49 variant
1.Xitoyda “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qabul qilingan yilni aniqlang. A) 1914-yil B) 1911-yil C) 1909-yil D) 1912-yil
2. . Nechanchi yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta — yevro joriy qilinishi YI davlatlarini yanada yaqinlashtirdi ? A) 2000-yil B) 2001-yil C) 2002-yil D) 2005-yil
3. Qutbiddin sadr madrasasi qaysi shaharda joylashgan? A) Buxoro B) Qo’qon C) Hirot D) Samarqand
4. Katta fashistik Kengash qaysi davlatda tuzilgan edi ? A) Yaponiyada B) Germaniyada C) Ispaniyada D) Italiyada
5.Buyuk Britaniyada qaysi yilda 54 soatlik ish vaqti belgilangan edi ? A) 1881 yil B) 1878 yil C) 1875 yil D) 1888 yil
6. . 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul .............. da edi.
A) Fransiya B) Germaniya C) Italiya D) Angliya
7. Toshkent aviatsiya zavodi qaysi shahardan ko’chirilib keltirilgan zavod asosida barpo etiladi?
A) Peterburg B) Ximki C) Tomsk D) Kiev
8. XIX asr охirlarigacha Lоtin Amеrikasiga eng ko`p kapital kiritgan davlat qaysi edi?
A) AQSH B) Angliya C) Ispaniya D) Fransiya
9. To’xtamishxon qachon Moskva ustidan o’z hukmronligini o’rnatgan ? A) 1380 yil B) 1378 yil C) 1390 yil D) 1382 yil
10. Quyidagi qaysi imperator davridan so’ng rimliklar yirik bosqinchilik yurishlarini olib borolmay qolgan.
A) Oktavian B) Trayan C) Konstantin D) Feodosiy
11. Zog’ariq va Bo’zsuv kanallari suv bilan ta’minlangan hududlarda qadimda quyidagi qaysi xalq yashar edi.
A) Saka tigra hauda B) Saka tiay tara darayya C) Saka-xaumovarka D) Massagetlar
12.Qaysi yilga kelib jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom ekanligi ta’kidlab o’tilgan ? A) 2015 yil B) 2017 yil C) 2016 yil D) 2018 yil
13. Rossiya va Italiya o’rtasida Bolqondagi manfaatlarni kelishib olish bo’yicha shartnoma imzolangan yilni aniqlang ?
A) 1908 yil B) 1911 yil C) 1909 yil D) 1910 yil
14.”Abulma’oniy” nomi bilan shuhrat qozongan odam qaysi shaharda tug’ilgan ?
A) Samarqand B) Buxoro C) Kesh D) Tavildara
15.Qachon ushbu inshoot hozirgi qiyofasida tashkil topganvaqtini aniqlang ?
A) Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan hukmdor yashagan asrda
B) Doston qahramonlari – Aql,yurak,husn,xayol,vafo,nazar,ishq bo’lgan doston yozib tugallangan yilda
C) “Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro,Ho’qand va Qoshg’ar” asari yozilgan asrda
D) O’rta Osiyo va Rossiya o’rtasida savdoda tovar ayirboshlash 100 ming rublni tashkil etgan asrda
16.Qaysi asrda xirojning bir qismi pul bilan olina boshlandi ?
A) Toshkentda Baroqxon madrasasi qurilgan asrda
B) Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari,jumladan,Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq aloqalarida kamsitish siyosati yuritila boshlangan davrda
C) Xiva xonligida soliqning mahalliy hokimlar tomonidan yig’ilishiga chek qo’yildi va soliqlarning xon tomonidan tayinlangan davlat amaldorlari tomonidan yig’ilishi joriy qilingan asrda
D) Buxoro xonining orolliklarni gijgijlashi natijasida Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqqan asrda
17.Qaysi yilga kelib O’zSSR dagi tuman ijroiya qo’mitalari a’zolarining 20 %i,okrug ijroiya qo’mitalari a’zolarining 17 %i ayollar edi ? A) 1927 yil B) 1925 yil C) 1928 yil D) 1930 yil
18.O’zSSR Sovetlarining Toshkentda bo’lib o’tgan qaysi yig’ilishida(qurultoyi) O’zSSR Xalq Komissarlari Sovetiga 8 yoshdan to 15 yoshgacha bo’lgan hamma bolalarni majburiy yetti yillik ta’limga tortish hamda respublika shahar va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish dasturi ishlab chiqishni taklif qilingan ?
A) 1938 yil B) 1937 yil C) 1935 yil D) 1933 yil
19.Abdurahim Hojiboyev,Inomjon Xidiraliyev va Muxtorjon Saidjonov sovetlar tomonidan o’ylab chiqarilgan qaysi guruh a’zolari sifatida qamoqqa olingan ?
A) “milliy ittihodchilar va milliy istiqlolchilar” B) inog’omovchilik C) badriddinovchilik D) o’n sakkizlar guruhi
20.Qachon O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin jazo mexanizmi ishga tushirilgan ?
A) 1929 yil B) 1930 yil C) 1935 yil D) 1931 yil
21.Qaysi yilda Turkiston General gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston generalgubernatori Kengashi bilan to’ldirilgan ? A) 1867 yil B) 1898 yil C) 1886 yil D) 1881 yil
22.Toshkent (Qurama uyezdi) qaysi yilgacha Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan ?
A) 1872 yil B) 1887 yil C) 1877 yil D) 1886 yil
23.Rossiya – Osiyo va Sibir savdo bankining bo’limlari qaysi shaharda ochilgan ?
A) Yangi Urganch B) Xiva C) Gurlan D) Mo’ynoq
24.Qaysi shaharda,asosan,paxtani tashib ketish bilan shug’ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar – aka-uka Rizayevlar,P.A.Manuilov,S.Maxsum,S.Tojiniyozov,T,Solijonov va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgan ? A) Yangi Urganch B) Xiva C) Gurlan D) Mo’ynoq
25.XX asr boshida Xiva xonligida qaysi shaharlarda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan shaharlarni toping ?
A) Yangi Urganch,Xonqa, Hazorasp B) Xonqa,Hazorasp,Bo’g’ot
C) Pitnak,Hazorasp,Yangi Urganch,Ko’hna Urganch D) Xonqa,Hazorasp
26.Qaysi prezidentning iste’fosidan so’ng hukumat tepasiga partiyasizlar kelgan edi ?
A) De Gol B) S.Berluskoni C) Gamsaxurdiya D) Atal Bixari Vajpai
27.Xalq-demokratik alyansi yetakchisini aniqlang ?
A) Atal Bixari Vajpai B) Narasimxa Rao C) Narendra Modi D) Rajiv Gandi
28.Jihod kengashi deb atalgan guruh qaysi davlatda hokimiyat tepasiga kelgan ?
A) Eron B) Suriya C) Afg’oniston D) Iroq
29.Qachon Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib kelgan ? A) 1992 yil B) 1996 yil C) 1994 yil D) 2003 yil
30.Qaysi mamlakatda o’rta asrlarda yog’och tanqis bo’lganligi uchun qurilishda sopol,g’isht va toshdan keng foydalanishgan ?
A) Xitoy B) Hindiston C) Yaponiya D) Eron
Do'stlaringiz bilan baham: |