21 variant
1. Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» tashkil etilgan davrda Xorazmda qaysi sulola vakillari hukmronlik qilayotgan edi ?
A) ma’muniylar B) anushteginiylar C) afrig‘iylar D) arabshohiylar
2. O‘lim jazosini amalga oshirish bo‘yicha dunyoda birinchi (a) va ikkinchi (b) o‘rinda turgan davlatlarga aniqlik kiriting.
1) Xitoy; 2) AQSH; 3) Eron; 4) Afg‘oniston. A) a – 3; b – 1 B) a – 4; b – 3 C) a – 2; b – 1 D) a – 1; b – 3
3. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
Ittifoq (Shartnoma)
|
Tuzilgan yil
|
A’zo davlatlar
|
Myunxen kelishuvi
|
A
|
Angliya, Fransiya,
Germaniya, Italiya
|
B
|
1882
|
C
|
O‘zaro Iqtisodiy Yordam
Kengashi (O‘IYK)
|
1949
|
D
|
Ma’lumotlar: 1) «Uchlar ittifoqi»; 2) «Antanta»; 3) SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlari; 4) G‘arb davlatlari; 5) 1936-yil;
6) 1938-yil; 7) Fransiya, Angliya, Rossiya; 8) Germaniya, Italiya, Avstriya-Vengriya.
A) a-6; b-2; c-8; d-3 B) a-6; b-1; c-8; d-3 C) a-5; b-2; c-7; d-4 D) a-5; b-1; c-7; d-4
4. 1968-yil mayda Parijda kimlarning namoyishlari bo‘lib o‘tganini toping.
A) talabalarning B) ishchilarning C) harbiylarning D) ziyolilarning
5. Turkiston o‘lkasida birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi jadid maktabi ochilgan yillarni belgilang.
A) 1884- va 1893-yillar B) 1888- va 1898-yillar C) har ikkalasi ham 1884-yil D) 1893- va 1899-yillar
6. Quyidagi o‘zbek davlatlarining tashkil topishini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang.
1) Qo‘qon davlati; 2) Buxoro amirligi; 3) Xiva xonligi.
A) 3, 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2, 1, 3 D) 2, 3, 1
7. Quyidagilar orasidan Moskva knyazlarini belgilang.
1) Yaroslav; 2) Aleksandr Yaroslavich; 3) Dmitriy Ivanovich; 4) Ivan Kalita.
A) 3 va 4 B) 1 va 3 C) 2 va 4 D) 1 va 2
8. Jaloliddin Manguberdi mog‘ullarga qarshi olib borgan quyidagi janglarni ketma-ketlik tartibida belgilang.
1) Parvon dashtidagi jang; 2) Sind (Hind) daryosi bo‘yidagi jang; 3) Valiyon qal’asidagi jang.
A) 1, 3, 2 B) 3, 2, 1 C) 1, 2, 3 D) 3, 1, 2
9. Quyidagi me’moriy inshootlar qaysi davlatlar nomi bilan bog‘liq.
a) Hazrati Imom majmuasi va Xudoyorxon saroyi; b) Islomxo‘ja minorasi va Nurullaboy saroyi; c) Sitorai Mohi Xosa va Mir Arab madrasasi. 1) Xiva; 2) Buxoro; 3) Qo‘qon. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c
10. O‘zbekiston SSRda Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temiryo‘lining qurilishi qaysi besh yillik davriga to‘g‘ri keladi ?
A) birinchi besh yillik B) ikkinchi besh yillik C) to‘rtinchi besh yillik D) beshinchi besh yillik
11. Rasmda tasvirlangan massagetlar malikasi bilan bir asrda yashagan tarixiy shaxs qaysi javobda keltirilgan ?
A) Afina hukmdori Solon B) Yunon tarixchisi Poliyen C) Frakiyalik qul Spartak D) Xitoy elchisi Chjan Syan
12. 1876-yilda Rossiya (a) va Turkiya (b) qaysi davlatlar bilan urush harakatlarini olib borgan ?
A) a – Xiva xonligi; b – Albaniya B) a – Qo‘qon xonligi; b – Gretsiya
C) a – Buxoro amirligi; b – Gretsiya D) a – Qo‘qon xonligi; b – Serbiya
13. Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil etilgan va qayta tiklangan yillarni belgilang
A) 1017- va 1997-yillar B) 997- va 1995-yillar C) 1004- va 1997-yillar D) 1001- va 1994-yillar
14. Mamlakatimizda 2002-yilga qadar aspirantura va doktarantura bosqichlarida ta’lim muddati necha yil bo‘lganini aniqlang.
A) 3 yil B) 2 yil C) 1 yil D) 4 yil
15. Vizantiyada «Ziroatchilik qonunlari» yozilishi va «Gerek olovi»ning ixtiro qilinishi orasidagi farq necha asrni tashkil qilishini aniqlang. A) uch asr B) bir asr C) ikki voqea ham bir asrda bo‘lib o‘tgan D) ikki asr
16. «Sho‘roi Ulamo» jamiyatining Toshkent sho‘basiga kim boshchilik qilgan ?
A) Mulla Muhiddinxon B) Mustafo Cho‘qayev C) Sherali Lapin D) Ahmad Zaki Validiy
17. Yevropa miqyosidagi inqirozga aylangan mojaroni aniqlang.
A) Serbiyda musulmon-albanlar o‘zlarining «Kosovo Respublikasi»ni e’lon qilishi
B) NATO qo‘shinlari Yugoslaviyani bombardimon qilishi
C) «Berlin devori»ning qulashi D) Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 1990-yilgi saylovlar
18. Podsho Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olishi davrida N.Krijanovskiy
A) Turkiston general-gubernatori edi B) Rossiya harbiy vaziri edi
C) Orenburg general-gubernatori edi D) Step (Dasht) general-gubernatori edi
19. Quyidagi shaharlarga asos solinish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang.
1) Afrosiyob; 2) Rim; 3) Kurushkat. A) 3, 1, 2 B) 2, 1, 3 C) 3, 2, 1 D) 1, 2, 3
20. Toshkent shahrida iqtisodiyot va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro Vestminster universiteti ochilgan yilni belgilang.
A) 2002-yil B) 2006-yil C) 2009-yil D) 2007-yil
21. Bir yilda bo‘lib o‘tgan voqealar ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
1) Napaleon Bonapart Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi; 2) Ingliz muhandisi Jorj Stefenson parovoz ixtiro qildi;
3) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 4) Leypsig ostonasida «Xalqlar jangi» bo‘lib o‘tdi; 5) Fransiyada Birinchi imperiya hukmronligi o‘rnatildi.
A) 2 va 5 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 4 va 5
22. XIX asr oxirida Serbiya tashqi siyosatining asosiy maqsadi qaysi qatorda ko‘rsatilgan ?
A) Usmonli davlatidan rasman mustaqil bo‘lish va xalqaro munosabatlarda mustaqillikni qo‘lga kiritish
B) Bolqonda Bolgariya ustunligiga barham berish va mintaqaning eng kuchli davlatiga aylanish
C) Usmonli davlati qo‘l ostida qolayotgan serb yerlarini to‘la qaytarib olish va ularni yagona Serbiya davlatiga birlashtirish
D) Rossiyaning Usmonli davlatiga qarshi siyosatini qo‘llab-quvvatlash va ishonchli ittifoqchiga ega bo‘lish
23. Muxtorjon Saidjonov qaysi hukumat tarkibida Ichki Ishlar noziri lavozimini egallagan.
A) XSSR hukumati B) TASSR hukumati C) Turkiston Muxtoriyati hukumati D) BXSR hukumati
24. XII asrda turli tillarga tarjima qilingan asarlarni belgilang.
1. «Devonu lug‘atit turk»; 2. «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum»; 3. «Al-qonun fit-tib»; 4. «Al-jabr val-muqobala»;
5. «Temur tuzuklari». A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5
25. XX asrning birinchi yarmida Panafrika harakatining ko‘zga ko‘ringan arboblari, panafrikanizmning «ota»lari sifatida e’tirof etilgan shaxslarni aniqlang.
1) Ya. Semets; 2) U.Dyubua; 3) Pirou; 4) M.Garvi; 5) M. Gersog.
A) 2 va 4 B) 2 va 5 C) 3 va 5 D) 1 va 2
26. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlatda quyidagilardan qaysilari vujudga kelgan ?
1) «A-Meta» sindikati; 2) «Reyn-Vestfaliya» ko‘mir sindikati; 3) «Umumiy elektr jamiyati»; 4) «Umumiy elektr kompaniyasi». A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 3
27. Buxoroda davlatning amirlik deb nomlanishi qaysi sulola vakillari nomi bilan bog‘liq ?
A) shayboniylar B) ashtarxoniylar C) qo‘ng‘irotlar D) mang‘itlar
28. Atlantila okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonida qancha afrikalik halok bo‘lganini ko‘rsating.
A) 30-40 million B) 15-20 million C) 100 million atrofida D) 60-70 million
29. O‘rta asrlarda Angliya tarixida XIII va XIV asrlarda qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgan yillarni aniqlang.
A) 1215- va 1381-yillar B) 1265- va 1358-yillar C) 1265- va 1381-yillar D) 1215- va 1358-yillar
30. «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasining mazmuni qaysi qatorda ko‘rsatilgan ?
A) ISHID xalqaro terrorchi tashkilotini yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro kuchlar olib borgan operatsiya
B) AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlarning Quvaytni Iroqdan ozod qilish bo‘yicha operatsiyasi
C) Iroqda Saddam Husayn hokimiyatini ag‘darishga qaratilgan turli etnoslarning namoyishi
D) AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlarning 1999-2000-yillarda Iroq harbiy obyektlarini bombardimon qilishga qaratilgan operatsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |