16 variant
1. O’rta asrlarda qaysi davlatda davrlar o‘tishi bilan qullar qaram dehqonlarga aylanib borgan. Ularning avlodlari esa kichik yer-mulkning erkin egalariga aylanib, davlatga faqat soliq to‘laganlar, xolos.
A) Mayya B) Songai C) Mali D) Gana
2. Qaysi Xiva xoni 1859-yilda Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish
huquqini beradi ? A) Olloqulixon B) Muhammad Aminxon C) Said Muhammadxon D) Muhammad Rahimxon II
3. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga koʻra joylashtiring.
1) Maykop qoʻrgʻoni 2) Obishir manzilgohi 3) Kapova gʻori 4) Teshiktosh gʻori 5) Selungur gʻori 6) Sopollitepa manzilgohi.
A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 4, 5, 2, 3, 6, 1 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 5, 4, 3, 2, 6, 1
4. Qaysi Lotin Amerikasi davlati poytaxtida piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga asos solindi ?
A) Braziliya B) Meksika C) Kuba D) Argentina
5. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos keluvchi ma'lumotlarni qo`ying
Asr
|
O’zbekiston tarixidagi voqea
|
Jahon tarixidagi voqea
|
A
|
G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi
hal qiluvchi jang bo’ldi.
|
Germaniyada
katolik cherkovini
isloh qilish maqsadida
Reformatsiya boshlandi
|
XVII
|
B
|
C
|
XVIII
|
Buxoro xonligi va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarda
yangi davr boshlandi
|
D
|
1) XV asr; 2) XVI asr; 3) Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi; 4) Asfandiyor Eron shohi Abbos I yordamida Xiva taxtini egalladi; 5) Yevropada savdo va tadbirkorlikning markazi bo`lgan shaharlarning o`sishi davom etdi; 6) Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi; 7) Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlandi; 8) Yevropa davlatlari tomonidan Afrikaning shimoli va janubi o`rtasidagi hudud (Tropik Afrika) bosib olindi.
A) a-1, b-4, c-5, d-8 B) a-2, b-3, c-6, d-7 C) a-1, b-5, c-7, d-8 D) a-2, b-7, c-8, d-3
6. Angliyada birinchi parlament islohoti o’tkazilgan yili Qo’qon xonligi tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.
A) Buxoro amiri Nasrullo tomonidan Qo’qon xoni Muhammad Alixon qatl etildi
B) Toshkentdan chaqirilgan qo’shin yordamida “Qipchoqlar qirg’ini” uyushtirildi
C) Pekinda Xitoy-Qo’qon shartnomasi imzolandi
D) Xitoy hukumati Qo’qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi
7. Meydzi islohotlari davrida Yaponiyaga qaysi davlatdan harbiy mutaxassislar taklif etilgan?
A) Angliya B) Germaniya C) Fransiya D) Italiya
8. Qadimgi Yunonistonda Apollonga biriktirilgan vazifaga kirmaydigan javobni aniqlang
A) go’zallik B) she’riyat C) musiqa D) yorug’lik
9. Quyida tasvirlangan tarixiy shaxs haqidagi tog'ri ma’lumotni aniqlang.
A) janubiy jamiyatning rahbari.
B) tayyorlagan konstitutsiya loyihasi rossiyani Rossiyani monarxiya deb e’lon qilishni ko’zda tutardi.
C) u yaratgan konstitutsiya loyihasi “Rus haqiqati” deb ataladi.
D) u yaratgan konstitutsiya loyihasi Rossiyada respublika idora usulini joriy etishni ko’zda tutgan.
10. “Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda ………. dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xotin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi A) 2500 B) 2400 C) 2300 D) 3000
11. 2007-yil yurtimizda qanday yil deb atalgan ?
A) “Homiylar va shifokorlar yili” B) “Yoshlar yili” C) “Qishloq taraqqiyoti va forovonligi yili” D) “Ijtimoiy himoya yili”
12. Quyidagi O’rta Osiyolik allomalarni atalishiga ko’ra to’g’ri muvofiqlashtiring.
1. Marginoniy 2. Zamaxshariy 3. Platon 4. Yug’nakiy 5. Moturudiy
a) ”Allohning qo’shnisi’’ b) ”Ustodi avval’’
c) “Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi” d) “Adab muallimi” e) ”Hidoyat yo’lining sarboni’’
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e B) 1-e, 2-a, 3-b, 4-c, 5-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e D) 1-e, 2-a, 3-b, 4-d, 5-c
13. XIX asrda Fransiya va Buyuk Britaniyaning o’zaro raqobatidan foydalanib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan davlat qaysi edi ?
A) Sudan B) Liberiya C) Marokash D) Efiopiya
14. Quyidagilardan “Mayl End” dasturidagi qonunlarga kirmagan shartni toping
A) erkin savdoga ruxsat berish B) yer solig’ini kamaytirish C) cherkov yerlarini musodara qilish
D) dehqonlarning qaramligini bekor qilish
15. Xaritada yulduzcha bilan ko`rsatilgan hudud haqida to’g’ri ma’lumotni toping.
A) 1822-yilda mustaqillikka erishgan davlatni mustamlakaga aylantirgan edi
B) 1821-yilda mustaqillikka erishgan davlatni mustamlakaga aylantirgan edi
C) 1912-yilda Liviyani egallagan
D) Buyuk geografik kashfiyotlarni boshlab berishgan
16. Shatra viloyatining hukmdorini mag’lubiyatga uchratgan Jaloliddin Manguberdiga Shatra hukmdorining qancha jangchilari taslim bo‘ladilar va uning tomoniga o‘tadilar ?
A) mingta otliq va besh mingta yaxshi qurollangan B) ikki mingta otliq va o’n mingta yaxshi qurollangan
C) besh mingta otliq va mingta yaxshi qurollangan D) o’n mingta otliq va o’ttiz mingta yaxshi qurollangan
17. Quyidagilar sodir bo’lgan joyini aniqlang Bu to'ntarish tarixda “xalq inqilobi” nomini oldi (a), “Tarbiyayi atfol” jamiyati tashkil qilindi
A) a-Turkiston Muxtoriyati, b-Buxoro B) a-Buxoro, b-Xiva C) a-Turkiston Muxtoriyati, b-Xiva D) a-Xiva, b-Buxoro
18. Quyida tasvirlangan me’moriy inshoot haqidagi to'g'ri ta'rifni aniqlang
A) Xlodvigning Tuluzadagi saroyi B) Avliyo Sofiya ibodatxonasi
C) Fransiyadagi Puate ibodatxonasi D) Germaniyadagi Laax monastri
19. Vesrminster statuti (nizomi) qachon va qaysi davlatda qabul qilindi ?
A) 1932-yil Buyuk Britaniyada B) 1931-yil Buyuk Britaniyada C) 1931-yil Fransiyada D) 1931-yil AQSHda
20. Yurtimizda qachon Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochilgan ? A) 1996-yil B) 1995-yil C) 1994-yil D) 1997-yil
21. 1386–1405-yillar mobaynida Amir Temur va qaysi davlat sultonlari, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi ? A) Turkiya B) Eron C) Iroq D) Misr
22. "Shamol shahri" degan ma'no anglatuvchi shahar haqidagi to'g'ri ma'lumotni toping.
A) Shahar nomi "andoq" kabi urug' atamasi bilan bog'liq
B) "Boburnoma"da bu shaharning "donayi kalon" va "subhoniy" o'rigi maqtalgan
C) Tarixiy manbalarda shahar haqidagi ma'lumotlar X asrdan boshlab uchraydi
D) Bu shahar XVlll asrda Qo'qon xonligi hududiga kirgan
23. Quyidagi tarixiy shaxslarni ishtirok etgan qo’zg’aloni bilan tog’ri muvofiqlashtiring
1) Mirkarimboy 2) Damin kulol 3) Yetimxon qo’zg`oloni 4) Ziyovuddin maxsum 5) Vose a) Andijon qo’zg’aloni b) Jizzax qo’zg’aloni c) Baljuvon d) Mingtepa e) Xo’jand va O’ratepa
A) 1-b, 2-e, 3-d, 4-a, 5-c B) 1-e, 2-b, 3-d, 4-a, 5-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e D) 1-e, 2-b, 3-d, 4-c, 5-a
24. Daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni unchalik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida ko‘plab qal’alar – burglar barpo ettirgan, kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmaydigan kemalarni yasattirgan qirolning hukmronlik yillarini aniqlang. A) 920-935 B) 871-900 C) 768-814 D) 936-973
25. Kimning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning o‘z yerlarini tortib olganligi shikoyatini Xuroson noibiga yetkazganlar ? A) Ibn Arabshoh B) Narshaxiy C) Sharafiddin Ali Yazdiy D) Ishtaxriy
26. O’rta Osiyodagi qaysi davlatda harbiy vazir “Vaziri Harb” deb yuritilgan ?
A) Buxoro xonligi B) Qo’qon xonligi C) Buxoro amirligi D) Xiva xonligi
27. Bag‘dod orqali Fors qo‘ltig‘igacha temiryo‘l qurishni to‘la qo‘lga kiritdi (a), Germaniya sotsial demokratik patiyasi tashkil topdi (b) Yuqoridagi voqealarning qachon sodir bo’lganini aniqlang.
A) a-1903-yil, b-1875-yil B) a-1903-yil, b-1876-yil
C) a-1902-yil, b-1877-yil D) a-1902-yil, b-1875-yil
28. Qaysi muallifning avliyolar va payg’ambarlar haqida ma’lumotlar keltirilgan she’riy shaklda yozilgan asari Turkistondagi an’anaviy ta’lim muassasalarida darslik sifatida o’qitilgan ?
A) Mirzo Bedil B) Hofiz Miroziy C) Imom Buxoriy D) So’fi Olloyor
29. XIX asrda O'rta Osiyo xonliklarida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilab beruvchi omillar xato sanalgan qatorni toping. A) yerga egalik tartiblari B) to'lanadigan soliqlar C) to'lovlarning miqdori D) aholining iste'mol ehtiyoji
30. Avliyo Sofiya nomidagi ibodatxonalar qurdirgan qirollarni aniqlang
A) Buyuk Karl, Yaroslav B) Yaroslav, Yustinian I C) Vladimir, Imperator Yustin D) Vladimir, Yustinian
Do'stlaringiz bilan baham: |