2. Modellashtirish bilish metodi sifatida.
Modellashtirish - borliqni bilvosita o'rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ulami o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishdir.Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, obyektning o'mini bevosita tadqiq etish mumkin bo‘lmagan, qimmat bo'lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo'ladi..
Modellashtirish tamoyili va o‘xshatish metodi - obyektlaming ba’zi bir xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalami tadqiq qilish orqali bilish mumkinligi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo‘lidir.Qiyoslash», «o‘xshatish», «model» tushunchalari metodologik nuqtai nazardan ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Shu munosabat bilan modellashtirish (qiyosiy bilish) tamoyilini tushunishni yengillashtirish uchun I.Kantning quyidagi so'zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: «...Qiyosiy bilish ...ikki narsaning nomukammal o‘xshashligini emas, balki ikki mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan narsalar o‘rtasidagi ikki munosabatning mutlaq o‘xshashligini anglatadi
Modellashtirish-borliqni bilvosita о ‘rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ulami о ‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obyekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, obyektning o‘mini bevosita tadqiq etish mumkin boimagan, qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo‘ladi.Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va modellashtirish qoilanayotgan sohaga bog‘liq. Modellaming xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modeller tabiiy obyektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida ifodalanadi.
Muayyan obyektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega boigan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlaming modellari).Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida boiadi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |