XALQ CHOLG‘U ASBOBLARI TO‘GARAKLARI O‘zbek cholg‘u asboblari turli-tumanligi bilan farqlanadi. Ular uch guruhga bo‘linadi: torli, puflama va urma cholg‘ular. Har bir guruh o‘zining xillariga ega. Eng katta guruh — bu torli guruhdir. U tirnama, urma va kamonli cholg‘u asboblaridan iborat. Torli tirnama cholg‘ularga tanbur, doira, dutor, afg‘on rubobi, qashqar rubobi kiradi - l-rasiu. Xalqcholg'u asbohlzirinitig lorii gurulii:
- / — ruhob prinvt; 2 — rubob scktinda; 3 — qasfije'ar rubobi; 4 — alg’on nxbobi: 5 — g'ijjak (kamolin cholg'u)
- Tanbur, odatda, 3 ta sim tordan iborat bo‘ladi. Tanbur turli xilda bo‘lib, ba’zi simlaming juftlanishi bilan farqlanadi. Ko‘rsatkich barmoqqa kiyiladigan sim — noxun yordamida tanburda kuy ijro etiladi. U noksimon ko‘rinishda bo‘lib, yog‘och kabi va uzun dastadan iborat.Dutor torli tirnama qadimiy cholg‘u, u to ‘rtta (ilgarilari uchta bo‘lgan) sim tordan iborat bo‘ladi. O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘iga kiyiladigan sim noxun bilan chalinadi. Umumiy uzunligi 1000—1300 mm. Notalar bas va skripka kalitlarida yoziladi.Dutor chiroyli, nozik tovushga ega bo‘lib, ipak- dan qilingan ikki torni zarbli chertish usuli bilan ijro qilinadi. Ko‘proq yakkanavoz tarzida ijro qilinadi.Orkestrda dutorning alt, bas va kontrabas turlari qo‘llaniladi.Afg‘on va qashqar ruboblari plektrli cholg‘u asboblaridir. Ularning tuzilishi murakkabroq. Bu cholg‘u asboblari malakali musiqachilar tomonidan yakka tartibda va ansambl jo ‘rligida chalinadi.D o‘mbira sekin va mayin tovush chiqarish xususiyatiga ega, u ikkita ko‘k tomirdan iborat. Ijro etish usuli — zarbli usullardir.
- 9-raMII. Musiqa to'garagi tnashjc'ulollari o‘tkaziladigan sinl'ko’rinLshi
- RAQS TO‘GARAKLARI
- Maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog‘i deyarli yo‘q darajadaligini nazarda tutsak, musiqa darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshlikdan o‘rgatish naqadar zarurligi ma’lum bo‘ladi.Shu bois musiqa o ‘qitu v ch isi m illiy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo‘llash usullarani puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg‘u asboblarida kuy chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o‘quvchilarning musiqa (o‘quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang‘ich sinflarda milliy cholg‘u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog‘lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qoshiq, kichik sopollar kabi urib chalinadigan cholg‘u asboblaridan foydalanib, o ‘qituvchi ijrosi va magnitofon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiriladi.O‘zbek xalq raqs elementlariKichkintoylarning aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turi bolaning har
- tomonlama o‘sishiga katta yordam beradi. Mak- tabgacha ta ’lim muassasalarida musiqiy ritmik harakatlar bolalarga turli xarakterdagi musiqa ohan- giga mos holda harakatlanishiga, kichik guruh, yakkaholda, juft-juft bo‘lib, jamoa bilan hamohang harakat qilgan holda oddiy raqs elementlarini bajarishga o‘rgatadi, mushaklarini mustahkamlaydi, nafas va qon aylanish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi.Raqsga tushish bolalarda nafislikni, go‘zallikni, ifodali harakatlarni qaror toptirib, ijodiy qobiliyatini tarbiyalaydi.Bolalarga o‘zbek raqslarini o‘rgatishdan maq- sad — milliy raqs harakatlari va ularning xarakteri bilan tanishtirish, harakatdagi quvnoqlik va jo ‘sh- qinlikning nafislik bilan uyg‘unlashuvini bolalarga singdirishdan iborat.Raqs elementlari bilan tanishtirish musiqa bilan bog‘langan holda amalga oshirilishi kerak. Musiqa rahbari raqs elementi bilan bog‘liq musiqa ohangini xirgoyi qilgan holda o‘rgatadi. Faqat sanoq ostida o‘rgatishga zinhor yo‘l qo‘yilmaydi. Notanish bo‘lgan raqs elementini o‘rgatish chog‘ida musiqa rahbari bu elementni ifodali, yorqin ko‘rsatib berishi kerak, toki musiqa va harakatdagi uyg‘unlik bolalar ongiga yetib borsin. Harakatni to‘g‘ri ko‘rsatib berish va tushuntirish bolalar diqqatini torta oladigan, raqs elementlari musiqa bilan bog‘liq ekanligini anglab yeta oladigan darajada aniq, qisqa, ifodali bo‘lishi darkor. Bolalarda o‘zi o‘rganayotgan raqs harakatini anglab, harakat aniqligi malakasini hosil qilgan holda harakatga taqlid qilish yoki obrazli taqqoslashlardan foydalanish tavsiya etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |