52 variant
1. Quyidagilardan XIX asrning so‘nggi choragida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni belgilang.
1) Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon; 2) Andijonda Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olon; 3) Matyoqub pishiq boshchiligidagi qo‘zg‘olon; 4) Biybozor va Nukus volostida Bobo Go‘klan boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4
2. Quyidagilardan "Papalarning Avinon tutquni" nomini olgan davrda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
1) Tug‘luq Temur Movarounnahrga ikki marta bostirib kirdi; 2) Amir Temur tomonidan Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi; 3) Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topdi; 4) Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi; 5) Fransiyada Lyudovik XI ning hukmronlik davri boshlandi; 6) Kebekxon Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirdi.
A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6
3. Quyidagi qaysi hukmdorlar XIV asrda hukmronlik qilgan ?
1) Mexmet II; 2) Roman IV Diogen; 3) Muhammad Tug‘luq; 4) O‘rxon; 5) Shamsiddin Eltutmish
A) 1, 5 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 4, 5
4. Xaritada yulduzcha bilan berilgan davlatda qachon konstitutsiya qabul qilingan ?
1878 yil B) 1922 yil C) 1882 yil D) 1923 yil
5. XX asr boshida quyidagi qaysi davlatning ayrim siyosiy arboblari trializm (uchlik) talabi bilan chiqqan ?
A) Germaniya B) Rossiya C) Avstriya-Vengriya D) Turkiya
6. Normannlar Londonni bosib olgan (a) va salibchilar Konstantinopolni egallagan (b) yillarni belgilang.
1) 842-yil; 2) 879-yil; 3) 1204-yil; 4) 1453-yil
A) a-2, b-4 B) a-1, b-4 C) a-2, b-3 D) a-1, b-3
7. Qadimgi Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni hisoblangan xudoni aniqlang.
A) Osiris B) Apis C) Xapi D) Xatxor
8. Imperator Trayan tomonidan qurdirilgan balandligi 40 metr bo‘lgan ustun sirtidagi tasvirlar . . . haqida hikoya qiladi.
A) Vandallar qo‘shinlari bilan urush manzaralari B) Galliya bilan urush manzaralari
C) Daklar bilan urush manzaralari D) Gotlar ustidan qozonilgan g‘alaba
9. Quyidagilardan Rossiya imperatorlari Aleksandr II (a) va Nikolay II (b) hukmronligi davrida bo‘lib o‘tgan voqealarni belgilang.
1) Berlin kongressi chaqirildi; 2) turkmanlarni Rossiya imperiyasiga bo‘ysundirish nihoyasiga yetdi; 3) Susima yonida rus floti yapon floti tomonidan yakson qilindi; 4) Rossiya "To‘rtlar ittifoqi" davlatlari bilan Brest tinchlik shartnomasini imzoladi
A) a-2, b-4 B) a-1, b-4 C) a-1, b-3 D) a-2, b-3
10. Ikkinchi ingliz-afg‘on urushi Buyuk Britaniyaning mag‘lubiyati bilan tugagan yilda Afg‘oniston taxtiga chiqqan hukmdorni toping.
A) Abdurahmon B) Sheralixon C) Yoqubxon D) Ayubxon
11. Ibrohimbiy va Rajab Sulton Buxoro taxtini egallash uchun kimlardan yordam so‘ragan edi ?
A) qoraqalpoqlardan B) qalmoqlardan C) ko‘chmanchi qozoqlardan D) qipchoqlardan
12. 995-yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg‘ol qilib Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va qaysi
shahar Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylantirildi ?
A) Ko‘hna Urganch B) Bolosog‘un C) Kat D) Xiva
13. Qadimgi forslar o‘rnashgan Fors viloyati Eronning qaysi qismida joylashgan edi ?
A) g‘arbida B) shimolida C) sharqida D) janubida
14. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish quyidagi qaysi davlatlar xo‘jaligining asosiy shakliga aylangan ?
A) Germaniya, Angliya B) Gollandiya, Germaniya C) Angliya, Gollandiya D) Fransiya, Ispaniya
15. Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilingan yilni aniqlang.
A) 1937-yil B) 1925-yil C) 1920-yil D) 1931-yil
16. Quyidagilardan XIX asrning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.
A) Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoyning boshqaruvi davri nihoyasiga yetdi.
B) Nikolay II mahalliy aholini front ortidagi ishlar, ya’ni mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
C) podsho Nikolay II Turkiston general-gubernatori vazifasini vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N.Korolkov zimmasiga yukladi.
D) senator K.Palen podsho topshirig‘i bilan Turkiston o‘lkasini taftish qildi.
17. Nechanchi yilda Germaniya va Yaponiya "Antikomintern pakti" deb atalgan hujjatni imzoladilar ?
A) 1933-yilda B) 1939-yilda C) 1936-yilda D) 1930-yilda
18. Quyidagi qaysi shahar 1996-yilda "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlangan ?
A) Termiz B) Shahrisabz C) Buxoro D) Qarshi
19. O‘zbekiston Respublikasida mavjud quyidagi siyosiy partiyalarning tashkil topgan yillari mos ravishda ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Xalq demokratik partiyasi; 2) "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi; 3) O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi;
a) 2003-yil; b) 1995-yil; c) 1991-yil
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b
20. Ma’muniylar sulolasi davrida Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida faoliyat yuritgan mahkamalarni toping.
1) ziroat; 2) ma’muriy; 3) savdo-tijorat; 4) moliya; 5) zarbxona; 6) mulkchilik; 7) soliq.
A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 7 C) 1, 2, 3, 7 D) 2, 3, 5, 6
21. 1908-yilda Avstriya-Vengriya quyidagi qaysi davlatni bosib olgan ?
A) Serbiya va Chernogoriyani B) Bosniya va Chernogoriyani C) Bosniya va Gersegovinani D) Gersegovina va Serbiyani
22. Quyidagi qaysi asarda Chingizxonning Movarounnahrga istilosi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol haqida ma’lumotlar berilgan ?
A) Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma" asarida
B) Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarida
C) Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma" asarida
D) Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" asarida
23. 1943-yil Dnepr daryosini kechib o‘tib Dnepr uchun bo‘lgan janglarda jasorat ko‘rsatgan vatandoshimizni aniqlang.
A) Qo‘chqor Turdiyev B) Zebo G‘aniyeva C) Sharif Ergashev D) Sobir Rahimov
24. Quyidagi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq to‘g‘ri
ma’lumotlar mos ravishda berilgan javobni
aniqlang.
1) Kserks; 2) Frada; 3) Gilgamish; 4) Xammurapi; 5) Spitaman
a) forslarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari; b) Fermopil jangida yunon qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozongan hukmdor; c) tarixda qonunlar tuzgan birinchi hukmdor; d) Mesopotamiya rivoyatlaridagi eng sevimli qahramon; e) Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashgan qo‘zg‘olon rahbari.
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-e, 5-d D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e
25. Angliyada Respublika boshqaruvi amalda bo‘lgan yillarni toping.
A) 1640-1688-yillar B) 1649-1660-yillar C) 1640-1660-yillar D) 1649-1688-yillar
26. Quyidagi voqealar sodir bo‘lgan davriga qarab mos ravishda joylashtirilgan javobni toping.
1) Mo‘g‘ullar davlatining asoschisi Temuchin tavallud topdi; 2) Chig‘atoy xoni Kebekning
hukmronligi tugadi; 3) Chig‘atoy ulusi tashkil topdi;
a) X asr; b) XI asr; c) XII asr; d) XIII asr; e) XIV asr
A) 1-a, 2-e, 3-c B) 1-a, 2-d, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-d D) 1-c, 2-e, 3-d
27. Xiva xonligida Muhammad Amin inoqlik lavozimiga ko‘tarilgach, turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borib muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va qaysi Buxoro hukmdori yoniga ketadi ?
A) Abulfayzxon B) Muhammad Hakimbiy C) Muhammad Rahimbiy D) Doniyolbiy otaliq
28. Quyidagi voqealarni yillari bilan to‘g‘ri moslashtiring.
1) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 2) Birinchi ingliz-afg‘on urushi
natijasida Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi; 3) general Sukre boshliq Yuqori Peru armiyasi Ispaniya armiyasini tor-mor etdi; 4) Buyuk Britaniya Eronning og‘ir ahvolidan foydalanib uni teng bo‘lmagan shartnomani imzolashga majbur etdi.
a) 1841-yil; b) 1824-yil; c) 1842-yil; d) 1816 yil.
A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-b C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
29. XX asr oxiri XXI asr boshlarida quyidagi qaysi davlatni M.Kaddafiy boshqargan ?
A) Suriya B) Liviya C) Misr D) Iroq
30. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar mos ravishda berilgan ?
N
|
Tarixiy shaxs
|
Tarixiy shaxs bilan bog’liq voqea
|
Yil
|
1
|
Yuan Shikay
|
Konstitutsiyaviy kengash chaqirdi
|
1914
|
2
|
Li Sze – chen
|
Qo‘zg‘olonchilar Pekinni ishg‘ol qildi
|
1644
|
3
|
Parnell
|
Buyuk Britaniya parlamentidan Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qildi
|
1875
|
4
|
Oda Nabunaga
|
Asikaga sulolasini syogunlikdan mahrum qildi
|
1576
|
5
|
Griffit
|
"Shinfeyn" ("Biz o‘zimiz") partiyasini tuzdi
|
1905
|
6
|
Xun Syusyuan
|
Xitoy janubida dehqonlar qo‘zgoloni boshlandi
|
1856
|
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |