- voqealarni tez rivojlanishi va aniq ko’rsatilishi o’quv
materiallarini
tez o’zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni
sodir bo’lishi, tekislik va tog’ relefining turlari va ularning o’ziga xos
xususiyatlari, tropik o’rmonlarning sharoiti, ishlab
chiqarish jarayoni va
h.k;
- texnik vositalar orqali murakkab o’quv materialini oson tushuntirish
mumkin. Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsik-
lonlarni shakllanishi, tornado, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayon-
larni hosil bo’lishi va ularning oqibatlari;
- o’quvchilar qabul qilishi murakkab bo’lgan geografik ob’ektlarni
texnik vositalar orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo’l
paromi, dengizdagi neft qazib oladigan moslamalar va h.k.
O’qitishning texnik vositalarini qo’llashda
quyidagi qoidalarga amal
qilinishi lozim:
- texnik vositalarda ko’rsatiladigan geografik voqea va hodisalar dars
mavzusiga mos bo’lishi lozim;
- texnik vositalarni qo’llash oldidan uning ishlash tamoili,
mazkur
darsda nima ko’rsatilishi haqida o’qituvchi axborot bermog’i lozim;
- o’qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo’yilishi lozim.
Uni dars jarayonida sozlash o’quv soatini ancha qismini olib qo’yishi
mumkin;
- texnik vositalar orqali ma’lum bir mavzuni o’rganishda uni alohida
qismlarga bo’lish lozim;
- har bir qismda ko’zda tutilgan material tugallangandan so’ng
o’qituvchi izoh berishi, namoish qilingan geografik
voqea va hodisalarni
o’quvchilar qanday qabul qilganini tekshirib ko’rishi mumkin. Ko’zda
tutilgan materiallar namoyish qilib bo’lingandan so’ng o’qituvchi darsni
yakunlashi lozim;
- namoish etilgan material aniq va ravshan ko’rinishi lozim.
Geografiya darslarida foydalaniladigan o’qitishning texnik vositalarini
quyidagi guruhga bo’lishimiz mumkin:
- o’qitishni audiovizual vositalari;
- o’qitishda videotexnika vositalaridan foydalanish;
- o’qitishda axborot vositalaridan foydalanish.
O’qitishni audiovizual vositalariga o’quv kinosi, teleeshittirishlar,
diafilmlar, diopozitivlar, transparantlar kiradi.
Video texnika vositalariga turli xil videomagnitafonlar kiradi. O’qi-
tishni axborot vositalariga kompyuterlar, internet imkoniyatlari, masofaviy
o’qitish vositalari kiradi.
O’qituvchi o’quv yilini boshida texnika vositalardan foydalanish reja-
sini tuzmog’i lozim. Mazkur reja asosida texnika
vositalari hafta boshida
tayyorlab qo’yilmog’i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: