Tadbirkor (fermer xo‘jaligi raxbari) tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi firma bilan shartnoma tuzish yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilish
(Muammoli vaziyat)
Respublikamizda aholi sonining o‘sib borishi, turmush darajasining yaxshilanib borishida, sog‘lom avlod vujudga kelishida qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining jumladan sabzavotchilikni ahamiyati katta. Dunyo bo‘yicha hozirgi davrda pomidor eqiladigan maydon 3.0 mil. ga dan oshdi, uning hosildorligi ochiq maydonda 90-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga etkazildi.
O‘zbekistonda sovuqli kunlarning qisqaligi, isitish davrining 3,0-3,5 oydan oshmasligi, quyoshli kunlarning uzoq davomiyligi, quyosh intensivligining yuqori bo‘lishligi, issiqxonalardan arzon va yuqori hosil olish imkoniyatlarini beradi. Bulardan tashqari O‘zbekistonda issiqxonalar barpo qilish va ulardan foydalanish Qozoqiston, Rossiya xududlariga nisbatan maxsulot etishtirish 30-70 % gacha arzonga tushadi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan AQSH, Gollandiya, Isroil, YAponiya, Janubiy Koreya mamlakatlarida zamonaviy, to‘liq avtomatlashtirilgan, maxsus kompyuterlar dasturi asosida boshqariladigan gidroponika usulida sabzavotlar etishtirilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Gidroponika usulida etishtirilgan sabzavot ekinlarining hosildorligi 250-350 t/ga ni tashkil qilmoqda va ular ekologik jihatdan toza mahsulotlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda gidroponika usuli bilan sabzavot etishtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil PQ-1647 sonli Janubiy Koreya Respublikasi grant mablag‘larini jalb etgan holda, “O‘zbekistonda namunaviy issiqxonalar barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yo‘lga qo‘yilmoqda. SHu qarorga asosan Toshkent davlat agrar universitetida, Toshken viloyati yuqori CHirchiq tumanidagi A.YAsaviy va O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti xududlarida hamda Respublikamiz viloyatlarida namunaviy issiqxonalar barpo qilindi va ishga tushirildi.
Andijon viloyatida Niyoz ismli bir yigit hozirda ishsiz, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchidir. Hozirgi paytda Niyoz fermer xo‘jaligini tashkil etib, namunaviy issiqxonalar barpo etib, gidroponika usulida pomidor maxsulotlarini etishtirish bilan shug‘ullanmoqchi. Muammo Niyozning hozirgi xolatda ishsiz bo‘lishi xolati bilan uning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidir. U hozirda muammoni hal etish uchun gidroponika usulida pomidor etishtirish bilan shug‘ullanuvchi chet-el firmalari bilan xamkorlik asosida faoliyat yuritmoqchi. Uning oldida bir nechta variantlar turibdi: Green field agro (Turkiya), KOPIA (Koreya), Green House (Iran). Siz agrokonsalting markazi xodimi sifatida yuqoridagi variantlardan qaysi birini tanlashni maslaxat qilar edingiz?
Savollar:
Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni ko‘tarib chiqqan?
Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?
Vaziyatdagi ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz? Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday echish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |