- Hurmatli Abdulloh aka, endi
suhbatimizni «Turkiston-Amerika» o‘zbek
jamiyati to‘g‘risida davom ettirsak. Mazkur
tashkilot tarixi haqida bizga qisqacha
ma’lumot bersangiz.
- «Turkiston-Amerika» jamiyati o‘tgan
asrning 50-yillari so‘nggida Amerikaga ko‘chib
o‘tgan o‘zbeklar tashabbusi bilan tashkil
qilingan. Bu nodavlat notijorat tashkiloti
maqomiga ega bo‘lib, barcha turkistonlik
vatandoshlarni birlashtiradi. Uning faoliyati
vatandoshlarimizga ko‘maklashish, ona
tilimiz, milliy urf-odatlarimizni saqlash, joylarda
marifi
y-madaniy, mehr-muruvvat tadbirlarini
tashkil qilishga yo‘naltirilgan. Mazkur g‘oyani
amalga oshirish maqsadida oldin Nyu-Yorkda,
keyinchalik esa Pensilvaniya shtatidagi
Filadelfi ya shahrida Isoqjon Narziqul, Ergash
Shermat, Maqsud Bek, Ro‘zi Nazar, Husayn
Ikrom Xon va Sharafjon Alibek tashabbusi
bilan «Turkiston-Amerika» assotsiatsiyasiga
(TAA) asos solinadi. Ular tashabbus guruhi
tuzib, mazkur nohukumat tashkilotining Nizomi
va boshqa dasturiy hujjatlarini tayyorlashadi.
Barcha hujjatlar Pensilvaniya shtati qonunlari
asosida tayyorlanib, Filadelfi ya
shahri
ma’muriyati tomonidan 1958-yil 13-dekabrda
ro‘yxatga olinadi.
1960-yilning oxirida TAA jamiyati
AQShning boshqa shtatlardagi yashab turgan
Turkiston zaminidan chiqqan barcha millat
vakillarini birlashtirish masalasini o‘rtaga qo‘ydi.
Nyu Yorkka AQShning barcha shtatlarida
yashovchi turkistonliklarning 300 nafar vakili yetib
kelishdi. Bu yerda o‘tkazilgan konferensiyada
TAAning yangi Nizomi va dasturiy hujjatlari
tasdiqlandi. Mazkur anjuman Isoqjon Narziqulni
TAAning birinchi prezidenti etib tasdiqlaydi. TAA
Konferensiyasi tomonidan tasdiqlangan Nizom
va dasturiy hujjatlar mazkur jamiyatni umum
federal statusiga o‘tkazish maqsadida Nyu-York
shahri ma’muriyati tomonidan qayta ro‘yxatdan
o‘tkaziladi. Bugungi kunda bizning jamiyatimiz
Amerikada o‘z nufuzi va obro‘-e’tiborga ega
yirik nodavlat tashkilotlardan hisoblanadi. Biz
AQSh hukumati bilan keng qamrovli aloqalarni
o‘rnatganmiz. Mamlakatning siyosiy hayotida
faol ishtirok etmoqdamiz.
O‘tkazayotgan barcha tadbirlarimiz rang-
barangligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Ayniqsa,
Navro‘z, O‘zbekiston va AQSh mamlakatlarining
mustaqillik kunlari, ro‘za-ramazon, hayit va
boshqa bayramlar bizlarda keng nishonlanadi.
Biz barcha tadbirlarga turkistonlik do‘stlarimiz
qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur, tojik, turkman va boshqa
millat vakillarini ham taklif qilib, ular bilan og‘a-
inidek yashamoqdamiz. Tashkilotimiz nizomiga
ko‘ra, har ikki yilda jamiyatimiz prezidentligi
uchun saylov o‘tkaziladi, men birinchi bor
28 yoshimda mazkur tashkilot rahbari etib
saylanib, yana mazkur lavozimga sakkiz bor
saylanganman. Barcha ishlarni tashkil qilish
uchun jamiyatning boshqaruv hay’ati saylanadi.
Jamiyatimiz tizimida oqsoqollar kengashi, ayollar
va alohida yoshlar qanoti ham mavjud. Bugungi
kunda Nyu-Jersida jamiyatimizning katta bir
Milliy madaniy markazini barpo etganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |