„Vatan tuyg‘usi kitobidan



Download 97,5 Kb.
bet3/10
Sana11.08.2022
Hajmi97,5 Kb.
#846853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bu yurt 9-sinf2022

Bu yurt – barchamizniki
O‘zbekiston tuprog‘ida qadimdan turli elat va qabilalar, millatlar yashagan. Bular sak, massaget, eroniy (forslar), turk, qipchoq, qarluq, qo‘ng‘irot, mang‘it, uyg‘ur, tatar kabi yuzga yaqin nomlar bilan yuritilgan. Ular birgalikda mehnat qilishgan, yurt ozodligi uchun kurashganlar. Tarixdan bunga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashovchi millatlar o‘rtasida do‘stlik yanada mustahkamlandi. Yurtimizda turli millat vakillari ahil va inoq yashashmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, 6 Lug‘at turkman, tatar, koreys kabi turli millat vakillari bir jamoada ishlashsa, bir-birlariga mehribon bo‘lishsa, qanday yaxshi! Millatlar, xalqlar do‘stligi yengilmas kuchdir. Bu tinchlik va farovonlik ramzi hamdir. O‘zbekistonda tug‘ilgan, unda yashayotgan har qaysi millat vakili shu yurtning farzandi hisoblanadi. Demak, bu yurt barchamiznikidir. Shuning uchun uning istiqboli, yer-u mulki, obodligi ham barchamizga birday daxldor. („Vatan tuyg‘usi“ kitobidan)


Suv hayot demakdir
Suv – hayot manbai, inson salomatligining garovi. Odam o‘zini yaxshi his qilishi uchun faqat toza ichimlik suvidan foydalanishi kerak. Bugungi kunda suvni tejab ishlatish, ariq va anhorlarga axlat tashlamaslik haqida uka-singillarimizga gapirib bersak, o‘zimiz ularga o‘rnak bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suvga tupurish, unga xascho‘p tashlash hamda isrof qilish qadimdan qoralangan.
Suv nafaqat inson uchun, balki butun tabiat, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun ham juda zarur. Agar suv bo‘lmasa butun borliq, shu jumladan insoniyat ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Shuning uchun, aziz o‘quvchilar, suvdek noyob xazinamizni asraylik. Shunda ona tabiat bizga o‘zining barcha boyliklarini in’om etib, el-yurtimiz boy-badavlat, farovon yashaydi.

Vatanni his etish” Humoyun she’ri


Jahon ayvonida gullagan yurtim,
Bag‘ringda quyoshning mehrini ko‘rdim.
Tog‘laringda tuydim qudrat, sabrni,
Qalbingga joylabsan ikki nahrni.

Vodiylaring misli go‘zal kelinchak,


Bog‘larda shabboda o‘ynar belanchak.
Dashting, sahrolaring – behuda kenglik,
Qalbingday bepoyon – osmonga tengdek.

Momolar ertagin tinglab, yondim men,


Tarix bulog‘idan ichib, qondim men.
Dilimga sig‘dirdim seni boricha,
Buncha tabarruksan, ulug‘san buncha….



Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish