Variantlar to’plami 1 variant



Download 21,78 Mb.
bet15/70
Sana06.04.2022
Hajmi21,78 Mb.
#532183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
umumiy test

15 variant

1. Quyidagi qaysi voqealar so'nggi paleolit davrida sodir bo'lgan edi ?


1) toshga ishlov berish texnikasining o'zgarishi; 2) neandertal odamlarining keng yoyilishi; 3) chopperlarning paydo bo‘lishi;
4) qoyatosh rasmlari; 5) turar joylarning qurilishi; 6) ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikning vujudga kelishi; 7) urug'chilik jamoalarining ajralib chiqishi; 8) yoyning ixtiro qilinishi
A) 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 5, 6, 8 C) 1, 4, 5, 7 D) 3, 4, 6, 8
2. Bir davrda sodir boʻlgan voqealarni belgilang.
1) Lidiya Kiaksar davrida qudratli davlatga aylangan ; 2) Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida yuksalish boshlandi; 3) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi; 4) poytaxti Tushpa shahri boʻlgan davlat gullab-yashnadi; 5) “Avesto”ning ilk paydo boʻldi; 6) Oʻrta Osiyoda temirdan ilk mehnat qurollari tarqaldi
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6
3. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar).
A) Doro I –– Midiya –– skiflar B) Aleksandr Makedonskiy –– Ahamoniylar davlatini bosib olishi –– Plateya jangi
C) Sin Shixuandi –– 36 viloyat –– Buyuk ipak yo’li D) Konstantin –– IV asr –– xristian dini
4. Quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri Somonxudotning nabiralari tomonidan bostirilgan ?
A) Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon B) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
C) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon D) G‘urak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon
5. Iqto bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1) yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va usvdan iborat katta-katta mulklar iqto shaklida in’om qilina boshlandi; 2) Movarounnahr va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi; 3) Yerdan foydalanishda iqto tartibori juda keng yoyildi; a) XI asrdan boshlab; b) XI-XII asrdan boshlab; c) X asrdan boshlab;
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c
6. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang ?
A) Qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldiriladi va Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik Ispaniyada tashkil topdi
B) Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oldilar va Arab xalifaligining poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi
C) Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurdirgan Somoniy hukmdorning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi va “Kitob at-tavhid” asarining muallifi vafot etdi
D) Turkman va qipchoqlarni o’ziga bo’ysundirgan Xorazmshohning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi va Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlarni o’z davlati tasarrufiga birlashtirgan hukmdor vafot etdi
7. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar).
A) imperator Yustinian I –– ostgotlar ––Ravenna B) knyaz Vatslav –– Piastlar sulolasi –– xristian dini
C) qirol Karl Martell –– Puate janggi –– Muqaddas Rim imperiyasi
D) qirol Filipp IV –– "Yuz yillik urush" –– Tyudorlar sulolasining tugashi
8. O’rta asrlarda salib yurishlarida qatnashgan hukmdorlarni toping.
A) Karl VII, Genrix II B) Richard I Sheryurak, Lyudovik IX
C) Innokentiy III, Richard II D) Karl V, Lyudovik XI
9. XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ………ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat – mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. A) arablar B) o’g’uzlar C) mo’g’ullar D) ruslar
10. Xiva xonligini boʻysundirgan Buxoro xonlarini aniqlang.
1) Amir Nasrullo; 2) Ubaydullaxon; 3) Elbarsxon; 4) Abdullaxon II; 5) Subhonqulixon; 6) Abdulazizxon
A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 6 D) 2, 4, 5
11. Qo’qon xonligida Norbo’tabiy(a), Buxoro xonligida Subxonqulixon(b) hukmronlgidan so’ng taxtga kelgan hukmdorlarni belgilang.
1. Erdonabiy. 2. Olimxon. 3. Abdulazizxon. 4. Ubaydullaxon II.
A) a - 2, b - 3 B) a - 1, b – 3 C) a - 1, b – 4 D) a - 2, b - 4
12. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida tarixiy asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi ?


“Tarixiy Rashidiy” ---------------------------------------------6-------------------7
-“Fathnomayi Sulton” ---------------------------4----------------5


“Axloqi Muhsiniy” ----------2----------------3

“Tarixi Muqimxoniy” -----------1




Muhammad Mirzo Muhammad Muhammad
Yusuf Sodiq Haydar Hakimxon
Munshiy Jondoriy

A) 3, 6 B) 2, 5 C) 4, 7 D) 1, 6


13. Rossiyada birinchi podsholik va birinchi imperatorlik tojini kiygan hukmdorlarni toping.
1) Ivan III; 2) Ivan IV; 3) Pyotr III; 4) Pyotr I; 5) Vasiliy III A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 3
14. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping.
1) "Uzoq muddatli parlament"; 2) protektor; 3) "Sharafli inqilob"; 4) Respublika; 5) "chartistlar harakati"; 6) "Buyuk ozodlik xartiyasi"; 7) imperiya A) 5, 6, 7 B) 1, 3, 7 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4
15. Koreyada hokimiyatni vaqtincha tevongun, ya’ni hokim hisoblangan Li Xa In boshqargan davrda amalga oshirilgan ishlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. (XIX asr)
1) oddiy kishilar to’laydigan harbiy soliq barcha qatlamlar uchun majburiy uy boshi solig’i bilan almashtirildi; 2) mamlakatda xristianlik dini joriy etildi; 3) aslzodalar va oddiy xalqni tenglashtirish maqsadida xalq uchun qora rangli oyoq kiyim
kiyishni taqiqladi; 4) XVI asrda yaponlar bosqini paytida yonib ketgan Kyonbokkun saroyi tiklandi; 5) “Qonunlarning buyuk to’plami” deb nomlangan hujjat qabul qilindi. A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5
16. Oydoʻstbiy (a) va Ernazarbiy (b) qoʻzgʻolonlari davrida Xiva xonlari kim edi ?
A) a-Muhammad Rahimxon; b-Muhammad Amin inoq B) a-Rahimqulixon; b-Feruz
C) a-Olloqulixon; b-Muhammad Amin inoq D) a-Olloqulixon; b-Muhammad Aminxon
17. Turkiston oʻlkasining paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlaridan boʻlgan yerlarni aniqlang.
A) Pastdargʻom, Jizzax, Sirdaryo B) Andijon, Namangan, Buxoro
C) Xorazm, Buxoro, Qoraqalpogʻiston D) Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo
18. Konstantin Petrovich fon Kaufman Turkiston general-gubernatorligini boshqargan yillar oralig‘ida Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan shaharlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
1. Jizzax; 2. Samarqand; 3. Xiva; 4.Namangan; 5. Xo‘jand; 6. Urgut; 7.Kattaqo‘rg‘on; 8. Kushka; 9. Andijon
A) 2, 3, 4, 6, 7, 9 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 5, 6, 7, 8, 9 D) 1, 3, 5, 7, 8, 9
19. Munavvarqori muharirligida «Xurshid» gazetasi chop etilgan yilda jahon tarixida sodir bo’lgan voqea(lar)ni toping ?
1) Antanta tashkil topdi; 2) tred-yunionlar partiyasi - Leyborislar nomini oldi; 3) Dunyo elektr bozori bo’lib olindi; 4) Rossiyada 1-inqilob sodir bo’ldi 5) Avstro-Vengriya Bosniya va Bolgariyani bosib oldi
A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2 D) 1, 3
20. XX asr boshida qaysi davlatni 3 qismga boʻlish haqida bitim tuzildi ?
A) Bangladesh B) Afgʻoniston C) Eron D) Turkiya
21. Tarixdan ma'lumki, 1914-yilda Yuan Shikay Prezident sifatida cheklanmagan hokimiyatga ega boʻldi. Keyinchalik mamlakatda qanday ishlar amalga oshirildi ?
1) Mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi; 2) Yuan Shikay 5 yil muddatga prezident etib saylandi; 3) Inqilob qoʻshini qurolsizlantirildi. 4) Respublika boshqaruv organlari tugatildi A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
22. XX asr boshlarida «ishchi aristokratiyasi» qaysi davlatda umumiy ishchilar sonining uchdan birini tashkil qilardi?
A) AQShda B) Fransiyada C) Buyuk Britaniyada D)Germaniyada
23. Quyida berilganlardan qaysilari Sharof Rashidov boshqaruvi bilan bog‘liq emas ?
1) Mirzacho‘l hududlarining o‘zlashtirilishi; 2) "Qayta qurish" siyosatining amalga oshirilishi; 3) "Farhod" GESining qurilishi;
4) 1966-yildagi zilziladan keyin Toshkentni qayta tiklash ishlari; 5) "O‘zbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi" qabul
qilinishi; 6) Toshkent metropolitenining qurilishi
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
24. Sovet tuzumining qatag’on qurboniga aylangan quyidagi vatandoshlarimizning egallagan lavozimlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Mannon Ramziy (Mannon Abdullayev); 2) Shamsutdin Badriddinov; 3) Sa’dulla Qosimov 4) Akmal Ikromov;
a) O’zbekiston SSR Maorif xalq komissari o’rinbosari; b) O‘zbekiston SSR XKS raisi c) O’zbekiston SSR Oliy Sudi raisi
d) O’zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari; e) O’zbekiston SSR Oliy Sudi prokurori.
A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-e, 3-a, 4-b C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-e, 3-c, 4-d
25. Quyidagi fizik olimlardan kimlar lazer-nurning mutlaqo yangi turini yaratganliklari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan ?
1) N.Basov; 2) D.Kilbi; 3) R.Noys; 4) A.Proxorov; 5) Ch.Tauns.
A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 4, 5
26. Yaponiya okkupatsiya qilinganidan keyin hokimiyat AQSh okkupatsion qo’shinlari shtabi ixtiyoriga o’tib, bu yerda demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar qanday maqsadlarni ko’zlagan edi?
1) Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; 2) Yaponiyada monarxiyani bekor qilish; 3) yaponlarda o’zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo’lgan jangavorlik ruhini sindirishni;
4) AQSh Yaponiya hududida og’ir sanoat avvalo metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalarini barpo etib, uning ichki bozorini to’lliq egallashini. A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3
27. Sovet ittifoqida Yerning birinchi sun`iy yo`ldoshi uchirilgan yili qaysi shartnoma imzolangan edi ?
A) Parij shartnomasi B) London shartnomasi C) Rim shartnomasi D) Tokio shartnomasi
28. O’zbekistonda islom olamida o‘chmas iz qoldirgan quyidagi allomalarni yubileyi keng nishonlangan yilni yoshi bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
I. Mahmud az-Zamaxshariy; II. Burhoniddin al-Marg‘inoniy; III. Abduxoliq G’ijduvoniy.
1) 2000-yil; 2) 1995-yil; 3) 2003-yil. a) 900 yilligi; b) 910 yilligi; c) 920 yilligi.
A) I. 2-a; II. 1-c; III. 3-b B) I. 1-b; II. 2-a; III. 3-c C) I. 2-c; II. 1-b; III. 3-a D) I. 1-b; II. 2-c; III. 3-a
29. M Kaddafiy hukumati qaysi davlatda faoliyat ko`rsatgan edi ?
A) Liviya B) Livan C) Jazoir D) Marokash
30. Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat) bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping. (XVI asr bilan bog‘liq)

A) Falastin va Suriyani bosib oldi B) Safaviylar davlati tashkil topdi C) Surlar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi


D) "Haq ish uchun" xalq partizan guruhlari tuzildi



Download 21,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish