1 -Ma'ruza.
Mavzu:
“Kompyuterli loyihalash” fanining predmeti. Komryuter
grafikasi haqida
umumiy ma’lumotlar. Rastrli, fractal va vektor grafikasi haqida tushunchlar
Ma'ruza rejasi:
1.
Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot.
1.1.
Kompyuter grafikasi
2.
Kompyuter grafikasining turlari.
2.1.
Rastrli grafika
2.2.
Fraktal grafika
2.3.
Vektorli grafika
Tayanch so’zlar va iboralar
Kompyuter grafikasi
, rastrli, fractal va vektorli grafikalar,
CAD-CAE-CAM
tizimlari, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, vositalar kompleksi, informatsion-
qidiruv tizimi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
1.
Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot.
Fan va texnika taraqqiyoti jarniyatimizni informatsion jarniyatga aylantirdi. Bu
jarniyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi
axborotlarni ishlab chiqarish,
saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy
kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlash mashina
grafikasi yordarnida amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi.
Kompyuter grafikasi
– bu model va tasvirlarni kompyuter yordarnida hosil qilish,
saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda
grafik
ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va
namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot
deganda
ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi. Kompyuter grafikasi jahonda yangi
fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va
ishlab chikarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil
aharniyat kasb etdi. Maxsus dasturlar yordarnida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam
yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter
ekranida sichqoncha
yordarnida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish
imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib,
ular yordarnida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda
tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining
yangilanib turishi
ushbu kursni harnisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay
o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar
(siljishlar)
yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini uzida aks ettira
oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar,
dasturiy
vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar
vujudga keldi.