Prezident Islom Karimov yangi O‘zbekiston davlatining
asoschisi, biz har kuni bahramand bo‘ladigan barcha ijobiy
o‘zgarishlarning tashabbuskoridir.
O‘lkamizning mustaqillikka erishishi va dunyo hamjamiyatidan
munosib o‘rin egallashi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi, O‘zbe-
kistonning Konstitutsiyasi, «o‘zbek modeli» degan nom bilan dunyoda
tan olingan taraqqiyot yo‘limiz, hayotimizning barcha sohalaridagi
islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Yurtboshimizning
tarixiy xizmatlari beqiyos. Bu buyuk inson sho‘ro tuzumi to‘la
hukmron bo‘lib turgan o‘ta og‘ir paytda O‘zbekistonda mustaqillik
uchun kurashni boshladi. Sobiq ittifoq respublikalari rahbarlari orasida
birinchi bo‘lib yurtimizda prezidentlik boshqaruvini joriy etdi.
Prezident davlat boshlig‘i, mamlakatimiz Qurolli Kuchla-
rining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. U O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari tomonidan umumxalq saylovi asosida
besh yillik muddatga saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |