Vazirlar mahkamasi huzuridagi toshkent islom universiteti xodjayeva m. S



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/48
Sana30.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#719160
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
tizimli dasturiy taminot

Interpretator 
– bu programma bo'lib, kiruvchi programmani kirish tilida 
qabul qiladi va uni bajaradi. Translyatordan farqli ravishda interpretatorlar 
natijaviy programmani ishlab chiqmaydi. Translyatorga o'xshab interpretator 
kiruvchi programmani taxlil qiladi, lekin natijaviy programma hosil qilmasdan 
kiritish tili semantikasi bilan berilgan kiruvchi programmani bajaradi. Agar 
kiruvchi programmada xato mavjud bo'lsa, bu haqda axborot chiqaradi. Albatta 
kiruvchi programmani bajarish uchun interpretator u yoki bu darajada mashina 
kodlari tiliga o'girishi kerak. Chunki bu siz programmalarni kompyuterda 
bajarilishi mumkin emas. U xuddi shunday qiladi ham, lekin hosil bo'lgan 
mashina kodlarini foydalanuvchi ko'rmaydi. Bu mashina kodi interpretator 
tomonidan hosil qilinadi, bajariladi va yo'q qilib yuboradi. Foydalanuvchi esa bu 
kodlarni faqat bajarilishini ko'radi. Albatta interpretatorda ham programmani 
ekvivalentligi talabi bajarilishi kerak. 


35 
Nazorat uchun savollar 
1.Translyator tushunchasi 
2. Kompilyator va translyatorning farqi
3.Interpretatorning vazifasi. 
Foydalanish uchun adabiyotlar 
 
1. A.V.Gordeyev, A.YU.Molchanov Sistemnoye programmnoye obespecheniye 
Uchebnik Piter, 2001g.
2. V.B.Maraxovskiy, L.YA. Rozenblyum, A.V. Yakovlev «Teoriya 
vo'chislitelno'x prosessov i struktur» (avtoro' V.I.Varshavskiy,–18 p.) (poz.190) 
 
Mavzu 10. Uzilishlar haqida tushuncha 
Reja: 
Uzilish hosil bo'lish sabablari 
Uzilishlarni qayta ishlash mexanizmlari 
Hosil bo'lgan uzilishlar sinflari 
Tayanch iboralar
: uzilish mexanizmi, tashqi (asinxron) va ichki(sinxron), 
programma uzilishlari ishlovchilari.
 
Registr bu xotiraning eng kichik tezkor elementidir, programmalovchi 
assembler tilida registrlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lganligi uchun 
Assemblerda tuzilgan programma kam xotira va bajarilishi uchun kam vakt talab 
qiladi.
Uzilish bu hisoblash tizimining alohida qurilmalarini parallel ishlashini va 
ularni prosessorni ish jarayonida yuzaga keluvchi o'ziga xos alohida holatilariga 
javob berishini ta'minlovchi mexanizmdir. (u orqali esa uzilishni, qayta ishlovchi 
mos programma uzatiladi. Uzilish sodir bo'lganda quyidagilar bajariladi:
1)
Uzilish sodir bo'lganligi haqida fakt belgilanadi. 
2)
To'xtatilgan jarayon holati eslab qolinadi 
3)
Boshqaruv uzilishlarni qayta ishlash dasturiga beriladi. 
4)
To'xtatilgan jarayon haqida (2) qadamda saqlab qolinmagan axborotlar 
saqlanadi. 
5)
Uzilish qayta ishlanadi. Bu ish (3) etapdagi ost dastur yordamida 
bajarilishi mumkin, lekin Oslarda bu ish qo'shimcha mos ost 
dasturlarini chaqirish bilan amalga oshiriladi. 
6)
To'xtatilgan jarayon haqidagi barcha jarayonlar tiklanadi (4) etapga 
teskari ish bajariladi. 


36 
7)
Uzilib qo'yilgan dasturga qaytiladi. (1),(2),(3) etapdagi ishlar shartli 
bajarilsa, (4), (7) lari dasturiy bo'ladi.
1.
Stekga bayroqchali registr qiymati joylashtiriladi 
2.
Bayroqchali registrning TF IF razryadlari 0 holatga keltiriladi. 
3.
Stekga komandalar registri holati joylashtiriladi 
4.
Uzilishlar toifasini 4 ga ko'paytirirsh orqali uzilishlar vektorining 
adresi hisoblanadi 
5.
Uzilishlar vektoriga joylashgan so'z komandalar segmenti 
registriga joylashtiriladi (CS) 
6.
Stekga komandalar ko'rsatkichi registri IP ning qiymati 
joylashtiriladi. 
7.
Komandalar ko'rsatkichi registri IP ga uzilishlar vektorida 
joylashgan birinchi so'z yuklatiladi. 
256 uzilishlar vektorining qiymati xotiraning kichik adreslariga ega 
bo'lgan qismini egallaydi. Har bir uzilish vektorining qiymati 4 baytga teng 
bo'lib, ularning hammasi 1024 bayt yoki 1 kb. bo'ladi. Ma'lumki, axborotlar 
periferiy qurilmalardan operativ xotiraga avtonom rejimda uzatilishi kerak. 
Bunda 
operasion 
tizim 
prosessorning 
tashqi 
xotira, 
kiritish-chiqarish 
qurilmalarining parallel ishlashini tashkil qilish zarur. 
Parallel ishlashni tashkil qilishda uzilish mexanizmi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Uzilish sodir bo'lganda boshqarish operatsion tizimga o'tadi. Uzilishga 
sabablar har xil bo'lishi mumkin. Masalan: almashish boshlanishi va oxiridagi 
signallar, qurilmaning ishlab turgan paytda to'xtab qolishi, foydalanuvchining 
aralashuvi va hakozo. Uzilish mexanizmi operasion tizim yordamida bir necha 
foydalanuvchilarning ishini tashkil qilishda, turli periferiy qurilmalarni jalb 
qilishda, hisoblash tizimlarida multiprosessor rejimi ishini ta'minlashga yordam 
beradi. 
Demak uzilish deganimizda –bajariluvchi dasturning sistemaga majburan 
uzatilishini boshqarishdir, ya'ni asinxron ish rejimini amalga oshirish va hisoblash 
majmualarining ayrim qurilmalari ishini parallel ishlashdan ajratishni tushunish 
kerak. Uzilishlar mexanizmi apparat-dasturiy vositalar bilan amalga oshiriladi. 
Uzilishlar sistemasi turlicha bo'lishi mumkin, lekin ularning umumiy xususiyati -
uzilishlar natijasida prosessor yordamida komandalar bajarilish tartibining 
o'zgarishiga olib keladi. 
Hisoblash tizimlarida hosil bo'lgan uzilishlarni 2 ta asosiy sinfga ajratish 
mumkin: tashqi (asinxron) va ichki(sinxron). 
Tashqi uzilishlar – uzilishlar jarayonidan tashqarida sodir bo'luvchilardir. 
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: tashqi qurilmalar uzilishlari (kiritish-
chiqarish bo'yicha uzilishlar): hisoblash tizimlari operatori pultidan uzilish: 
boshqa protsessor yoki boshqa hisoblash tizimlaridagi uzilish. 
Ichki uzilishlar protsessor ishlari bilan bog'liq bo'lib, uning proseduralari bilan 
sinxrondir. Pogrammalar tomonidan tashkil qilingan uzilishlar mavjud. Bu 
uzilishlarni uzish ishlovchilari ta'minlab berib turadi. Programma uzilishlari 
ishlovchilari 2 xil bo'ladi: 


37 
1)
Sistema uzilish ishlovchilari (BIOS ga taalluqli) yoki bog'lanmagan 
uzilish ishlovchilari: 
2)
Foydalanuvchining uzilish ishlovchilari. Bular yordamida sistema 
uzilish ishlovchilarini to'la almashtirish mumkin yoki ular bilan 
bog'langan bo'lishi mumkin. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish