20 variant
1. Filipp IV davrida kim papalikka saylangan ?
A) o‘zining ustozi B) Fransiya arxiyepiskopi C) ruhoniylar jamiyati vakili D) Avinon gersogi
2. Italiya Albaniyani protektoratga aylantirgan yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
1) fiziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Bamting ko‘plab tajribalar davomida o‘t pufagi garmoni bo‘lgan insulinni olishga muvaffaq bo‘ldilar; 2) Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi boshlandi: 3) «Jaz kuychisi» filmini mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishdi; 4) Buyuk Britaniyaning mashhur radio-korporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi; 5) Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o‘zgarishlarga qonuniy tus bergan so‘nggi yirik shartnoma imzolandi; 6) Britaniyalik olim Aleksandr Fleming o‘z labaratoriyasida bir qancha vaqtdan beri to‘planib qolgan idishlarni yig‘ishtirayotib, ulardan biridagi mog‘orga ko‘zi tushdi. A) 3 va 4 B) 5 va 6 C) 1 va 2 D) 1 va 4
3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi barcha savdo aloqalari qaysi hudud orqali o‘tganini aniqlang ? A) Xiva xonligi B) Qo‘qon xonligi C) Buxoro amirligi D) No‘g‘ay xonligi
4. Muruntov oltin koni dastlabki sof quyma oltin (999,9 probali) tayyorlagan yilni aniqlang.
A) 1961-y. B) 1962-y. C) 1963-y. D) 1964-y.
5. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Y.Yakubovskiylar Amir Temurning qaysi g‘alabasini munosib e’tirof etishgan?
A) Misr sultoni Barquq ustidan g‘alaba B) Turk sultoni Boyazid ustidan g‘alaba
C) Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamish ustidan g‘alaba D) Dehli sultoni Mahmud ustidan g‘alaba
6. O‘rta asrlarda Buxoro aholisi turli sabablarga ko‘ra qaysi yillarda qo‘zg‘olon ko‘targanini aniqlang.
1) 720-yil. 2) 1238-yil. 3) 961-yil. 4) 1212-yil. 5) 585-586-yy. 6) 750-yil.
A) 2,3,5,6 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5,6 D) 1,3,4,5
7. 18 yoshli eronlik bo‘lgan Ali Sonboli ....
A) 2017-yilda Nyurenberg shahridagi tonnelni portlatdi va 8 kishi o‘ldi
B) 2015-yilda Bavariya shahridadagi savdo kompleksiga hujum qildi
C) 2016-yilda Myunxen shahrida qilgan otishmasi natijasida 9 kishi o‘ldi
D) 2015-yilda Oberhauzen shahridagi maktab o‘quvchilarini o‘qqa tutdi
8. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiyalashning uchta variantini ko‘rsating.
1) ijtimoiy adolat; 2) liberalizm; 3) inqilobiy; 4) islohotchilik; 5) neokonservativ.
A) 1,2,3 B) 3,4,5 C) 2,3,4 D) 1,3,4
9. Quyidagi nomlar bilan shuhrat topgan allomalar nomini mos tartibda belgilang.
a) «Buxoro shoirlari tatxida sulton»; b) «Abulma’oniy» («Ma’nolar otasi»). 1) Turdi Farog‘iy; 2) Mirzo Abdulqodir;
3) Muhammadniyoz Nishotiy; 4) Sayido Nasafiy. A) a – 3; b – 2 B) a – 4; b – 3 C) a – 1; b – 3 D) a – 4; b – 2
10. Mamlakatimizda maxsus islom bilim yurti soni nechtani tashkil etadi ? A) 12 ta B) 7 ta C) 15 ta D) 9 ta
11. Damin Kulol (a) va Chibil bo‘lisi (b) qaysi qo‘zg‘olonda ishtirok etishganini toping.
1) «Vabo isyoni»; 2) Po‘latxon qo‘zg‘oloni; 3) Jizzax qo‘zg‘oloni; 4) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.
A) a – 2; b – 1 B) a – 3; b – 4 C) a – 1; b – 2 D) a – 4; b – 3
12. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlatga tegishli bo‘lgan ma’lumotni belgilang.
A) XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida «talash» mamalakat edi
B) 1876-yilda xalq qo‘zg‘oloni boshlandi C) Hokimiyat 3 kishidan iborat «Uchlik» qo‘liga o‘tdi
D) 1905-1911-yillarda inqilob bo‘lib o‘tdi
13. Rossiyaning qaysi urushdagi mag‘lubiyati O‘rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik ahamiyati qanchalik ekanligini ko‘rsatdi ? A) Shimoliy urush B) Qrim urushi C) Poltava urushi D) Oqmachit urushi
14. XII asrda qaysi hududlarda tariqatlar paydo bo‘lganini aniqlang ?
A) Iroq va Turkiston B) Turkiston va Xorazm C) Xorazm va Buxoro D) Buxoro va Turkiston
15. Qadimgi rimda fol ochish bilan shug‘ulangan kohinlar qanday nomlanganini aniqlang.
A) pontifiklar B) avgurlar C) shudralar D) vestalkalar
16. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
Hukmdor
|
Hukmronligi o‘rnatilgan asr
|
Hukmdor bilan bog‘liq
voqea
|
Angliya qirolichasi
Yelizaveta I
|
A
|
Mamlakatda reformatsiya
o‘z nihoyasiga yetdi
|
B
|
XVI
|
Eron shohi Taxmasp I
saroyidan panoh topdi
|
Koreya hukmdori
Li Sze Xvan
|
C
|
D
|
Ma’lumotlar: 1) XVI asr; 2) XVII asr; 3) Humoyun; 4) Avrangzeb Olamgir; 5) XIX asr; 6) XVIII asr; 7) Qirol Kojon nomi bilan taxtga o‘tirdi; 8) Hokimiyatga qarshi qaratilgan Xon Gyon Ne boshchiligidagi qurolli qo‘zg‘olon bostirildi.
A) a-2; b-4; c-5; d-8 B) a-1; b-3; c-5; d-7 C) a-1; b-3; c-6; d-8 D) a-2; b-3; c-5; d-7
17. Saylovlarda Jorj Vashington AQSHning birinchi Prezidenti etib saylangan yilda quyidagi voqealardan qaysi biri bo‘lib o‘tgan?
A) Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi B) Koreyada «Qonunlarning buyuk to‘plami» tuzildi
C) Ta’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani qabul qildi D) Napaleon Bonapart Misrga yurish qildi
18. Katolik cherkovi (a) va inkvizitsiya (b) qaysi Rim papalarining davrida yuqori cho‘qqiga chiqqan ?
1) Grigoriy IX; 2) Aleksey I; 3) Innokentiy III; 4) Silvestr III.
A) a – 3; b – 1 B) a – 4; b – 2 C) a – 2; b – 4 D) a – 1; b – 3
19. Birlashgan Millatlar Tashkiloti har yilning 16-noyabr sanasini qanday kun deb e’lon qilgan.
A) «Xalqaro ona tili kuni» B) «Xalqaro musiqa va san’at kuni»
C) «Xalqaro elchilik aloqalari» D) «Xalqaro bag‘rikenglik kuni»
20. Quyidagi inshootlar Buxoroda hukmronlik qilgan qaysi sulolalar davrida barpo qilingan?
1. Sitorai Mohi Xosa; 2. Qulbobo Ko‘kaldosh madrasasi; 3. Samarqand Registon ansambli.
a) shayboniylar; b) mang‘itlar; c) ashtarxoniylar.
A) a – 3; b – 2; c – 1 B) a – 2; b – 1; c – 3 C) a – 3; b – 1; c – 2 D) a – 1; b – 2; c – 3
21. Qaysi davlatlar vositachiligida XKP va Gomindan o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, dushmanlik harakatlari to‘xtatildi ?
A) AQSh va SSSR B) AQSh va Yaponiya C) AQSh va Buyuk Britaniya D) SSSR va Buyuk Britaniya
22. O‘zbekiston SSRda tashkil etilgan quyidagi tashkilotlarning tashkil topishini ketma-ketlik tartibida belgilang.
1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari; 2. O‘zbekiston komsomoli; 3. O‘zbekiston kompartiyasi.
A) 3, 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 1 D) 3, 2, 1
23. Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang.
1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter.
A) 1, 4, 2, 3 B) 4, 1, 2, 3 C) 1, 4, 3, 2 D) 4, 1, 3, 2
24. Birinchi jahon urushi tarixi bilan bog‘liq quyidagilardan qaysilari Buyuk Britaniya nomi bilan bog‘liq ?
1) Xlor; 2) Luzitaniya; 3) Tank; 4) Ognemyot.
A) 2 va 3 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 1 va 3
25. Rasmda tasvirlangan venetsiyalik sayyoh bilan bir davrda yashagan shaxslar juftligi qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan ?
A) Robin Gud va Chingizxon B) Ioann Guttenberg va Narshaxiy
C) Rojer Bekon va Juvayniy D) Xubilay va Qutbiddin Muhammad
26. Eng qadimgi odamlar rivojining ilk bosqichlarida qaysi hududlarda ma’lum bir qiyofadagi insoniyatning suyaklari topilgan.
1) Indoneziya; 2) Kolumbiya; 3) Germaniya; 4) Sharqiy Afrika; 5) Janubiy Tirol; 6) Angliya; 7) Xitoy; 8) Egyp; 9) Janubiy Afrika; 10) Fransiya. A) 1, 2, 3, 4, 9, 10 B) 1, 3, 4, 7, 9, 10 C) 1, 2, 3, 6, 8, 9 D) 1, 3, 5, 7, 8, 10
27. O‘zbek palovi YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan yilni belgilang.
A) 2016-y. B) 2018-y. C) 2015-y. D) 2017-y.
28. Turkiston harbiy okrugi va Turkiston komiteti tuzilgan yillarga aniqlik kiriting.
A) 1867-1917-yillar B) 1865-1917-yillar C) 1867-1918-yillar D) 1865-1918-yillar
29. Quyidagi hukmdorlar faoliyatini ketma-ketlik tartibida belgilang.
1) Xammurapi; 2) Sargon I; 3) Menes. A) 3, 2, 1 B) 2, 3, 1 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 2
30. 1910-yilda Buxoro amirligida ...
1. Birinchi jadid maktabi ochildi; 2. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida faoliyat ko‘rsata boshladilar; 3. «Bolalar jamiyati» tashkil topdi; 4. Rus qishloqlari vujudga keldi; 5. Dastlabki temiryo‘l o‘tkazildi.
A) 2 va 3 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 4 va 5
Do'stlaringiz bilan baham: |