(sen kitobni o‘qiding.— sen kitobni o‘qidingmi?—
sen kitobni o‘qi!)
Hammasida ham material bir xil: bajaruvchi shaxs —
predmet — harakat (subyekt— obyekt — predikat), lekin maqsad har xil
bo‘ladi. Gapning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlarini, har bir turning ayrim
7
ottenkalarini va boshqa xususiyatlarini ko‘rsatishda ohangning roli katta.
2
Gap,odatda, nutq ichida, kontekstda, boshqa gaplar bilan birgalikda
qo‘llanadi. Gapning qanday maqsad ifodasi uchun ishlatilganligi umumiy
mundarijaga, vaziyatga, ohangga qarab konkretlashadi. Bunda so‘zlovchi
bilan tinglovchining birligi, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Misollarni
chog‘ishtiring:
1. Bir bola ikkinchisini turtgandek bo‘ldi, Salim buni
aniqlash uchun bir boladan so‘radi: kim turtdi? ...boshqa bir bolaning
oldiga borib: «sen turtgansan!»— dedi. U bola biroz xafalanib javob
berdi:— kim turtdi!?
(birinchisi so‘roq bildiradi, ikkinchisi
“hech kim
turtgani yo‘q-ku! Turtgan men emasman!”
mazmunini ifodalaydi.
) Qarzdor
dehqonga boyning kuz keldi deb qichqirgani oddiy xabar uchun emas, balki
“qarzingni to‘la!”
mazmuni uchun ishlatilgan gapdir.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, har bir gapning har bir
turning o‘z tipik strukturasi bor, lekin nutqda bir turning shu turga xos
modelning boshqa tur uchun ishlatilishi ham uchraydi: buyruq mazmuni
uchun so‘roq gap formasini, so‘roq mazmuni uchun — darak gap formasini,
darak mazmuni uchun — so‘roq gap formasini ishlatish va b. Bu hodisa
sintaktik transpozitsiyadir. Bunday qo‘llashlar stilistik xususiyat, turli
ottenkalarni berish kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Darak gap biror hodisa haqida xabar berish, biror faktni, belgini
konstatatsiya qilish, tasdiqlash xususiyati bilan xarakterlanad i. Misollar:
Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin. (U.)
Darak gap bir qancha modallik xususiyatlariga ega bo‘la oladi: ba’zan
faqat darakni, hodisaning bo‘lish-bo‘lmasligi konkret, aniq ekanligini
bildiradi (poezd qo‘zg‘aldi.) Ba’zan taxmin, tusmol ottenkasini ifodalaydi
(ertaga majlis bo‘lar.- ...bo‘lsa kerak). Ba’zan tilak-maqsad, orzu
ottenkasiga (bugun muzeyga borsam.—...bormoqchiman.), ba’zan gumon
ottenkasiga ega bo‘ladi (u ertaga kelar emish.). Ko‘rinadiki, bunday har
2
Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 56-б.
8
xillikda kesimning formasi katta rol o‘ynaydi.
Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari gapning boshqa
turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda intonatsion, sintaktik
belgilar bo‘ladi.
Darak gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:
1. Gapning bu turi darak intonatsiyasiga ega bo‘ladi: bunda tinch
ohang gapning birinchi — bosh qismida ko‘tarilib, ikkinchi — keyingi
qismida pasayadi; eng keyingi element, ayniqsa, uning so‘nggi bo‘g‘ini,
past ohangga ega bo‘ladi. Bu darak intonatsiyasi sanaladi. Darak gapda
tovush tempi o‘rtacha bo‘ladi. Bunda mantiqiy urg‘uli bo‘lak hamma
bo‘lakka nisbatan yuqori ohang bilan aytiladi, u ko‘pincha boshqa
bo‘laklarga qaraganda tezroq aytiladi va undan oldin qisqa pauza bo‘ladi.
Darak gaplar bir-biridan to‘la pauza bilan ajralib turadi.
2. Darak gapning bo‘laklari normal tartibda o‘rinlashgan bo‘ladi
(gapdagi bo‘laklarning odatdagi tartibini va uning o‘zgarishini —
inversiyani belgilashda asosiy tayanch darak gapdagi holatdir).
3. Darak gapning kesimi ham ayrim xususiyatga ega (bu kesim buyruq
maylidagi fe’ldan bo‘lmaydi): u ko‘pincha darak xarakteridagi fe’llar bilan
ifodalanadi, so‘roq, undov va buyruq belgilaridan xalos bo‘ladi. Masalan:
bugun uchrashuv kechasi bo‘ladi. Biz ham boramiz. Kecha miting bo‘ldi.
Kesim fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanganda, gap tasviriy xarakterda
bo‘ladi (biror narsaning xarakteristikasini anglatadi. Masalan, egadan
anglashilgan predmetning nima ekanligini, biror predmetga, belgiga egaligi,
predmet, belgining bor-yo‘qligini ko‘rsatadi): charos — uzum. Temir —
metall. Tol — daraxt. Xachir — hayvon. Chumchuq — parranda. Shu kichik
ariqchada ham baliq bor kabi.
3
Darak gap o‘z xususiyatlari bilan, ayniqsa, ilmiy uslub, hikoya qilish
tusidagi asarlar uchun xarakterlidir.
3
Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 57-б.
9
So‘roq gapning xususiyatlari esa quyidagicha: ba’zan faqat so‘roqni
(Karima uydami?)
, ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li
bilan ifodalangan taajjubni bildiradi
(Shunday issiq kunda ham yomg‘ir
yog‘adimi?).
Ba’zan so‘roq bilan birga, turli hayajonlar, tuyg‘u lar
ifodalanadi
(Kino boshlandimi? Opam mukofotlandimi?!),
ba’zan so‘roq
yo‘li bilan berilgan buyruq ifodalanadi
(Tezroq bormaysanmi?!)
. So‘roq gap
shubha, gumon ottenkasini bildirishi ham mumkin
(Soat yetti bo‘lib qoldi.
Kino boshlanguncha yetib borarmikanmiz?— “yetib borishimiz gumon”).
Ba’zan so‘roq yo‘li bilan taxminni bildiradi. Bu gap so‘roq -gumon gapga
ancha o‘xshasa ham, lekin ayrim xususiyatlari bilan undan ajralib turadi
(hoy qizcha, sen nazarovning qizi emasmisan?) Ba’zan darak gapga juda
yaqinlashgan bo‘ladi. Bunday gaplardan biror hodisa haqida so‘roq yo‘li
bilan ifodalangan xabar, hukm anglashilib turadi (musobaqada mendan kim
o‘za oladi?!— so‘roq bilan birga, javob —
“hech kim o‘za olmaydi”
mazmunidagi darak, qat’iy hukm ifodalangan).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Gaplar, kuzatilgan maqsadning
har xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, darak, so‘roq, buyruq va
undov gaplarga bo‘linadi. Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari
gapning boshqa turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda
intonatsion, sintaktik belgilar bo‘ladi. So‘roq gap ba’zan faqat so‘roqni
(Karima uydami?)
, ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li
bilan ifodalangan taajjubni bildiradi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |