7-rasm. So’rov shakllari
4-jadval
So’rov shakllari ayrim jihatlarining taqqoslanishi
№
|
Omillar
|
Uyda so’rov
|
Savdo zalida
|
Pochta so’rovi
|
Pochta paneli
|
Elektron pochta
|
Internet orqali
|
|
So’rovning egiluvchanligi
|
yuqori
|
yuqori
|
past
|
past
|
past
|
sezilar-siz
|
|
Savolning xilma-xilligi
|
yuqori
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
|
Anonimlik
|
sezilar-siz
|
past
|
past
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
yuqori
|
|
So’rov vaqti
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
-
|
-
|
yuqori
|
yuqori
|
|
Sarflanadigan xarajatlar
|
sezilar-siz
|
yuqori
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
past
|
past
|
|
Ma’lumotlarning buzilishi
|
sezilarsiz
|
yuqori
|
yuqori
|
past
|
-
|
-
|
|
Zarur ma’lumot olish
|
yuqori
|
past
|
yuqori
|
-
|
sezilarsiz
|
yuqori
|
So’rovlarni o’tkazishda so’rov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. So’rov varaqalaridagi savollarni tuzishda savollarning axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishiga, savollarda ularga javob berishning prinsipial imkoniyati bo’lishligiga, savollarning shakli so’raluvchilarda javob bermaslik ishtiyoqini uyg’otmaslikka, savollarning mazmuni so’raluvchilarning tayyorgarligi, ma’lumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Pochta orqali savol-javob o’tkazish esa axborotni olishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki, birinchidan, yuborilgan anketalarning qaytarilish darajasi juda past bo’lsa (taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish ko’p vaqt talab etadi.
So’rov o’tkazishning eng tezkor va arzon usullaridan yana biri yuqorida qayd etib o’tganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, berilgan savollarga 80-90 foiz javob olish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiligi esa, savollar sonining boshqa usullardagiga nisbatan cheklanganligidir.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar matematik-statistik yo’l bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi.
Anketa so’rovlarining yakuniy bosqichi bo’lib so’rov natijalari bo’yicha hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch bo’limdan tashkil topgan bo’ladi: kirish, so’rov natijalari, xulosalar va takliflar.
Qisqа хulоsаlаr.
Bоzоr imkоniyatlаrini yaхshirоq bilish vа mаrkеting muаmmоlаrini echish uchun hаr qаndаy tаshkilоt, kоrхоnа yoki firmаgа to`liq vа hаqqоniy ахbоrоt zаrur. Mаrkеting ахbоrоtni mаrkеting fаоliyatidа qаrоr qаbul qilish uchun аsоs hisоblаnаdi, shuningdеk, qаrоr qаbul qilgаndаn kеyin оlingаn nаtijаlаrni tаhlil qilish uchun hаm kеrаkdir. Mаrkеting ахbоrоt tizimi kоrхоnаni bоshqаrishdаgi ахbоrоt tizimining eng muhim tаrkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |