Vatan sog`inchi-Bobur timsolida.
Ulugʻ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida soʻz borar ekan, uning tariximizda, adabiyotimizda beqiyos oʻrin tutganiga ahamiyat qaratish joiz. Ayniqsa, shoirning mumtoz sheʼriyatimizda yangicha ruh – Vatan va unga boʻlgan ishq ulugʻvorligi yoʻgʻrilgan sheʼrlari diqqatga sazovordir.
Shu oʻrinda adabiyotshunos olim V. Rahmonovning quyidagi fikrlarini keltirib oʻtishni joiz deb topdim:,, Badiiy mahorat bobida biror oʻzbek shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. Uning mumtoz sheʼriyatga dadil kiritgan tarjimayi hollik xususiyati ham Bobur sheʼriyatini alohida nurlantirib turadi. Ana shu keyingi xususiyat shoirning vatanparvarlik tuygʻulariga jon bagʻishlaydi”.
Darhaqiqat, Bobur ijodiga nazar tashlar ekanmiz, koʻpgina sheʼrlari hasbi hol mazmunida boʻlib, mavzu jihatdan vatan va unga boʻlgan sogʻinch asosiy oʻringa chiqadi. Uning ijodida oʻz hayoti bilan baqamtilik sezilib turadi: shoh sifatida boshiga tushgan qiyinchiliklarni qogʻozga tushiradi. Zero, vatandan ayrolik, vataniga hukmdor boʻlolmagani shoir nazdida oʻz xatolaridan biri ekanligini yozadi:
Toleʼ yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim, xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yerin qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Tarixiy asarlarga nazar tashlar ekanmiz, oʻsha davrda Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy muhit Boburning yurtda uzoq vaqt hukmdorlik qilishiga yoʻl bermagan. Boburning oʻzi xususidagi yuqoridagi ayblovi esa uning oʻziga nisbatan talabchanligidan, kamtar inson boʻlganidan dalolat beradi. U benihoyat aziyat chekib, oʻzga yurtga (avval Kobulga) ketishga majbur boʻladi. Shoir bu haqda quyidagi gʻazalda shunday deydi:
El bilmasa holatim, bilur yor,
Holimdin erur Xudoy ogoh.
Kobul sori gar azimat etsang,
Qurbon qilay oʻzni sanga, ey shoh!
Bobur yana oʻtluq oh chekting,
Kuydurmasun elni oh nogoh!
Koʻrinadiki, Bobur hayotidagi turli qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklar, garchi u zakovat bobida ham munosib tarbiya koʻrgan boʻlsa-da, uning aql charxini yanada oʻtkirlab, donishmandga aylantirdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, uning koʻpgina gʻazallarida faylasufona ruh yaqqol namoyon boʻladi:
Ulusning taʼnu taʼrifi manga, Bobur, barobardir,
Bu olamda oʻzumni chun yamon – yaxshidin oʻtkardim.
U Movarounnahrni tark etgach, ijodida Vatan motivi yanada kuchaydi, alohida hasratli mazmun kasb etdi. Endilikda vatan tushunchasi ham, gʻurbat va gʻariblik tushunchalari ham kengayadi. Shoirga ona yurtda qolgan doʻst-u yor, xesh-u aqrabolar va, hatto, tugʻilgan oʻlka tabiati, noz-u neʼmatlari Vatanni eslatadi, uning bir boʻlagi sifatida sogʻinch bilan orzu etiladi, ardoqlanadi:
Qovun birla uzumning hajrida koʻnglimda gʻam har su,
Oqar suvning firoqidin koʻzimdin har dam oqar suv.
Maʼlumki, Bobur adolatli podshoh sifatida, hukmron boʻlgan yurtlarda ham adolatli siyosat yuritdi. Xalqni maʼrifatga, bunyodkorlikka chorladi. Maʼnaviy hayotga salbiy taʼsir etuvchi omillardan voz kechib, jamiyat hayotida ularni taʼqiqlab qoʻydi. Hind xalqi hayoti va madaniyatining gullab-yashnashiga yuksak hissa qoʻshdi. Oʻzining ilm-u irfoni bilan maʼrifatni yanada rivojlantirdi. Ammo umr boʻyi uning xayolini Vatan, unga boʻlgan intilish band etdi:
Ne yerda boʻlsang, ey gul andadur chun joni Boburning,
Gʻaribingʻa tarahhum aylagilkim, andijoniydir.
Demak, Bobur ijodida vatan motivi gʻoyat yuksak ahamiyat kasb etadi. Zero, u oʻzga yurtda oshyon qurgan boʻlsa-da, oʻz yurtini, oʻzligini unutmagan chin oʻzbek farzandidir.
Boshqa bir joyda o’z vatanini ba`zan sevikli yorga, ba’zan xitoy sanamiga, ba’zan uning xushqomatini sarv daraxtiga o’xshatadi va unga murojaat qilib shoir shunday deydi:
G’urbatga soldi charx meni yuz jafo bila,
Yod aylamayin g’aribni gohi duo bila.
Behad vafou mehr sanga ko’rsatib edim,
Sen ham sog’ing’asen mehru vafo bila.
Chun qildi meni ul buti chin zoru mubtalo,
Ishim mening qolibturur emdi xudo bila.
Ko’rmon farahni bir dam agar andin ayrumen,
Bilmon alamni bormen aning birla to bila.
Ul sarvg’a karam qilibon yetkur, ey sabo,
Bobur niyozini yer o’pub xo’b ado bila.
Boburning vatanga bo’lgan muhabbati cheksiz edi.. Bu muhabbatda Iztirob, sog’inch,alam, o’kinch, qaytish orzusi mujassam edi. Boburning vatanga bo’lgan muhabbati uni jozibali qilib ko’rsatadi.
Bobur she`riyatimizdagi an`anaviy badiiy obrazlar qatoriga yangi obrazlar qo`shdiki, uning ijodidagi ana shu jihatlarni yoritish hammavaqt dolzarblik kasb etadi. Shoh va qul, Vatan va sog`inch, saltanat va faqirlik, g`oliblik va mag`lublik, yaxshilik va hurramlik kabi poetik obrazlar Bobur ijodida yuksak darajada ifodalangan obraz hamda tushunchalardir. Garchi Boburgacha bu obraz va timsollarningelementar ko`rinishlari mavjud bo`lgan bo`lsa-da, Bobur ularni haddi a`losiga yetkazdi. U adabiyotimizga real va konkret Vatan obrazini olib kirdi. To`g`ri, o`zbek she`riyatida Boburgacha ham Vatan timsoli bore di. Biroq agar salaflar ijodida Vatan tushunchasi umuman tiriklik, istiqomat qilish, ro`zg`or tushunchalrini ifodalagan bo`lsa, Bobur Vatan deganda, faqat Samarqand yoki Andijonni emas, umuman Turkistonni tushundi. O`z asarlarida uning portretini suratladi, pirovard natijada, Vatanning badiiy obrazini yaratdi.
Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi,
Shod etmas emish ko`ngulni menatda kishi,
Ko`nglum bu g`ariblikda shod o`lmaydi, oh,
G`urbatda sevunmash emish, albatta, kishi,
deydi Zahiriddin Muhammad Bobur.
Bobur idrokida diyoru yor tushunchalari o`zaro qorishib ketadi:
Ko`pdin berikim, yoru diyorim yo`qtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo`qtur.
Vatandan judo bo`lgach, uning obrazi endi shoir she`rlarida sog`inch mazmuni orqali o`z ifodasini topadi:
Kabutar, eltasen xattim, ne bo`lg`ay gar qabul etsang,
Ko`ngulni bog`lasam ul noma yanglig` parru bolingg`a.
Yoki:
Qovun birla uzumning hajrida koʻnglimda gʻam har su,
Oqar suvning firoqidin koʻzimdin har dam oqar suv.
Shoir Vatandan judolikka chiday olmaydi, ko`nika olmaydi, bir kuni yana Vatanga qaytishiga ishonadi.
O`z yerini qo`yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
Zahiriddin Muhammad Biburning “Boburnoma” asaridagi o`nlab qaydlarda ham Vaan timsoli gavdalanadi:
Barmoqqa ne maskan muyassar,
Turmoqqa ne davlat muqarrar.
Do'stlaringiz bilan baham: |