(Sahnaga kitoblar tasviri tushirilgan mo'jazplakatlar ko'targan o'quvchilar chiqib keladilar).
l-boshlovchi:
Bir kuni barcha fanlar, Yig'ilishib o'zaro.
"Qay birimiz kuchli?" deya, Qildilar bahs, mojaro.
(Fanlar tilga kiradi).
Matematika:
-Bolalar, hamma ishda, Kerakdir hisob-kitob. Meni o'rganmasangiz, Bo'lar holingiz chatoq. Tarix:
-Buyuk bit tarixing bor, Uni bilmasdan axir, Qayda senda iftixor, Qayda dilingda faxr. Har bir ko'xna oldida, Tirik tarix demakdir. Uni kitobday xuddi, O'qiy olish kerakdir.
O'qish:
-Yozuvchilar, shoirlar,
Hayotidan so'zlayman.
Navoiy va Boburlar,
Ijodidan so'zlayman.
Ichim to'la ajoyib,
Qissayu, she'r, hikoya.
Qiziqib o'qisangiz,
Men-xursand benihoya.
Chet tili:
- Balki, orzu qilarsiz, Ko'ray deb uzoq elni. Buning uchun avvalo, Bilib oling chet tilin.
2-boshlovchi:
- Gapni xo'b qotirdingiz, So'zlamagan qoldi kim? "O'zbek tili" orqada, O'tiribdi negajim?
Do'stlaringiz bilan baham: |