2. 3. Kapital bilan qilinadigan operatsiyalar schyoti. Bu schyot kapital xarajatlar uchun moliyaviy resurslarning shakllanishi bilan va ularni NG asosiy fondlar, moddiy aylanma mablag’lari va nomoddiy ishlab chiqarilmagan aktivlarni soti va sotib olish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ifodalaydi.
Iqtisodiy sektorlarning kapital bilan
qilinadiganoperatsiyalar schyoti
4. Asosiy kapitalni jamg’armasi
5. Aylanma moddiy mablag’larni zaxirasining o’zgarishi
6. Sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar
7. Sof sotib olingan yer va ishlab chiqarilmagan (moddiy va nomoddiy ) aktivlar
8. Sof kredit (+)
yoki sof qarz (-)
(8=1+2+3-4-5-6-7)
1. Yalpi jamg’arish
2. Boshqa sektordan (rezident) va tashqi dunyodan olingan kapital transfertlar (+)
3. Boshqa sektorlarga va tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlar (-)
4. Asosiy kapitalning jamg’armasi
5. Aylanma moddiy mablag’larni zaxirasining o’zgarishi
6. Sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar
7. Sof sotib olingan er va ishlab chiqarilmagan (moddiy va nomoddiy ) aktivlar
8. Sof kredit (+)
yoki sof qarz (-)
(8=1+2-3-4-5-6-7)
1.Yalpi milliy jamg’arish
2. Tashqi dunyodan olingan kapital transfertlar (+)
3. Tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlar (-)
Jami: (4+5+6+7+8)
Jami: (1+2-3)
Jami: (4+5+6+7+8)
Jami: (1+2+3)
Operatsiyalarni moliyalashtirish manbai schyotning resurs qismidagi yalpi jamg’arish va sof kapital transfertdan iborat. Bunda moliyalashtirishning asosiy manbai daromaddan foydalanish schyotidan o’tgan yalpi jamg’arish bo’ladi. Moliyalashtirishning yana boshqa manbai tashqi dunyodan olingan va tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlarning ayirmasi hisoblanadi.
Kapital transfertlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– Kapital uchun soliq (institutsion birliklar mol-mulklarini bir-birlariga berganliklari uchun to’lanadigan to’lovlar, meros uchun qoldiraladigan uy-joy uchun to’lanadigan to’lovlar);
– Investitsiya subsidiyalar – davlat byudjetida rezident yoki norezident birliklariga qaytib olmaslik sharti bilan sotib olib berilgan asosiy vositalar, qurib berilgan uy – joylar. Asosiy maqsad yalpi asosiy fondlar jamg’armasini tashkil qilish;
– Boshqa kapital transfertlar, tabiiy ofatlardan ko’rgan zararlarni qoplash uchun berilgan subsidiyalar, korxonalarning qarzlarini yopib yuborish kabilar.
Schyotning foydalanish qismida quyidagilar ifodalanadi:
– asosiy fondlarni yalpi jamg’arma ko’rsatkichi yangi (hisobot davrida) qurilgan uy-joy va inshootlar, sotib olingan mashinalar, qurilmalar, transport vositalari, stanok qiymatidan va shularga o’xshash sotilgan asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymatlarining ayirmasini yig’indasidan iborat.
– moddiy aylanma mablag’lar(xomashyo, butlovchi materiallar, yoqilg’i, mayda asbob-uskunalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar) zaxirasining hisobot davri boshidan oxiriga qadar o’zgarishi yoziladi.
– sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar ko’rsatkichida barcha sotib olingan qimmatbaho (zebu-ziynat, san’at asarlari, oltin va kumush kabi metallar) buyumlar qiymatidan sotilgan qimmatbaho buyumlar qiymatlarining ayirmasi yoziladi.
– sof sotib olingan er va ishlab chiqarilmagan nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, mualliflik xuquqlari) qiymati kiradi;
– sof kredit yoki sof qarz schyotning balanslantiruvchi ko’rsatkichidir
MM-50k-2-guruhtalabasi: Sharipov F.S
Statistika fanidan yakuniy nazorat ishi