Vatan himoyachilari kuni


(Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan mushoira stsenariysi.)



Download 269 Kb.
bet36/47
Sana01.01.2022
Hajmi269 Kb.
#292315
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
TADBIR kitob

(Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan mushoira stsenariysi.)

1-boshlovchi: Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur yaxshilik birla chiqsa ot.

Darhaqiqat, bu bebaho dunyoda yaxshi nom qoldirishdek buyuk baxt saodat yo’q.. Benazir shoir Bobur aytganlaridek:

Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q,

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yahshilig’.

Yahshilig’ ahli jahondin istama Bobur kibi,

Kim ko’ribdur, ey ko’ngil, ahli jahondin yaxshilig’.

Hayotda yaxshi nom qoldirgan shaxslardan biri Boburdir.



2-boshlovchi: Afg’oniston va Hindiston hududida yirik davlatga asos solgan shoh Bobur XVI asr o’zbek adabiyotining namoyandasi hamdir. U is’tedodli shoir, bilimdon tarixchi, adabiyotshunos, tarjimon va musiqashunos edi.

1-boshlovchi: Bugungi mushoiramiz ana shu tabarruk zot-boy ma’naviy dunyo sohibi, nafis g’azallar muallifi, nozikta’b shoir, barkamol inson Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasi qarshisida bir ta’zim xolos.

2-boshlovchi: Endi mushoiramiz shartlari bilan tanishtiramiz.

1-shart: Tanishtiruv. (har ikkala guruh sahnada Boburning siymosini gavdalantiradi.)

2-shart: Bobur ijodi bo’yicha savollarga javoblar.

3-shart: Bahru bayt. (Shoir ruboiy va g’azallari asosida.)

4-shart: Sardorlar bellashuvi. (Test sinovi.)

5-shart: Badiiy qism. (Bobur g’azallari bilan aytiladigan qo’shiqlar ijro etiladi.



1-boshlovchi: 1-shartni bajarish uchun navbatni 1-guruh (“Nafosat”)ga beramiz.

Sahnaga Bobur qiyofasidagi o’quvchi chiqib keladi va quyidagi monologni o’qiydi:



Bobur so’zi.

O’z yurtini tark etib Hindga yuzlangan,

Bahori bemavrid so’nib ko’zlangan,

Xeshlaridan aldanib rosa tuzlangan-

Mirzo Boburmen.

Oxir taslim bo’lib taqdir – azalga,

Og’uni almashib qandu asalga,

Dardlarini to’kkan she’ru g’azalga-

Mirzo Boburmen.

Shohlik qolgan ekan otamdan meros,

Ne qilsamki qildim, temuriyga xos,

Qo’lida o’ynatgan qilich, qalam, soz –

Mirzo Boburmen.

Andijon holini so’rolmay qolgan,

Yurtiga yuzini burolmay qolgan,

Ustoz Alisherni ko’rolmay qolgan-

Mirzo Boburmen.

Kuylagan Farg’ona-viloyatim, deb,

Yo’l bosgan Shosh tomon himoyatim deb,

Tuzuklar tuzdirgan hikoyatim deb.-

Mirzo Boburmen.

Goho taskin topgan qirg’inbarotdan,

Eldirimdek o’tgan ko’hna Hirotdan,

Yo’lbarsdek sakragan ne pilsirotdan –

Mirzo Boburmen.

Yozmishman ko’nglimni tah-batah qon deb,

Yurtimda gadolik qilarman jon deb,

Buyuk Hind sig’ingan “shoh”, “sulton” deb –

Mirzo Boburmen.


Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish