik prinpitslariga boʼysundiradi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni amal qiladi. Bu qonunga koʼra, iqtisodiy faollik negizida pul topib, boy boʼlish emas, balki jamiyatda nufuzli, obroʼ-eʼtiborli boʼlish, oʼz nufuzi bilan nom chiqarish va shu yoʼsinda ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topa bilishga intilish maqsadi yotadi. Bu hol yuz berishi uchun inson sahiy va olijanob boʼlishi kerak. Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy farovonlik yuz beradi.

Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab, ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga, jamiyatda taqsimotning nobozor qoidalari ham amal qiladi.

Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, uning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Аytilgan taqsimot qonuni bozor iqtisodiyoti uchun ijtimoiy adolat tamoyillari belgilaydi. Ular daromadni cheklashni inkor etadilar. Ularga binoan daromadlar har bir ishlab chiqarish omili samarasiga qarab, cheksiz oʼsib borishi mumkin. Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi sohibi ish haqi oladi, kapital egasi foyda, yer egasi renta oladi, menejer ish haqi va foyda oladi, avval ishlaganlar pensiya oladilar. Taqsimotning bozor qoidalari hukmron boʼlsada, jamiyatda uning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Nogironlar, kambagʼallar, boshpanasizlarga yordam koʼrsatish taqsimotdagi ijtimoiy hayr-ehson tamoyili boʼlib, uning bozor qonunlariga aloqasi yoʼq, aksincha, u insoniylik jihati hisoblanadi.

Bozor taqsimotiga ekvivalentlik, yaʼni omillar bergan natijaga monand ravishda daromad ajratish xos. Аmmo noekvivalent taqsimot ham bor. Davlat daromadning bir qismini oʼz ihtiyoriga olganga taqsimlash munosabati yuz beradi, ammo ekvivalentlik boʼlmaydi, chunki davlat daromaddagi oʼz hissasini iqtisodiy oʼsishdagi xizmatlariga teng miqdorda emas, balki umumdavlat talab-ehtiyojini qondirish zarurligi uchun oladi.

Resurs egalarining daromadi ularning ishlatilish samaradorligiga bogʼliq va uning mezonini bozor aniqlaydi. Samaradorlik mezoni esa bozor talabining qondirilishidir. Resurslar yordamida talabgir tovar qanchalik koʼp yaratilsa, shunchalik pul koʼp topiladi, shunga binoan daromadlar ham koʼpayadi. Resurslar bozor nuqtai nazaridan samarali ishlatilmasa, tabiiyki, daromad kamayadi. Xullas, daromad bozorning resurslar sifatini naqadar tan olishiga bogʼliq.

Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.

O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.

Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq

70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib, turli maktablar daromadlarni taqsimlash masalasiga turlicha yondashadilar. Masalan, “Liberal” nazariya vakillari ishlab chiqarish omillari taʼlimotiga tayanib, har bir omil egasi oʼz ulushini oladi va davlatning bu yoʼnalishga aralashuvi maqsadga muvofiq emas, deb bilsalar; “Ijtimoiy davlat” nazariyasi namoyondalari esa, aksincha, davlat fuqarolarining arzigulik daromadlarini davlat tomonidan qayta taqsimlanishini zarur, deb hisoblaydilar. “Daromadlarni qayta taqsimlashning masshtabli” nazariyasi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning xatti-harakati orqali barchaning yuqori turmush darajasini taʼminlashni ifoda etadi.


Download 261,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish