32
Foydalanish uchun adabiyotlar
1.
A.V.Gordeyev, A.YU.Molchanov Sistemnoye programmnoye
obespecheniye Uchebnik Piter, 2001g.
2. Shafrin YU. «Osnovo' kompyuternoy texnologii», M:1997g.
3. Simonovich i dr. «Spesialnaya informatika» M:, AST press, 1998.
Translyatorlar
Reja:
Translyator, kompilyator tushunchalari
Interpretatorning vazifasi, translyatordan farqi
Ekvivalentlik tushunchasi
Tayanch iboralar:
translyator,
ekvivalentlik, kompilyator, dasturiy ob'yekt,
ob'yekt,
Translyator- bu kirish tilidagi programmani unga ekvivalent bo'lgan
natijaviy
chiqish tilidagi programmaga o'giruvchi programmadir. Translator- tarjimon
ma'nosini anglatadi. Ta'rifda 3 marta programma so'zining ishlatilishi bejiz emas,
chunki translyator ichida har doim 3 ta programma ishlatiladi.
Birinchidan,
translyator o'zi programma, u hisoblash sistemasini tizimli dasturiy ta'minoti
tarkibiga kiradi. U mashina komandalari va axborot majmuidan tashkil topgan.
Ikkinchidan translyator kiruvchi axborot sifatida kiruvchi programmaning matni,
ya'ni qaysidir programmalash tilida yozilgan
komandalar ketma-ketligi
tushuniladi. Uchinchidan translyatorning chiquvchi axboroti bo'lib, natijaviy
programma matni hisoblanadi. Chiquvchi programma translyatorning chiqish tili
sintaksisi qoidalari asosida quriladi. Uning ma'nosi,
esa chiqish tilining
semantikasi bilan aniqlanadi. Translyator aniqlanishida asosiy talab bu kiruvchi
va chiquvchi programmalarning ekvivalentligidir. Ekvivalentlik
deganda kirish
va chiqish tillarining semantikalari bir-biriga ma'no jihatidan mos kelishiga
aytiladi. Bu talab bajarilmasa translyator hech qanday ma'noga ega emas. Agar
kiruvchi programma sintaksis va semantika jihatidan to'g'ri yozilgan bo'lsa,
translyatsiya tilining natijasi sifatida natijaviy programma hosil bo'ladi. Agar
kiruvchi programma bitta bo'lsa, translyator ishining
natijasi sifatida shu xato
haqida axborot chiqadi (odatda shu xatoning qayerdaligini va qanday xatoligi
haqida izoh ham chiqadi. Bularga odatda simvol fayllari kiradi. Bu fayl dasturiy
matndan iboratdir, shuningdek, fayl kiritish-chiqarish tilini tanlashi zarur. Demak,
translyator yaratish uchun avvalo kiritish-chiqarish tilini tanlash kerak.
Kirtish
tilini unga ekvivalent bo'lgan chiqarish tiliga aylantirishda translyator tarjimon
sifatida ishtirok etadi. Masalan,
S tilidan, Assembler tiliga translyasiya dasturi
tarjimadan farqi yo'q. Translyator ishining natijasi samarali bo'lishi
uchun
boshlang'ich dastur matni to'g'ri bo'lishi kerak,ya'ni sintaksis-semantik jihatdan
kiritish tili xatosiz yozilgan bo'lishi kerak.