Mehmondorchilik odobi
O’zbek xalqi qadimdan mehmondo’stligi bilan mashhur. Mehmondorchilik o’ziga xos an’ana va udumlari bor.O’zini hurmat qilgan mezbon va mehmon bularga rioya qiladi. Mehmondorchilikda “Mehmon – otangday ulug’” degan hikmatga amal qiladi. Mehmonlarga izzat – hurmat ko’rsatiladi.Mehmon ham shunga yarasha odob bilan ish tutadi.Dasturxon atrofida qo’pol so’zlar aytilmaydi, baland ovozda gapirilmaydi.Shirin muomala bilan suhbatlashadilar.Mehmon nojo’ya xatti –harakatlar qilmasligi,dasturxonga qo’yilgan ne’matlarga hadeb qo’l cho’zmasligi lozim.Uzoq vaqt mehmon bo’lib turish odob qoidasiga ziddir.
Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joylarda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib ketsa, uni darhol olib bering. Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmang. 80 Xushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing. „Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechirasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon, uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang. (Donolar bisotidan)
O‘zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda
O‘zbekiston sportining an’anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p. Ularning orasida „Turon“ kurashi, „O‘zbek jang san’ati“, „Uloq“, „Ko‘pkari“, „Chovgon“, „Belbog‘li kurash“ va „Kamondan o‘q otish“ turlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, „O‘zbek jang san’ati“ga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi yoshlardan abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, o‘tkir zehnli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |