Vatan himoyachilari kuni



Download 269 Kb.
bet47/47
Sana01.01.2022
Hajmi269 Kb.
#292315
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
TADBIR kitob

- bosblovchi: (qiz bola)

Bir arsloni o’tdi O'zbekning,

Ohi ko’kka yetdi O’zbekning

Quyosh yig’la, osmon, aza tut,

Muhammadi ketdi O'zbekning.

Baland ketdi, shoniga ketdi.

Jannatining ayvoniga ketdi.

Turk yukini yelkalashay deb,

Yassaviyning yoniga ketdi...



  1. - boshlovchi: (o’g’il bola)

O’zbekiston xalq shoiri, ozbek elining suyukli farzandi Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andjon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Yusuf ota bilan Enaxon aya ikki ogil va uch qiz ichida Muhammadjonni boshqacha suyishar edi. Uning konglida adabiyotga bolgan xavasning uygonishida Marhamatda “Otinoyi” deb tanilgan koplab dostonlami yoddan bilgan buvisi Tursunxon enani xissasi katta.

  1. - boshlovchi:

Muhammad Yusuf orta maktabni muvaffaqiyatli tugatganidan song 1973 yil Respublika Rus tili va adabiyoti institutiga oqishga kiradi. Institutni tamomlab, 1978-80 yillari harbiy xizmatni otab qaytadi, Mana shu yillar shoir uchun dunyoni va ozligini anglash yolida murakkab tajriba boldi. Bir yonda balandparvoz alvon shiorlari puch goyalar... bir yonda xor-zor va kamsitilgan millatning ahvoli shoir yuragini ayovsiz ortar edi. Shu lariqa shoiming keng qamrovli ijodi va ijtimoiy faoliyati boshlanadi.

  1. - boshlovchi:

Shoiming datslabki she’rlaridan namunalar 1976 yildan boshlab matbuotda chop etila boshlaydi. Yosh ijodkor 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida 1986-1992 yillarda G’afijtJj’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qiladi. 1992-G995 yillarda “O’zbekiston ovozi” gazetasida, “O’zbekiston Milliy axborot agentligi (O’ZA) da xizmat qildi. 1997 yildan shoir O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisining o’rinbosari etib tayinlandi. Shoiming she’rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo’lsa-da, birinchi she’riy to’plami nisbatan kech 1985 yildagina e’lon qilingandi.

  1. - boshlovchi

Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlami ochdi. Shoir ijodida Vatan mavzusi alohida o’rin tutdi. Ona yurtni yurakdan maromiga yetkazib kuylay olgan ijodkorgina chin shoir darajasiga ko’tariladi. Muhammad Yusuf ana shunday shoirlardan edi. Uning “Vatanim”, “Xalq bo’l elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O’zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o’nlab she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog’l lozimligini isbotlagan asarlar bo’lib qoldi. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998 yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. Afsuski, Muhammad Yusufning umri qisqa bo’ldi. U bor yo’gi 47 yil umr ko’rdi. U 2001 yilning 31 iyulida Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan safari chog’ida yuzlab muxlislari qarshisida she’r o’qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi.

  1. - boshlovchi:

Muhammad Yusuf ona xalqini qanday sevgan bo’lsa undan ham shunday javob oldi. U kattayu-kichikning mehrini birday qozonish baxtiga musharraf bo’ldi. Toki bu dunyoda o’zbek degan millat bor ekan, shoiming xotirasi xalqimiz qalbida barxayot yashaydi.

Gul o 'pib, gul yopinib har yerda mozorim qolur Men ketarman bir kuni havolarim, sozim qolur Muhammad Yusuf ijodidan tinglang.



  1. - o’quvchi: (qiz bola)

Men dunyoni nima qildim,

O 'zing yorug' jahonim,

O’zim xoqon, o’zim sulton,

Sen taxti sulaymonim,

Yolg ’izim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi O’zing meni ulug’lardan Ulug’imsan, Vatanim...


  1. - o’quvchi: (o’g’il bola)

Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

Nodon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga.

Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdardu hamxonam deymi,

Oftobdan ham o’zing mehri-

Uig,imsan, Vatanim...

3 - o’quvchi (o’g’il bola)

Sen Mashrabsan,

Xalqda tumor,

Balxda dorga osilgan,

Navoiysan, shoh yonida

Faqirni duo qilgan

Yassaviysan, meniki deb,

Ko’ringan, da’vo qilgan

Ming bir yog’i ochilmagan,

Qo'rig’imsan Vatanim.

4-o’quvchi: {o’g’il bola)

Sen Xo’jandsan,

Chingizlarga

Darvozasin ochmagan,

Temur Malik orqasidan

Sirdaryoga sakragan,

Muqannasan, qorachig’i

Olovlarga sachragan,

Shiroqlami ko’rgan cho’pon

Cho’lig’imsan, Vatanim.

5 - o’quvchi: (o’g’il bola)

Kim Qashqami qildi makon,

Kim Enasoy tomonda,

Jaloliddin - Kurdistonda,

Boburing - Hindistonda.

Bu qanday yuz qarolig’ deb

Yotarlar zimistonda,

Tarqab ketgan to’qson olti

Urug’imsan, Vatanim...

6-o’quvchi: (o’g’il bola)

O’g’lim desang osmonlarga

G’irot bo’lib uchgayman,

Chambil yurtda Alpomishga

Navkar bo’lib tushgayman,

Padarkushdan pana qilib

Ulug’beging quchgayman,

G’ichir-g’ichir tishimdagi



So’lig’imsan, Vatanim...

7 - o’quvchi: (qiz bola)

O’tgan kuning - o'tgan kundir,

O’z boshingga yetgan kun,

Qodiriyni bergan zamin,

Qodiriyni sotgan kun.

Qo’Iin bog’lab,

Dilin dog’lab

Yetaklashib ketgan kun,

Voh bolam! deb aytolmagan

Dudug’imsan, Vatanim...


8-o’quvchi: (o’g’il bola)

Sen-shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim,

Ota desam,

O’g’lim deb,

Bosh egib turgan chinorim,

Qo’ynimdagi iftixorim,

Bo’ynimdagi tumorim,

O’zing meni ulug’lardan

Ulug’imsan, Vatanim!



9 - o’quvchi: (o’g’il bola)

O’ZBEKISTON

O, ota makonim,

Onajon o’lkam,

O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.

Senday mehribon yo’q,

Seningdek ko’rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,

Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar

Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,

Tog’laring izimdan ergashib yurar.

Ko’rdim suluvlaming, eng faranglarin,

Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:

Parijning eng go’zal restoranlarin,

Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko’nayin,

Na til bilayin,

Ko’zdan uyqu qochdi, dildan xalovat,

Uch kunda sog’insam, nima qilayin?..

Chala qolar bo’Idi hamma sayohat.

Bildimki baridan ulug’im o’zing,

Bildimki, yaqini shu tuprog’ menga.

Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing

Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o’tgan har kun bayram - bazm,

Sensiz bir on qolsam rahmim keladi

Seni bilganlarga qilaman ta’zim

Seni bilmaslarga rahmim keladi.



10-o’quvchi: (qiz bola)

ONA TILIM.

Garchi zug’um qilganlami yoqtirmadim,

She’r yozdimu, bo’lak ishni qotirmadim.

Tilim turib, o’z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi, bag’ri dilim

Ona tilim , kechir meni, ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,

Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,

Parovozni xansiratgan bug’doylarim,

Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,

O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,

Katta millat - Afandisi yo’qdir xatto,

Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga silliq she’rlar,

Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,

Har novdangda, har mevangda ming jilolar

Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar

Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim

Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

11- o’quvchi: (qiz bola)

YURTIM ADO BO’LMAS ARMONLARING BOR.

Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor

Tog’lami yig’latgan dostonlaring bor

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar

Oy botgan yoqlarga termulib shomlar

Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar



Fayzullodek mardu maydonlaring bor.

Yurtim ko’nglingdek keng osmonlaring bor

Yulduzni yig’Iatgan dostonlaring bot^.

Osmonlaringda ham diydoringga zor

Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

12- o’quvchi: (qiz bola)

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni

Onamsan-ku og’ir olma so’zimni

Qayin barglar yopib qaro ko’zini

Olislarda qolgan Usmoonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

Ana, yurishibdi, kiyganlari zar

Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar

Mchrobingdan chiqqan chayonlaring bor.

Qurboning bo'layin ey onajonim,

Sening faryodlaring, mening fig’onim

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim

Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.
13- o’quvchi: (O’G’IL BOLA)

URUSH YILLARINING JONON QIZLARI

Qahram on yigitlar urushga ketdi,

Cho’g bo’lib yondirib, qoldi izlari.

Olovlar ichida bo’yingiz yetdi

Urush yillarining jonon qizlari.

Muxabbat, muxabbat, ilohiy ma’vo,

Sizga yor vaslini ko’rmadi ravo.

Xatlarga termulib umringiz o’tdi

Urush yillarining jonon qizlari.

Qadoqqo’l yurtimning Zulayholari,

Dilbarlari, Dildor, Dilrabolari,

Yig’idan qizargan shahlo ko’zlari-

Urush yillarining jonon qizlari.

Qorlar kechib yurib, ko’saklar tergan

Sepini to’p qilib, frontga bergan,

Yigit ko’rgan hamma baloni ko’rgan,

Urush yillarining jonon qizlari...

Zamin ming aylansa, aylansa zamon,

Yaxshini yaxshi degan, yomonni tomon.

Muhammad Yusuf eng tansiq so’zlari-

Urush yillarining jonon qizlari.
14-o’quvchi: (qiz bola)

O’ZBEKNING AYOLLARI.

Uxlamaydi tunlari

Oy nurlari taralgan

O’zbekning ayollari

Farzand uchun yaralgan.

Yildan uzun kunlari,

Kim ko’nglini so’rolgan.

O’zbekning ayollari,

Mehnat uchun yaralgan.

Qirq yil qirg’in bo’Isa ham,

O’z ahdida turolgan.

O’zbekning ayollari

Toqat uchun yaralgan.

Yot oldidan sal nari

Qachon kokil o’rolgan.

O’zbekning xotinlari,

Iffat uchun yaralgan...

O’zbekning ayollari,

O’zbekning xotinlari,

Suvdan halol,

Guldan pok,

Qo’llari oltinlari,

Qay tomonga bursa yuz,

Yo’llari oltinlari

Izzat uchun yaralgan!


  1. - boshlovchi:

-Endi shoirlarimizning Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlab yozgan she’rlaridan tinglang.

15 - o’quvchi: ( qiz bola)

SODDA MUHAMMAD.

Oyni etak bilan balki yoparmiz,

Tekin yulduz izlab, ko’kka choparmiz

Olamga qurt tushsa faryod aylagan

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

Qizlar orzu qilgan tillarang qafas

Yigitiar og’usiz olmasa nafas

Qirq kokil oyimni aylagan havas

Sodda Muhammadni qanday toparmiz.

Ba’zida sel bo’lib dostonlarida

Ba’zida kulgandikmi armonlariga

Kimlar olib ketgan osmonlariga

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

Tuzukroq yig’lashni bilmas qizlari

Yo’l tushsa Andijonga humor kezlari

Sadafdek yonsa haauhumor izlari

Sodda Muhammadni qanday toparmiz.

16- o’quvchi: (qiz bola)

IZT1ROB

Millatning dardiga darmon shoirim

Endi o’z xalqiga armon shoirim

Yo’q sening o’lganing yolg’on shoirim

Nahot ajal yo’lin bo’Imaydi to’sib

Qanday ketib qolding, Muhammad Yusuf

She’r o’qib elingni qilarding sarxush

Qayga shoshding akam tobutingdan tush

Onang yo’llaringga chiqqanda turib

Qanday ketib qolding Muhammad Yusuf.

Demagin sen bilan bitta jon ketdi

Qancha yozilmagan she’r doston ketdi.

Tangri senga bergan zo’r imkon ketdi

Nolamdan tikonlar chiqmoqda o’sib

Qanday ketib qolding Muhammad Yusuf

Har nafas tushlarim o’ngidadursan

Mehring bilan mehrim rangidadursan

Oh, endi ohlami rangidadursan

Qizlaring turishar sochlari to’zib

Qanday ketib qolding Muxammad Yusuf

Yulduz yo’lga chiqdi seni axtarib

G’ulomjon Gulomlar g’aribdan g’arib

Hofizlar bir kunda qoldilar qarib

Nahot seni boshqa ko’rmaslar qaytin

Qandoq ketib qolding Muhammad Yusuf.

Muhammadi bilan baxtli Andijon

Muxamadsiz qoldi ahli Andijon

Yig’lasang arziydi, yig’la Andijon

Bobur ham Afg’onda yotibdi o’ksib

Qandoq ketib qolding Muxammad Yusuf

Behisht bo’losh bersin bulbul shoirim

Izingga intizor ming yil shoirim

Yo’q sen o’lganing yo’q, butkul shoirim

O’zbek olib yurar joniga qo’shib

Qandoq ketib qolding Muxammad Yusuf.




  1. - boshlovchi:

- Endi 8 - sinf o’quvchisi Safarova Mo’tabar o’zi yozgan va matbuotda chop etilgan “Endi kelmaysiz” she’rini aytib beradi.

END I KELMAYSIZ...

Dunyoga qandayin donolar keldi,

Qandayin buyuklar, ulug’lar keldi,

Yurakka eng yaqin navolar keldi,

Endi Siz kelmaysiz Muhammad Yusuf

Sizni kimlar ko’rdi, kimlar esa yo’q,

Sizni ko’rganlaming ko’ngli endi to’q

She’ringiz taftidan topaoldim cho’g’

Endi Siz kelmaysiz Muhammad Yusuf

Yuraklar tubida qalqiydi og’riq,



Bu yurak sezgisi ko’ngilga bog’liq,

Hijroningiz tutar bu olam borliq,

Endi Siz kelmaysiz Muhammad Yusuf.

Yurakka tizildi she’ringiz satri,

Siz sevgan rayhonning tutadi atri,

Essiz huvilladi she’riyat bag’ri,

Endi siz kelmaysiz Muhammad Yusuf

Har bir satringizda yashadi imon

O’sha she’rlaringiz jonimga darmon,

Sizni ko’rmaganim eng katta annon.

Endi Siz kelmaysiz Muhammad Yusuf.

1 - boshlovcbi:

-Endi e’tiboringizga, Muhammad Yusuf she’rlari bilan aytiladigan qo’shiqlardan havola qilamiz.. Sarvar va Javlon ijrosida Muhammad Yusuf so’zi, G’iyos Boytoyev musiqasi, “Ko’klamoyim” qo’shig’ini tinglang.

Ommaviy qo’siq: “Hech kimga bermaymiz, seni O’zbekiston!”

“Yoshlar” gimni


Mavzu: Sumbula sayli.

Maqsad:

1. O'quvchilarda miliiy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqish va hurmatni tarbiyalash.

2. Sumbula sayli haqida tushuncha berish.

3. Ona- tabiatni asrash, unga nisbatan mehr-muhabbatni

tarbiyalash.

Bars tipi: Yangai bilimlar beruvchi.

Bars turi: Integratsiya.

Uslubi: Suhbat, savol-javob, ko'rsatish, eshittirish, klaster.

Jihozi: Magnit tasmasi, gullar rasmi, klaster uchun jadval, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xona gullari, qog'oz va rangli qalamlar.

Dars shiori:

Mehr-gul, qahr- tikan.



Barsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti;

v) o'quvchilarni psixologikjihatdan darsga tayyorlash.



II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchi:

Kun ketidan kun o'tar,

Tun ketidan tun o'tar.

Keldimi deb gulbahor,

Hamma y o' Iga ko' z tutar. O'quvchi:

Yumshoq yerdan yumalab,

Tong nuriga cho'milib ,

Kulib chiqar boychechak,

Olqishlarga ko'milib. O'quvchi:

Ochildimi boychechak?

Endi har yon gul demak,

Chunki bahor elchisi-

Shu mitti gul-boychechak.

O'qituvchi:

Darhaqiqat, bahor kelishi bilan uning dastlabki gullari-och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo' binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovullaydi, oltin gulli momaqaymoqlar barra maysalar uzra bodrab turadi.



O'quvchi:

Lolalar kuldi,

Gullar ochildi.

Zarrin quyoshdan

Nurlar sochildi.

Har yoqto'lagul,

Ochilibdi sumbul

Qo'shiqboshladi

Daraxtda bulbul.

(N.Xolmurodov)



O'qituvchi:

Sumbula ochilgan paytda "Sumbula sayli" o'tkaziladi. Bu sayl inoqlik, do'stlik, xushchaqchaqlik belgisidir.

O'zbekiston gullar diyori. Gulga qarab ba'zan hayron qolasan: go'zallik, nafislik, ranglar jilosi insonlarni doim lol qoldirib keladi.

Qani, bolalar qanday gullarning nomini bilasiz? Ular qanday rangdabo'ladi? O'quvchilar:

Sumbula, Boychechak, Binafsha, Lola, Lolaqizg'aldoq, Atirgul, Rayhon, Chuchmoma, Bo'tako'z, Gulsafsar, Moychechak, Momaqaymoq, Gultojixo'roz, Marvaridgul, Chinnigul, Nilufar, Nomozshomgul, Gulbeor, Gulhayri, Nargiz, Nastarin...

O'qituvchi:

Gullar haqida shoirlar she'r to'qiydilar, rassomlar rasm ishlaydilar. Hushbo'y hid taratuvchi nozik gullarimiz haqida qanday she'rlar bilamiz?



O'quvchi:

Men- lolaman, lolaman,

Yoqutdek tovlanaman.

Dalalardir makonim,

Yomg'irdir oshu nonim.

Bahor qanday yaxshi,

Qizil yuzlarim naqshi.

O'quvchi:

Binafshaxon, binafsha,

Kulishlaring chiroylik.

Bog'imizda ochilib,

Turishlaring chiroylik.

O'quvchi:

Har xil ko'chatni Oyxon

Jo'yakka ekib qo'ydi.

Jambil, sada, oshrayhon,

Barg yozsin deb suv quydi.

O'qituvchi:

Gullar haqida qanday topishmoqlar bilasiz?



O'quvchi:

Qirga yoydim qizil gilam,

Ko'rinadi go'zal biram. (lolaqizg'aldoq).

O'quvchi:

Yerdan asta unadi,

Ilk bahorda kuladi.

(boychechak). O'quvchi:

-Uch juft qiz-u besh o'g'il,

Uch tupdan gul ekishdi.

Har bir gulning ostiga

Bir chelak suv to'kishdi.

Suvning uchdan birini

Tashidi chevar qizlar,

Qolganini- o'g'illar.

Qani top, Barno, Safar,

Birgalashib o'g'il, qiz,

Nechta gul ko'chat ekkan?

Besh mehnatsevar o'g'il,

Necha chelak suv to'kkan?

( Q. Botirov; 33 tup gul, 22 chelak suv).

O'quvchi:

Tog'ga chiqdik qirq bola,

To'rtdan biri qiz bola.

O'g'illarning har biri

Terdi o'ntadan lola,

Qizlar berdi yuz dona,

Ayt-chi, qizim Hilola,

Nechtadir jami lola?

(Q. Botirov; 400 lola).

O'qituvchi:

Gul bilan ataluvchi ismlarni aytib bering?



O'quvchilar:

Gulnora, Gulchehra, Gulnoza, Gultoji, Gulbahor, Gulsara, Gulasal, Gulmira, Gulsum, Lola, Rayhon, Ra'no, Nilufar, Nargis, Nurgul, Ougul...



O'qituvchi:

Endi gul bilan boshlanuvchi ismlarni klaster usulida "momaqaymoq" guli ichiga yozamiz. O'qituvchi:

Gul haqida qanday maqol va tez aytish bilasiz?

O'quvchilar:

1. Ona bilan bola, gul bilan lola.

2. Meher-gul, qahr- tikan.

3. Odamning qo'li gul.

4. Odam po'latdan qattiq, guldan nozik.

5. Hunar- toshdan gul undira oladi.

6. Bog' chiroyi gul bilan.

7. Gul o'ssa - yerning ko'rki, Qiz o'ssa - elning ko'rki.

8. Gulning to'ni - qirq yamoq, ammo xushbo'y.

9. Gulning ham tikani bor.

10. Kapalak gulni deydi, Bulbul- kuyini.

11. Qiz bola - gul-lola.

12. Gulsara gul saralab gul sanadi. (tez aytish).

O'qituvchi:

Sinfimizda qanday xonaki gullar o'sadi?



O'quvchilar:

Kaktus, aloye, arum, xlorifitum, xina, begoniya, kliviya, amorollis, fikusiya, kamus, yorongul.



O'qituvchi:

Xonaki gullar turi juda ko'p. Ularni gultuvaklarda o'stirgan ma'qul. Gullarni sug'orishning ma'lum muddati bor. Har kuni ularga suv quyaverish mumkin emas. Sug'orishda sovuq suvdan ko'ra qaynatilgan suv foydalidir. Gullarni quyosh tushadigan joy da

parvarishlash lozim. Gullar o'stiradigan xona havosi musaffo bo'lsa, ular yaxshi rivojlanadi. Gullar tinch sharoitni yoqtiradilar. Ularga mehr bilan qarash, mayin kuy ham xush yoqadi.

Endi daftarimizga xonaki gullar nomini klaster usulida tarmoqlab yozamiz va bo'yaymiz.



O'qituvchi:

Tevarak- atrofimizdagi tabiat Vatanimizning bir bo'lagidir.

Tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, uni asrash fuqorolik burchimizdir. Yer usti va yer osti boyliklari suv o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar millatimiz boyligi ekanligi, ulardan oqilona foydalanish zarurligi hamda ular davlatimiz tomonidan himoya qilinishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida belgilab qo'yilgan. Biz ana shu burchimizni unutmasligimiz kerak.

(gul uzishning o'ziga xos tomonlari haqida ma'lumot berish).



O'quvchi:

Qirda ochildi lolaqizg'aldoq,

Yonida g'uncha - bolaqizg'aldoq.

Buni uzmaylik, tegmang,- der Gulsum,

Ona - boladay ochilib tursin.

(Fayzi Shohislom).



O'qituvchi:

Xalqimiz gullarni ardoqlab, do'st- yaqinlarining eng yaxshi kunlarida taqdim etadilar.

Gul mehr- muruvvat ramzidir.

O'quvchi:

Bog' oralab, tog' oralab,

Lola gulin terganmisiz?

Nomozshomgul, rayhonlarni

Sovg'a qilib berganmisiz?

Atirgulu chinni gullar,

Gulxayriyu karnaygullar

O'z bag'riga chorlab deydi:

Guldastalar yasang deydi.

III. Mustahkamlash.

Gullar rasmini chizish.



IV. Uyga vazifa.

Qog'ozdan lola gulini yasab kelish.



Qancha olis ketsang, shuncha yaqinsan.

Faollar zali bayramona bezaladi .Sahnaga milliy libos kiygan ikki qiz kirib keladi.

Maktabdagi barcha iste’dodli qizlar tadbirga taklif etiladi .

Davraga Hamid Olimjon o’zining “O’rik gullaganda” she’rini aytib kirib keladi,




Derazamning oldida bir tup

O’rik oppoq bo’lib gulladi…
Novdalarni bezab g’unchalar

Tongda aytdi hayot otini

Va shabboda qurg’ur ilk sahar

Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo’lar takror ,

Har bahor ham shunday o’tadi .

Qancha tirishsam ham u beor

Yellar meni aldab ketadi .
Mayli deyman va qilmayman g’ash ,

Xayolimni gulag o’rayman ,

Har bahorga chiqqanda yakkash,

Baxtim bormi deya so’rayman.
Yuzlarimni silab siypalab ,

Baxting bor ,deb esadi yellar.

Etgan kabi bir talab ,

Baxting bor , deb qushlar chiyillar.
Hamma narsa meni qarshilar ,

Har bir kurtak so’ylar menga roz.

Men yurganda bog’larga to’lar

Faqat baxtni maqtagan ovoz :
Mana senga olam-olam gul,

Etagingga siqqanicha ol.

Bunda tole har narsadan mo’l,

To o’lguncha shu o’lkada qol.
Umrida hech gul ko’rmay yig’lab

O’tganlarning haqqi ham senda.

Har bahorni yig’lab qarshilab

Ketganlarning haqqi ham senda…”
Derazamning oldida bir tup

O’rik oppoq bo’lib gulladi…

qizlar bilan gurunglashib turgan Zulfiya bu she’rga maftun bo’lib ,”O’rik gullaganda” she’riga javob she’rini o’qiydi.




Derazamning oldida bir tup

O’rik oppoq bo’lib gulladi…

Gulni ko’rib ishqparast qalbim,

Ming aytilgan darddan kuylaydi.
Seni qumsab oqshom choqida

Hijron qo’shar ekan harorat.

Olgudayin mushtoq bo’libman –

Visolingga , yo’q chog’i toqat.
Seni qumsab oqshom chogida

Kirib keldim shu tanish uyga.

Biz bir chog’lar yashagan uyda

Tunab qoldim xayol-la birga.
Har burchagi elitar hushim,

Naqadarlik oshno, yaqin.

Xuddi tunda kamolga yetgan

Qo’shig’ingda chaqnagan chaqin
Bunda hayot- ilhom onlari

Qalamingdan to’kilgan gavhar.

Gul bo’yini olganda shamol

Rashkka to’lib to’ngan u ko’zlar
Sen tugatgach chanqoqlik bilan

O’qib maftun bo’lganim hayot.

Qalay degan” bo’lib termulgan



Ko’zlaringning otashi hayot.
Hali hayot, takror o’qirkan

Zavqqa to’lib yayragan ko’ksim.

Yuzingdagi ulug’vor, mayin

Bir jahonga arzir ta’zim tabassum

Undan so’ng O’rik gullaganda qo’shig’i Nasiba Abdullayeva ijrosida yangraydi.


1-boshlovchi:

Go’zal tuproq uzra quyildi oqshom:

Kunduz olar dam,

Jo’shqin mushoira etadi davom,

Do’stim kel sen ham!

2-boshlovchi:



Bunda uzoqdagi do’st bo’lar yaqin ,

San’at , mahoratning maktabi bunda.

Qofiya, so’z , misra bahslari qizg’in,

Yuraklar davraga kiradi bunda.

1-boshlovchi: Bahor uzoq kutilgan to’y kabi qorli qish bag’ridan ko’nglimizga yo’l olgan ko’klam. U bejizga suluv ayollar timsolida ta’riflanmagan. Zebolik, ezgulik, mehr- muhabbat – bari bahor tavsifida she’rga aylanadi. Balki shundan, quvnoq qalb shoiramiz Zulfiyaxonim ham bahor faslida dunyoga kelgandir!

2-boshlovchi: Bugun qalbi qaynoq shoira Zulfiyaxonim tavalludining 99-yilligi munosabati bilan yig’ilganmiz. Faqatgina O’zbekistonda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10- iyundagi Farmoniga binoan qizlarimizga Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Bu mukofot maktab, litsey, kollej va Oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, tashabbuskorligini namoyon qilib ta’lim olayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan ta’lim sohalarida erishayotgan yutuqlari uchun beriladi.

1-boshlovchi: Shu tufayli davraga iste’dodli va iqtidorli qizlarni taklif etganmiz va ularning yaratgan narsalariga qarab, yozgan she’rlaridan ilhomlanib: Siz yuksaksiz, sizga qarab qomatimni rostlayman… misralarini aytgim keladi. Davraga birin- ketin uch nafar Zulfiyaxonimga o’xshash qizlar chiqib kelishadi va ular Zulfiyaxonimning tarjimayi holini so’zlab beradilar.

1-qiz: O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tug’ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o’qigan vaqtlaridayoq (1931 -1934) adabiy to’garaklarga qatnashib, she'rlar mashq qiladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida taqsil oldi.1938-1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo’lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa "O’zbekiston xotin-qizlari" (hozirgi "Saodat") jurnalida bo’lim boshliq`i, 1953-1980 yillarda esa bosh muharrir bo’lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan "Hayot varaqlari" (1932) nomli birinchi she'rlar to’plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.

Zulfiyaning ijodiy kamolotida o’zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an'analarining roli benihoya bo’ldi.

Shoira "She'rlar" va "Qizlar qo’shig'i" (1938) kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, cho’llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag’ishlaydi. Ayni chog’da, mazkur to’plamlardagi she'rlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.

2-qiz: Urush davrida "Uni Farhod derdilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) kabi to’plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu to’plamdagi she'rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir.

Zulfiyaning "Mening Vatanim", "Qo’limda quro-lu ustimda shinel", "Bizni kut" kabi umidbaxsh she'rlari urush davri o’zbek she'riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o’rin olgan.

Shoiraning urushdan so’nggi yillarda yaratilgan "Dalada bir kun" (1948), "Tong qo’shiq`i" (1953) kabi she'rlar turkumi, shuningdek, "Men tongni kuylayman", "Yuragimga yaqin kishilar" (1958), "Kuylarim sizga" (1965) to’plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko’rsatayotgan kishilar hayoti jo’shib kuylanadi. Uning "So’roqlaydi shoirni she'rim" (1960), "Oydin" (1953), "Quyoshli qalam" (1967) kabi ocherk va dostonlari Hamza, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan.

Zulfiya H. Olimjonning "Semurq", "Zaynab va Omon" dostonlari asosida p'esa va opera librettosini ham yaratgan.

3-qiz: Zulfiya "O'ylar", "Shalola” kabi she'riy to’plamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Hind mavzuidagi she'rlari uchun Javoharla'l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro "Nilufar" mukofotiga sazovor bo’lgan.

Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo’ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o’tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur "Mushoira" (1958) asarini yaratdi.

Uning she'rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N. A. Nekrasov, M. Yu. Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustida vafot etgan. U Mehnat Qahramoni ham edi.

2-boshlovchi:



Davramiz mehrga to’liq bir olam,

Do’stlar bari jam,

Buyuk mushoira etadi davom,

Kelingiz, siz ham!

1-boshlovchi: Mirtemir iborasi bilan aytganda “ Zulfiyaxonim avvalo o’zbek shoirasi. Shu vajdan uning she’riyatida O’zbekiston butunligicha jilvalanadi. O’zbek tabiati, o’zbek qalbi, o’zbek ayolining yorqin va suluv siymosi, dardi va baxti, to’y va tomoshasi – mana Zulfiyaxonim she’riyati!”

Sahnaga milliy libosdagi qizlar chiqishadi va Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalar o’qiydilar.


  1. qiz: Salqin saharlarda, bodom gulida,
    Binafsha labida, yerlarda bahor.

    Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

    Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...


    Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,

    O’rik gullarining eding maftuni.

    Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
    Ko’zlaringga surtib o’parding uni


  2. qiz: Hijroning qalbimda, sozing qo`limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham !

  1. qiz: Hayot kitobini bexos varraqlab,

Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.

Tabassum o`rnida kuldim charaqlab,

Suyish kerak bo`lsa, telbacha suydim...

Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim,

Hech kimda ko`rmayin umrimga o`xshash:

Suydim,

Erkalandim,

Ayrildim,

Kuydim,

Izzat nima bildim.

Shu-da bir yashash!..

  1. qiz: Ko’zingda yosh, yig’lading nega?

So’ramoqdan tinmading.

Shodligim boisi nima,

Yo baxtim his qilmading?
Men bir jonki borlig’im tuyg’u

Hamma bilan bor ishim.

Afsus ozor mudom beuyqu,

Baxtga chanlag solar jim.


  1. qiz: Olcha guli bargiday,

O’ynab uchib yog’ar qor-

Ajab, qorga qarayman,

Ko’zimda yashnar bahor
Daraxtlarning shoxida

Qor yashnaydi xuddi gul,

Qiya tepaliklarning

Yaxida yarqirar ul.


  1. qiz: Qancha bo’ldi ko’rmaganimga

Ey qalbimning dilbari shoir!

Qancha bo’ldi birga o’ltirib,

So’zlashmadik dillarga doir
Dil-chi dilim unutib bo’lmas

Ish qo’shig’i yozilgan kitob

Hayol hiyol cheritib o’tdimi-

Topib deb qiladi xitob.
2-boshlovchi: Dunyodagi uzoq- yaqin mamalakat xalqlarining ko’priklaridan biri adabiyotdir. O’zbekiston va Hindiston mamlakatlarining do’stlik ko’prigini mustahkamlashda Amrita Pritam va Zulfiyaxonimning hissasi kattadir. Amrita Pritam Zulfiyaga bag’ishlab “O’tmish aksi” nomli maqola yozgan. Unda ikki xalq shoirasining do’stligi namoyon etgan. Shundan quyidagi parchani qizlarimiz namoyish etadilar:

Sahnaga atlas ko’ylak kiygan Zulfiyaxonim va hindcha sari kiygan Amrita Pritamlar kirib kelishadi. Zulfiya Amrita Pritamga qarab “Manavi pianino ustida turgan suratni Hamid Olimjon mening yubileyimga oldirgan edi. Hozir qo’limdagi manavi brilliant uzukni Hamid Olimjon menga atab Moskvadan olib kelgan edi. Senga damlagan choynakni Hamid Olimjon men uchun Xitoydan keltirgan. Men bugun yashayotgan uyni Hamid Olimjon katta ishtiyoq bilan qurdirishni boshlagan edi”.

Amrita Pritam: Zulfiyaxonim panjobliklarda go’zal qizlar arazlaganda unga yori besh rupiya berib ovuntirgan. Sizlar ham Hamid Olimjon bilan arazlashganmisizlar? U seni qanday ovuntirar edi?

Zulfiya: Hamid Olimjon doim bir she’r yozib mening yostig’im ostiga qo’yib qo’yar edi.

Amrita Pritam: Iltimos o’sha she’rlardan birortasini aytib bera olasanmi?

Zulfiya: Kiyintirsam seni bahorga,



Yulduzlarni o’rasam qorga,

Olib kelib oldingga qo’ysam

Ham yulduzni, ham seni suysam:

To tonggacha so’ylasam ertak

Chechak terib etak va etak

Oyog’inga keltirib to’ksam

Seni maqtab, ag’yorni so’ksam,

Shunda seni ko’nglining to’lurmi?

Aytganlaring bajo bo’lurmi?.

Ana shunday mahbubining judoligiga bardosh berish Zulfiya uchun juda qiyin uning qalbida to’fon turadi. A’zoi badani larzaga keladi, xayollari uni bulutlar kabi qamrab oladi va yana hamma narsa dard tog’i bilan to’qnashib ketganda ko’z yoshi yomg’iri boshlanib ketadi.

Proyektor orqali Zulfiyaxonim va uning farzandlari haqidagi lavha ko’rsatiladi. Shundan so’ng Zulfiya Amrita Pritamga qarab, men ham arazlagan mahbubimni yupatish uchun qabri tepasiga borib mana shu she’rimni tosh yostig’i ostiga qo’yib keldim deya she’r boshlaydi.

Mana qimmatligim, yana bahor kelib,



Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,

Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.
Qirlarga ilk chiqqan qo’ychivonlardan

Qayda shoir deya ayladi so’roq.

Barida sukunat, ma’yuslik ko’rdi

Horib charchab keldi, toqatlari toq.

Shundan so’ng Hamid Olimjonning Botir Zokirov ijrosidagi qo’shiqlari eshitiladi.

1-boshlovchi: Bahor qabllarga umid bag’ishlaydi. Zamindan bosh ko’tarayotgan har bir maysa ko’ngilda ulkan orzularni uyg’otadi. G’ir- g’ir esayotgan mayin shabboda allaqanday ajib iforni dimoqqa uradi. Bu faslning yana ham go’zalligi uning bayramga boyligidir.

2-boshlovchi: Shu bilan biz bulbulzabon shoira o’zbek xalqining qalbi qaynoq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan tadbirimizni yakunlaymiz. Bahor har biringizga quvonch, baxt shijoat olib kelsin.

1-boshlovchi:

Erib ketmagandim sevgingdan,

Bo’lmaslik chun baxtingdan judo.

Birga qolish uchun sen bilan

Kuyamanu bo’lmayman ado.

2-boshlovchi: Zulfiyaxonim!



Siz dilbar ash’orlaringiz kabi bahorning bag’riga singib ketgansiz, uning vujudida yashayapsiz. Toki bahor bor ekan, siz ham qalblarimizda yashayverasiz.

Ayol baxti ! Menday ayol baxtiga

Taqdir malikani ko’rganmi loyiq?

Xalq mehriga, yorman el shuhratiga,

Baxtli ayol desa haqli xaloyiq…


Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish