Aksiya
|
.
bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
|
Valyuta bozori
|
talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-yil iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) V.b.ga boʻlinadi. Shuningdek, V.b. valyuta xatarini sugʻurtalash valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro V.b.lari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. V.b.da muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs.boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 i. 1 yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.
|
Jahon bozori
|
xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori
|
Moliya bozori
|
oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.
|
Bozor iqtisodiyoti
|
bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
|
Bozor infratuzilmasi
|
bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar
|
Moliya siyosati
|
byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |