Variant №8 1-topshiriq. Yalpi ichki mahsulotning mohiyati qanday? 2-topshiriq. Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni qanday aniqlanadi? 3-topshiriq. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini tushuntirib bering?



Download 32,72 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi32,72 Kb.
#703708
  1   2
Bog'liq
Sharipov F S Statistika YN


VARIANT № 8

1-topshiriq. Yalpi ichki mahsulotning mohiyati qanday?


2-topshiriq. Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni qanday aniqlanadi?
3-topshiriq. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini tushuntirib bering?
Javoblar:

1. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – milliy hisoblar tizimining muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, u muayyan mamlakat hududidagi rezidentlar va norezidentlar tomonidan o’rganilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan pirovard tovar va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatini ifodalaydi.


YAIMni aniqlashda ikki xil yondoshuv mavjud:
a) tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlarining yig’indisi bo’yicha = shaxsiy iste’mol xarajatlari + yalpi xususiy ichki investitsiyalar (sof xususiy ichki investitsiya + kapital iste’moli uchun ajratmalar) + tovar va xizmatlarning davlat xaridi + sof eksport(eksport - import).
b) tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida hosil etilgan daromadlar yig’indisi bo’yicha = arenda haqi + amortizatsiya + foiz stavkasi + mulkdan kelgan daromadlar + dividendlar + yollangan xodimlarning ish haqi + biznesga egri soliqlar + korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari + korporatsiyalar foydasiga soliq.
Yalpi ishlab chiqarish(YAICH) –hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi va YAIMni ishlab chiqarish bosqichida hisoblash uchun dastlabki ko’rsatkich hisoblanadi.
Oraliq iste’moli(OI)-hisobot davri mobaynida boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida barcha iste’mol qilingan moddiy ne’matlar (asosiy fondlar iste’molisiz) va bozor xizmatlari qiymatini ifodalaydi.
Oraliq iste’moli quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
a) moddiy xarajatlar (xomashyo, material, yoqilg’i va h.k.);
b) boshqa tashkilotlarning xizmatlari haqi;
d) oraliq iste’molining boshqa unsurlari (tovarlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflar, ilmiy-texnika laboratoriya va byurolarini saqlash xarajatlari, mehmonlarni qabul qilish xarajatlari, xodimlarni ishga olib kelish va ishdan olib borib qo’yish sarflari, xodimlarni ishga taklif qilish bo’yicha sarflar, xizmat safari sarflari va sh.k.).
Yalpi qo’shilgan qiymat(YAQQ)-yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
YAQQ=YAICH–OI
YAIM takror ishlab chiqarish siklining uchta bosqichiga mos keladigan usullarda aniqlanishi mumkin. Bu uch usulning barchasi YAIM hajmi bo’yicha bir xil natijani bersada, ammo ularning har biri iqtisodiy tahlil uchun mustaqil ahamiyat kasb etadi.

  1. YAIMni aniqlashning ishlab chiqarish usuli:

  2. YAIM=YAICH–OI+MSS+ISS,

bu yerda: MSS–mahsulotga sof soliqlar, ISS–importga sof soliqlar. Umumiy holda sof soliqni aniqlash uchun soliq summasidan subsidiya summasini ayirish zarur.
Tarmoq darajasida YAIM quyidagicha aniqlanadi va yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ), deb ataladi:
YAIM=YAICH–OI=YAQQ
Agar YAQQdan asosiy kapital iste’moli (ACI)ni ayirsak, sof qo’shilgan qiymat (SQQ), deb nomlanadigan ko’rsatkich hosil bo’ladi:
SQQ=YAQQ–ACI
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM, har bir tarmoqning YAIM umumiy hajmiga qo’shgan ulushini aniqlash imkoniyatini beradi.
2. YAIMni aniqlashning taqsimlash usuli:


YAIM=MH+ICHSS+ISS+YAF+YAAD,
bu yerda: MH–yollangan xodimlarning mehnat haqi; ICHSS–ishlab chiqarishga sof soliqlar; YAF–yalpi foyda; YAAD–yalpi aralash daromadlar. Ushbu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
YAAD=YAQQ–MH–ICHIS,
bu yerda: ICHIS–ishlab chiqarish va importga soliqlar.
YAIMni bu usulda hisoblashdan uning qiymat strukturasini va birlamchi daromadlarning taqsimlanishini tahlil qilishda foydalaniladi.
3. Pirovard foydalanish usuli:


YAIM=YAJ+PI+(EC–IM)+STF,
bu yerda: YAJ–yalpi jamg’arma(asosiy fondlar jamg’armasi, moddiy aylanma vositalar zaxirasining o’zgarishi, sof xarid qilingan qimmatbaho buyumlar); PI–uy xo’jaliklarining, davlat muassasalarining va ijtimoiy tashkilotlarning pirovard iste’moli; EC eksport hajmi; IM-import hajmi; STF-statistik farq.
YAIM va milliy daromad hajmini uchta usulda hisoblash sxemasini quyidagi shartli misolda ko’rib chiqamiz.


Download 32,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish