22 variant
1.Quyidagilardan qaysi biri Manjuriya va Koreya o’rtasidagi 1637-yilgi yangi shartnomaga muvofiq emas ?
A) Koreya Yaoponiyaning yordamidan va ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi
B) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi C) har yili o‘lpon to‘lab turish
D) Koreys hukumati minlar sulolasi bilan har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manjurlarga Xitoyga qarshi urushda yordam berish
2. Qachon SSSRda iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sotsialistik industrlashtirishga o‘tish ommaviy tarzda e’lon qilingan ?
A) 1925-yil dekabrda B) 1925-yil mayda C) 1927-yil iyunda D) 1927-yil aprelda
3. Quyidagi shaxslarni unvonlari bilan moslashtiring
1
|
Mang’itlar
|
A
|
Musulmonlar amiri
|
2
|
Umarxon
|
B
|
Amir ul-umaro
|
3
|
Ibrohimbiy kenagas
|
C
|
Amir al-muslimin
|
A) 1-a, 2-b, 3-c, B) 1-c, 2-b, 3-a, C) 1-a, 2-c, 3-b, D) 1-b, 2-c, 3-a,
4. XIX asrning 60-yillarida Napоlеоn III ning mavqеyiga putur yеtdi. Buning asоsiy sabablaridan biri nima edi ?
A) Ispaniya taхti uchun kurashda Napоlеоn III ning chеkinishi
B) Elzas va Lоtarеngiya kоnlarining Gеrmaniya tamоnidan tоrtib оlinishi
C) Angliyadan mоliyaviy jihatdan katta miqdоrda qarz оlishi
D) Fransiyaning o’z qo’shnilari Angliya va Gеrmaniyadan tоbоra оrqada qоlayotganligi
5. Buxoro amirligida Kichik inoq lavozimiga tayinlangan amaldorning asosiy vazifalari nima bo’lgan ?
1) amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish 2) chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan 3) buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan 4) Amir muhri uchun javobgar bo‘lgan
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
6. “Sho’roi Ulamo” tomonidan qanday jurnallari nashr qilingan ?
A) ”Ulug’ Turkiston” , “Uchqun” B) “Oyna”, “Hurriyat” C) “Al-Izoh” va “Al-Isloh” D) “Turon”, “Farg’ona sahifasi”
7. Qachon BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin bo‘yicha rezolutsiya qabul qildi ?
A) 1947-yili B) 1945-yili C) 1949-yili D) 1946-yili
8. 305-yildan boshlab, Xorazmning Afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarning old tarafiga …. surati, orqasiga …. surati tushirilgan. A) sulola ramzi va shoh B) shoh va suvoriy C) burgut va lochin D) bo’ri va bars
9. Sho’rabashat, Uchqo’rg’on singari shaharlari bo’lgan davlat hududida joylashgan ilk o’rta asrlar viloyati hukmdorlari qanday atalgan ? A) Ixshid B) Tudun C) Dehqon D) Tegin
10. Qaysi Shayboniy hukmdorlar poytaxtni ko’chirganlar ?
A) Abulxayrxon, Ubaydullaxon I B) Abulxayrxon, Ko’chkinchixon, Suyunchixo’ja
C) Shayboniyxon, Abu Said D) Jonibek Sulton, Mahmud Sulton
11. Quyidagi rasmda tasvirlangan yozuvchi qalamiga mansub asarni aniqlang.
A) “Matto bayon etgan buyuk musibat” B) “Gulliverning sayohatlari» C) “Faust” D) “Robinzon Kruzo”
12. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo’mitasi qachon ta’sis etildi ?
A) 1994-yil B) 1997-yil C) 1999-yil D) 1992-yil
13. Mamlakatimiz parlamenti bosib olgan yo’lning uchinchi davri qachondan boshlanadi ?
A) 2000-yil B) 1995-yil C) 2005-yil D) 2002-yil
14. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan keyin yakunlandi ?
A) Samarqandning egallanishi va Qo'qon xonligining tugatilishi bilan
B) Xo'jandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan
C) Qo'qon xonligining tugatilishi va Xo'jandning egallanishi bilan
D) Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan
15. Qachon Rossiya-Buxoro amrligi o'rtasida Buxoro amirligida o'z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnoma imzolangan ? A) 1873-yil B) 1896-yil C) 1875-yil D) 1879-yil
16. Rossiya imperiyasi istilolari davrida qaysi yili qadimda Politimet deb atalgan daryo nomi bilan ataluvchi ma’muriy hududiy birlik tuzildi ? A) 1864-1866-yillar B) 1876-yil C) 1873-yil D) 1868-yil
17. XIX asr oxiri – XX asr boshida quyidagi qaysi yozuvchi o‘z asarida “oq tanli kishi” boshqalardan ustun bo‘lib, “rangdor” xalqlar orasiga madaniyat olib kirishga tayyor turadi, degan aqidani ilgari surgan?
A) R.Kipling B) G.Bicher-Stou C) Z.Freyd D) Bernard Shou
18. Rossiyada qabul qlingan 1861-yil 19-fevraldagi «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq kelmaydigan ma’lumotni toping.
A) Dehqon endi pomeshikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzish huquiga ega bo’ldi
B) Qonunga ko‘ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan qaram bo’lib qolaverdilar
C) Dehqon ko‘chmas mulk sotib olish va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi
D) Bundan buyon dehqonlarni sotib olish, sotish yoki boshqa birovga hadya qilish taqiqlandi
19. Quyidagi ma’lumotlarni davlatlarga moslang. XVI-XVIII asrlarda Koreyada (a) Yaponiyada (b) 1) Kobuki teatri juda ommalashdi 2) dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi 3) ”Yuz moddali farmon” e’lon qilindi 4) ”Qonunlarning buyuk to’plami” deb nomlangan hujjat qabul qilindi 5) guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi
6) bizdagi baxshilik san’atiga o‘xshash qo‘shiqchilik keng tarqaldi. Bu bilan xalq og‘zaki ijodi adabiyot maqomini oldi va yozma adabiyot sifatida ham davom ettirildi 7) Poeziyaning eng keng tarqalgan janri qofiyalashmagan besh qatorli lirik she’rlar bo‘lib, ular «Tomchi suvda ummonni ko‘rish kerak» degan badiiy tamoyil asosida yozilgan
A) a-2, 4, 5, 6 b-1, 3, 7 B) a-2, 3, 5, 6 b-1, 4, 7 C) a-1, 4, 5, 6 b-2, 3, 7 D) a-1, 3, 7 b-2, 4, 5, 6
20. Hindiston va Pokiston davlatlari tashkil topgan vaqtda ularni birinchi rahbarlari kimlar edi ?
A) Hindistonda Maxatma Gandi, Pokistonda Ayubxon B) Hindistonda J.Neru, Pokistonda Liikat Alixon
C) Hindistonda M.Gandi, Pokistonda Liikat Alixon D) Hindistonda J,Neru, Pokistonda Ayubxon
21. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan xronologik xatolikka ega ma’lumotni toping.
A) Yirik feodal davlatlarga o’tish o’rta asrlar tarixining V-XI asrlar o’rtalariga qadar bo’lgan davrida bo’lib o’tgan
B) Xalqlarning buyuk ko‘chishlari Milodiy IV-VI asrlarda bo’lib o’tgan
C) XI asrda Xitoyda, XV asr o‘rtalarida Yevropada kitob bosish dastgohlari kashf etildi
D) Milodiy V asrdan ikki dalali almashlab ekish boshlangan
22. Lotin Amerikasining Qaysi davlatlari bir yilda mustaqillikka erishgan ?
A) Brazilya,Boliviya B) Chili, Boliviya C) Agrentina,Yuqori Peru D) Venesuela, Paragvay
23. Birinchi jahon urushidan so’ng Eronda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida shoh qaysi davlat bilan hamkorlikni
kuchaytirdi ? A) SSSR B) Italiya C) AQSh D) Germaniya
24. Xorazm shaharsozligi boshlangan asrda…
A) Sidharta Gautama yashab o’tgan B) Yunon-Fors urushlari boshlandi
C) Solon islohot o’tkazdi D) Misr yana yagona davlatga birlashdi
25. Qadimgi dunyo ilohlaridan shahar homiylari bo’lganlarini belgilang.
A) Yupiter, Ra, Ptax B) Neptun, Amon-Ra, Indra, Ishtar
C) Osiris, Afina-Pallada, Amon D) Yupiter, Amon, Ptax, Afina-Pallada
26. Hozirgi kunda o’lim jazosini qo’llash bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan davlatni toping.
A) Xitoy B) Italiya C) Eron D) AQSh
27. Qadimgi dunyo tarixi tugagan yildan 20 yil oldin(a) va 10 yil keyin (b) bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.
A) Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o’rtasida to’qnashuv bo’lib o’tdi, Eftallarga qarshi bo’lgan urushda Sosoniylar hukmdori Peroz halok bo’ldi
B) Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi, Sosoniylar va Turk xoqonligi Eftallarga hujum boshladilar
C) Yustinian I vafot etdi, Buxoroda Abruy qo’zg’aloni boshlandi
D) Eftallar Xitoyga elchi jo’natdi, Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi
28. Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga qachon a’zo bo’lgan ?
A) 1999-yil B) 2003-yil C) 2000-yil D) 2001-yil
29. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlarni to‘ldiring.
Shaxs
|
Voqea
|
Sana
|
A
|
45 yil davomida
hukmronlik qilgan edi
|
1558-1603
|
Lyudovik XVI
|
B
|
1789
|
Yakov II
|
Taxtdan mahrum qilindi
|
C
|
1) Mariya 2) Yelizaveta I 3) Georg I 4) General shtatlarni tarqatib yubordi 5) uchinchi tabaqa isyonini
bostirdi 6) General shtatlarni chaqirtirdi 7) 1685-yil 8) 1688-yil
A) a-3, b-4, c-7 B) a-2, b-6, c-8 C) a-1, b-6, c-8 D) a-2, b-5, c-8
30. Qadimda Mitanni deb atalgan davlatda 1970-yil Prizdentlikka saylanib 30 yil davomida hukumumatni boshqargan shaxs kim ?
A) Saddam Husayn B) Hafiz Asad C) Oyotullo Humayniy D) Bashar Asad
Do'stlaringiz bilan baham: |