18 variant
1.Salavka davlatining tarkibiga kirgan davlatlar nomini belgilang.
A) Mesopotamiya, Hindiston, Eron, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona
B) Hindiston, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm
C) Makedoniya, Hindiston, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm
D) Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona
2. Yunon-makedon istilolaridan keyin O‘rta Osiyodagi qaysi davlatda yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaldi ? A) Parfiyada B) Baqtriyada C) So`g`diyonada D) Marg‘iyonada
3. Qadimgi Xorazm aholisi kimlar bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan ?
A) So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari
B) So‘g‘diyona, Marg‘iyona va saklar hamda dasht ko‘chmanchilari
C) Marg‘iyona, Baqtriya, Eron va dasht ko‘chmanchilari
D) Marg‘iyona, Baqtriya, Parfiya va dasht ko‘chmanchilari
4. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazm madaniyatida qanday o’zgarishlar ro’y bergan?
A) O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan B) oltin va bronzadan tangalar zarb etilgan
C) kumush va mis tangalar zarb qilingan D) O`rta Osiyodagi eng yirik savdo markaziga aylangan
5. Qadimgi dunyo tarixiga oid temir pichoq nechanchi asrga oid ?
A) Mil. avv. VI –V asrlar B) Mil. avv. VII –VI asrlar C) Mil. avv. VIII –VII asrlar D) Mil. avv. IV –III asrlar
6. Ushbu rasmdagi me`moriy inshoot qayerda barpo etilgan ?
A) Urda B) Lagashda C) Urukda D) Umma
7. Ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo‘yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli bu...
A) davlat B) qabilalar ittifoqi C) hududiy qo`shnichilik jamasi D) harbiy demokratiya
8. Buyuk Ipak yo‘lining yo’nalishini to’g’ri belgilang.
A) Himolay tog` yonbag`irlaridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan.
B) Sharqiy Turkistondan boshlanib, O‘rta Osiyo,Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan
C) Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan
D) Xitoydan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali Qora dengizi sohillariga borgan
9. Sezar Rim davlati imperatori va diktatori bo`lishiga qaysi omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi?
A) Pompey qo‘shinlari Ispaniyada ekanligi B) Senatning qo`llab quvatlashi
C) Do`sti Brutning qo`llab quvatlashi D) Rim aholisining qo‘llab-quvatlashi
10. Marafon jangiga shaylangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari qanday qurollar bilan quollanganlar ?
A) kamon, nayza va jangavor bolta B) qilich, o‘q-yoylar va xanjar
C) nayza, xanjar va o‘q-yoylar D) jangovar arava va o‘q-yoylar
11. Uch yuz spartaliklar qachon va qaysi jangda jasorat ko`rsatadilar ?
A) Mil. avv. 490-yilda Marafon B) Mil. avv. 480-yilda Fermopil
C) Mil. avv. 479-yilda Plateya D) Mil. avv. 480-yilda Salamin
12. Fors shohi dastlab Marafon jangidan oldin qayerlarni bosib olgan ?
A) Sparta B) Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini C) Afina va Fermopil D) Miken
13. Rim imperiyasining sharqiy qismiga qaysi hududlar kirgan?
A) Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr B) Italiya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar
C) Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Makedoniya D) Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Suriya
14. Quyidagi tarixiy atamalarni javoblari bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.
1. terma 2.grammatika 3. Ritorika a) o’rta maktab b) hammom c) chiroyli so’zlash san’ati
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
15. Milodiy III asrda Rimliklar “varvarlar” deb laqab berishgan jangovar qabilalar imperiya chegaralarining qaysi tarafidan paydo bo‘ldilar ? A) shimoliy-sharqiy B) shimoli-g‘arbiy C) janubdan D) janubi sharqdan
16. Yunonlar nima maqsadda sportni rivojlantirish va yoshlarni Olimpiya o‘yinlariga qiziqishga katta e’tibor qaratganlar ?
A) faol fuqarolar va davlat himoyachilarini tarbiyalash uchun B) jangchilarni tarbiyalash
C) qaddi-qomatining tik bo’lishi D) baquvvat bo’lishi uchun
17. Yunonistonda mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda necha yoshgacha bo’lgan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan ? A) 20 B) 30 C) 18 D) 25
18. Old Osiyoda tashkil topgan davlatlarning hozirgi o`rnini aniqlang.
1. Ossuriya 2. Xettlar 3. Mitanni podsholigi 4.Urartu 5. Isroil va Yahudiy 6. Finikiya
a) Iroq b) Suriya c) Turkiya d) Turkiya sharqiy qismida va Armaniston e) Livan hududida va Suriyaning bir qismida f) Falastin
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d, 5-f, 6-e B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-f, 6-e C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-f, 5-d, 6-e D) 1-e, 2-c, 3-b, 4-d, 5-f, 6-a
19. Ushbu suratda qaysi shahar ko’chasi tasvirlangan ?
A) Persepol B) Rim C) Bobil D) Moxenjadaro
20. Olimpiya o‘yinlari musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchiga qanday mukofot berilgan ?
A) “Beshyuzlar kengashining” faxriy a`zosi B) Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirish
C) muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlangan D) Barcha soliqlardan ozod etilgan.
21. Sezar Rim taxtini egallagandan 20 yil o’tib…
A) Yunoniston qirg’og’i yaqinida Oktavian va Mark Antoniy flotlari o’rtasida jang bo’lib o’tdi
B) Mark Antoniy halok bo’ldi va Oktavian butun Rimning hukmdoriga aylandi
C) Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi.
D) Sezar Senat yig’ilishga borganida fitna oqibatida o’ldirildi
22. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, mug’anniylar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan ? A) Qalaliqir B) Qo’yqirilganqal’a C) Tuproqqal’a D) Ko’zaliqir
23. Quydagi jadvalni mos variantlar bilan to’ldiring.
Tarixiy davr
|
Tarixiy makon
|
Tarixiy voqea
|
Bronza davri
|
A
|
Ilk shahar alomati
|
B
|
Zarautsoy
|
C
|
D
|
E
|
Diniy tasavvur
|
1.Teshiktosh 2.qoyatosh rasmlar 3. Jarqo’ton 4. Mezolit 5. Paleolit 6. mis ixtiro qilindi 7. Obishir 8. harbiy demokratiya
A) a-1, b-5, c-6, d-4, e-3 B) a-3, b-4, c-2, d-5, e-1 C) a-5, b-7, c-6, d-1, e-8 D) a-1, b-4, c-8, d-7, e-4
24. Quyidagi shaharlarning qaysilari davlat poytaxti bo’lganligini to’g’ri belgilang ?
1. Ershi 2. Suza 3. Tushpa 4. Bityan a) Elam b) Dovon c) Qang’ d) Urartu
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
25. VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan qanday yangi davlat vujudga
kelgan ? A) Eftaliylar B) Kidariylar C) Xioniylar D) Turk xoqonligi
26. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan ?
A) fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etish
B) dehqonlar ustidan nazorat qilish
C) jamiyat va davlat hayotining barcha muhim masalalarini hal qilganlar
D) bozorlarni nazorat qilish va mamlakatdagi fuqarolar kayfiyatini o’rganish va bu borada xoqonga xabar berish
27. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni qayerlarda tarqalgan ?
A) Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm B) Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shosh
C) Marv, Balx va Bog`dod D) Barcha javoblar to’g’ri
28. Javoblar orasidan noto’g’risini toping ?
A) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining rahbari Hoshim ibn Hakim ismli savdogar bo‘lgan.
B) Hoshim ibn Hakim boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan.
C) Muqanna Xurosonda kichik lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
D) Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilib, Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi
29. Somoniylar davrida O’rta Osiyodagi shaharlar qanday mahsulotlar yetkazishda mashhur bo’lgan?
a.ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari b.yuqori navli qog‘oz c.qayiqsozlik d.kumush va qo‘rg‘oshin konlari
1. Samarqandda 2. Shosh 3. Eloq 4. Xorazmda
A) 1a, 2b, 3d, 4c B) 1b, 2d, 3a, 4c C) 1b, 2a, 3c, 4d D) 1b, 2a, 3d, 4c
30. G`arbiy turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hududlarni aniqlang ?
A) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari B) Janubiy Sibir, Urxun havzasi, Shimoliy Xitoy
C) Janubiy Sibir, Yettisuv, va Sharqiy O`zbekiston D) Shimoliy Xitoy, Sharqiy Turkiston, Hozirgi O`zbekiston hududlari
Do'stlaringiz bilan baham: |