O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
COLLEGIUM HUMANUM VARSHAVA MENEJMENT UNIVERSITETI
ANDIJON FILIALI
M E N E J M E N T
FANINIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI
BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY QO’LLANMALAR
Bilim sohasi: 400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq
Ta`lim sohasi: 410 000 – Biznes, boshqaruv
Ta`lim yonalishi: 60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar)
Andijon-2021y
Fanning amaliy mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmasi
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo’nalishlari uchun tasdiqlangan ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan
Tuzuvchilar: dotsent O.Maxmudov
Takrizchilar: i.f.n. dotsent M Xojiboyev
i.f.n. katta o’qituvchi V.Abduraxmonov
Fanning amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun uslubiy qo’llanma “ Menejment” kafedrasining 2021 yil 11.11 dagi 2-sonli yigilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muxokama kilish uchun tavsiya etilgan
Kafedra mudiri dotsent: M. Mamatxonov
Kirish.
Menejment — bu tashkilotga egalik va rahbarlik qilish, boshqarish orqali ishlarni amalga oshirish, ishbilarmonlar qanday ish yuritishini o‘rganish, yangi boshqarish tafakkurini shakllantirish, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish muammolaridir. Menejment — bu kasbiy faoliyat, fan, san’at. Bu tashkil etish, rejalashtirish, nazorat, tashkilot ichidagi o‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlarni amalga oshirish, tashkilotning ma’lum faoliyatining ko‘rinishi. Menejment — bu tashkilot resurslaridan foydalanib ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish). Ne’matlarni olib mahsulot tayyorlash mahsulotni uzatish— tashkilot ne’matlarini jalb etish bilan bog‘liq.
“Menejment” fanini oʼqitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali Iqtisodchi - mutaxassislar boʼlib yetishadigan talabalarda boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada oʼrgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis boʼlishlarini hamda olingan bilimlari asosida oʼqish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini taʼminlash, yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - boshqaruv tizimida boshqarishning usul va uslublarini oʼrganish va takomillashtirish, menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati, menejment texnologiyalarini qoʼllash, tashkilotlar va ularni boshqarishni, zamonaviy menejerga qoʼyiladigan talablar, mehnat jamoalarini samarali boshqarish, boshqaruv mehnatini tashkil qilish yuzasidan tasavvur va bilim shakllantirilishi, koʼnikmalar orttirilishini taʼminlashdan iborat.
Mazkur qo’llanma «Menejment » o’quv fani dasturi va o’quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. U asosan iqtisodiy yo’nalishda ta’lim oluvchi talabalar, shuningdek, boshqaruv bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. Mazkur o’quv qo’llanmani tayyorlashda ko’plab xorijiy o’quv adabiyotlarini tahlil qilib chiqildi, milliy va xorijiy amaliyot materiallaridan, shunindek Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Menejment” fani bo’yicha ma’ruzalar matnidan va matbuotda nashr qilingan boshqa materiallardan foydalanilgan.
Qo’llanmada keltirilgan materiallar mualliflarning mazkur fan muammolari bo’yicha nuqtai-nazarini aks ettirib, ushbu yo’nalishda yagona va uzil-kesil xulosa chiqarishga da’vogarlik qilmaydi. Bundan tashqari, o’quv qo’llanma ta’lim jarayonida, ayniqsa, fanni chuqurlashgan tarzda o’rganishda boshqa ma’lumotlar bilan to’ldirilishi va boyitilishi mumkin.
Davr ta’lim sohasida yangi pedagogik texnologiyalardan, o’qitishning faol va interfaol usullaridan keng foydalanishni zarurat qilib qo’ymoqda. Ta’limning asosiy maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashlarini ta’minlashdir. Bu esa davlat ta’lim standartlarida belgilangan vazifalarni to’liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi.
O’qitishning bunday interfaol usullari nafaqat o’qituvchidan, balki talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi adabiyotlarni o’rganishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |