Mavzu №14. Konstitutsiya – mustaqillik ko`zgusi
Reja:
1. Konstitutsiya – qonunlar majmui. 2.Qonunlarga amal qilish har bir fuqaro burchi. 3.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Tayanch so`zlar: Konstitutsiya, qonun, kodeks, burch, huquq, umuminsoniy, erkinlik
Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi insonni va uning hayotini ulug'lashdir. Bosh qomusimizning 13-moddasida «O'zbekiston Respublikasida demoratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson va uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi» deb, mustahkamlab qo'yilgan. Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq insonlarning manfaatlariga mos keluvchi siyosatni olib bora boshlandi. Ayniqsa, biz yosh avlodlarga nisbatan katta e'tibor berildi: BMT ning bolalar jamg'armasi —"UNICEF" tadqiqotlari natijalariga ko'ra O'zbekiston yosh avlodning jismoniy va ma'naviy kamoli uchun ajratayotgan mablag'lar yuzasidan, Markaziy Osiyo davlatlari ichida yuqori o'rinda ekanligi e'tirof etildi. Konstitutsiyamizga binoan har bir bola bepul ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi. Shu bilan birga majburiy ta'lim joriy etildi. Biz yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Konstitusiyamiz yoshlar uchun tuganmas bilimlar xazinasidir. Uni mutolaa qilish har bir yoshning tafakkurini boyitadi, huquqiy-falsafiy dunyoqarashini kengaytiradi, huquqiy ma'naviyatini yuksaltira boradi. Baxtimiz qomusi — O'zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasini eng mukammal Konstitutsiya dеb bilaman. Mеn O'zbеkiston atalmish jannatmakon yurtda tug'ilganimdan va uning bag'rida voyaga yetayotganimdan faxrlanaman. Negaki, Vatanim tinch va osoyishta, bu yurtda inson millati, dini va irqidan qat'iy nazar qadrlanadi. Qonun-hamma uchun barobardir. Konstitutsiyamizning har bir qonuni negizida inson va jamiyat farovonligini ko'zlovchi maqsad yotadi. Binobarin, siyosatshunoslikda Konstitusiya har bir davlatning yuzi, obro'-e'tibori ham deyilishi, bejiz emas. Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Konstitusiya qoidalari doimo hukmronlik, birinchilik, ta'sis qudratiga molik. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitusiyaviy me'yorlarga asoslanadi, me'yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. O'zbekiston Konstitusiyasining butun ruhi, mohiyati, mazmuniga insonparvarlik g'oyasi singdirib yuborilgan. Insonning, har bir fuqaroning haq-huquqlarini, qonuniy ehtiyojlarini himoya qilish bosh qonunimizning oliy maqsadidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Bugun esa inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquq hamda erkinliklari muqaddas bo'lib, davlat himoyasidadir». Demakki, qonun-davlatning asosi, unda bizning bugunimiz va ertamiz mujassam. Davlatimizning asosiy qonuni xalqimizning asrlar davomida mushtarak orzularini, urf-odat va an'analarini, tarixini o'zida aks ettiradi. Konstitutsiya-baxtimiz qomusidir. Shuning uchun ham Qomusimiz insonlar qonun uchun emas, qonunlar insonlar uchun xizmat qilmog'i lozim degan maqsadnio'zida namoyon etadi. Konstitusiya millat ruhini, xalqning o'tmishini ifodalaydi. Huddi shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi umumiy mazmunidan tortib oddiy bir bandiga qadar, Xo'ja Ahmad Yassaviy bobomiz davrida, buyuk Amir Temur zamonida shakllangan milliy tafakkuri, muqaddas islomiy qadriyatlarni o'zida aks ettiradi. Shu ko'hna zamin odamlari ko'nglida ustuvor bo'lgan adolat, haqiqat, iymon, oliyjanoblik, bag'rikenglik, mardlik kabi ulug' xislatlar bu hujjatlarda munosib o'rin olgan. Insonga berilgan eng ulug' ne'mat hayot bo'lsa, insoniyat intilib kelgan eng ulug' maqsadlar tinchlik va totuvlikdir. Vatanimizda hukm surib kelayotgan tinchlik, xotirjamlik, totuvlik, hamjihatlik hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan boyligimizdir. Bu esa, o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. O'zbekiston mustaqilllik erishganiga 21 yil to'ldi. Shu qisqa muddat ichida davlatimiz yanada rivojlandi va ravnaq topdi. Jahondagi ilg'or mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bugungi kunda yurtimizda har sohada ko'plab yutuqlarga erishmoqda. Erishgan yutuqlarimizning, bugun kechayotgan tinch osuda hayotimiz negizida Konstitutsiya yotadi. Davlatimiz mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, eng dolzarb masala jahon talablariga mos keluvchi, milliylikni va insonlar manfaatini o'zida aks ettiruvchi qomusni qabul qilish turardi. 1992 yil 8- dekabr kuni O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan Konstitusiya mustaqil davlatimiz tarixidagi buyuk voqea bo'ldi. O'tgan vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi dunyodagi eng demokratik konstitusiyalardan biri sifatida o'zini yaqqol namoyon etdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 6 bo'lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo'lib, u umuminsoniy g'oyalar — tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do'stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug' g'oyalarga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi hamma uchun tengdir. Fuqarolik har bir shaxsga respublikaning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy turmushida to'la ishtirok etish imkonini beradi. O'zbek xalqi xotirasida so'nggi 21 yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik — o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi qo'lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar, demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr — o'zbek xalqi uchun O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo'lgan farovon hayot qurish asri bo'ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko'lamda izchil amalga oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O'zbekistonni yaratishga hissa qo'shish Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuksak mas'uliyatni anglab, jamiyatga o'rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga hos hususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o'z-o'zidan bunyod bo'lmaydi. Buning uchun hayotta Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta'minlanishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo'lishi, mas'uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining huquq tizimida Konstitutsiya huquqi tizimining birlamchi asosidir. U huquq tarmoqlari birligini, o'zaro muvofiqligini hamda harakatlanish prinsiplarining yagonaligini ta'minlaydi. Huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquq ustuvorligini ta'minlab borish muhim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyamizning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy mas'uliyatni talab qiladi. Ya'ni bu mas'uliyat konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi. Bu esa konstitutsiyani o'rganish zarurligini bildiradi. O'z huquq, erkinlik va burchlarimizni yanada chuqurroq anglashda qonunlarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya huquq va erkinliklarni mustahkamlash bilan birga fuqarolar zimmasiga burch va mas'uliyatlar yuklaydi. Burch degani, avvalo Konstitutsiyani o'qib o'rganishdan boshlanadi. Konstitutsiyani bilgan kishi o'z hatti-harakatini qonun doirasi ichida amalga oshiradi. Boshqa kishilarning hamda jamiyat va davlatning huquqi va erkini hurmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |