Variant 3 Fan. Uning asosiy mazmuni va mohiyati. Tayanch iboralar



Download 20,92 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi20,92 Kb.
#774242
  1   2   3   4
Bog'liq
yakuniy ilmiy-tadqiqot



Variant - 3
1. Fan. Uning asosiy mazmuni va mohiyati. Tayanch iboralar: jarayon, bilim,qadriyatlar, ishlab chiqish, ijod.
2. Modellashtirish bilish metodi sifatida. Tayanch iboralar: tushuncha, qaytadan yaratish, qiyoslash, jarayon, shakl, muammo.
3. Iqtisodiy jihatdan tadqiq etishda intuitsiyaning roli. Tayanch iboralar: iqtisodiyot, fan, taxmin,anglay boshlash, jarayon, muammo.
Javoblar:
Fan tushunchasining tahlili. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘Idi.Fanning maqsadi - obyektiv va subyektiv olam haqida haqiqiy bilimga ega boclish va ulardan ijtimoiy hayotda foydalanishdan iborat. Ko‘p sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari vajarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan.Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish,yoki tanlash, о ‘z manfaatlarini ко ‘zlash, mas 'uliyatni tan olish maydonida amal qiladi. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modeller bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosari ilmiy omillar va ulaming empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlaming ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi.Faoliyat sifatidagi fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlarigajavob beruvchi bilimlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim о ‘ziga erkinlik hududini ta ’minlashga, mafkuraviy va siyosiy yo‘nalishlarga nisbatan betaraf bo‘lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.Fanning uchinchi - institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a ’zolari о ‘rtasidagi o'zaro aloqalar tizimini, m e’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo'nalishda davlat boshqaruv tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo ‘ladi.Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarida boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, boiimlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar boiib, ularga odamlaming tipik ko‘rinishiga xos boigan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. Shu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari bilan bir qatorda munofiqlar,fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi.J.Bemal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yollarini belgilaydi. Uning fikricha fan:
1) institut;
2) metod;
3) ilmiy an’analaming shakllanishi;
4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili;
5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi
eng kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi.
«Etimologik lug‘at»da fanga «tabiiy hodisalami kuzatish, tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi» deb ta’rif berilgan. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.
E.Agatstsi fan «obyektlar haqidagi fikr-mulohazalaming oddiy majmui sifatida emas, balki obyektlaming muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» qaralishi lozimligini qayd etadi. Bu ta’rifda ilmiy va oddiy bilimni farqlashga da’vo, fan obyektni o‘rganishni uni nazariy tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud.
Hozirgi vaqtda fan avvalo, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon boiadi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bogiiq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o‘zi hamjamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘Igan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va о‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta ’sir ко ‘rsatadi.
Fanning vazifalari:
-dalillarni yig'ish, izohlash, tahlil etish, umumlashtirish va tushuntirish;
-tabiat, jamiyat, tafakkur va bilishni harakatlantiruvchi qonunlami aniqlash;
- egallangan bilimlami tizimlashtirish;
- hodisa va jarayonlami tushuntirish;
-hodisa va jarayonlami prognozlashtirish;
-egallangan bilimlardan foydalanishning yo‘nalishlari va shakllarini belgilashdan iborat.
Fan - dunyo haqidagi bilimlami ishlab chiqarish texnologiyasi. Har qanday ishlab chiqarishda bo‘lganidek, fanda ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash talab etiladi. Haqiqat — har qanday ilmiy mahsulot ega bo‘lishi talab etiladigan va fan о ‘zida mavjud barcha vositalar bilan ta 'minlashi shart bo ‘Igan eng muhim sifat xossasi. Olim uchun haqiqat о‘z faoliyatida erishishga harakat qiladigan eng oliy qadriyatdir.
Faoliyat sifatidagi fan eng keng holatda uchta xossa bilan tavsiflanadi:

1. U anglashga intilish, ya’ni voqelikning qandaydir jihatini qoniqarli darajada izohlash hissiga erishishni namoyon etadi.
2. Tushunish imkon qadar ko’proq hodisa va jarayonlarning mohiyatiga muvofiq tushuvchi umumiy qonunlar yoki tamoyillarni maxsus shaklga solish orqali amalga oshiriladi.
3. Qonunlar yoki tamoyillar tajriba orqali sinalgan bo’ladi.
Fanni bunday tushunishda nazariya ham, usul ham, metodologiya ham mavjud bo’ladi. Mazkur tushunchalar o’rtasidagi nisbatni mazkur mavzuning dastlabki savolida aniqlab olishimiz lozim bo’ladi.
Hozirgi zamonda jamiyatda fan juda muhim rol o’ynaydi. U nafaqat ishlab chiqaruvchi kuchlarni, balki boshqa ijtimoiy munosabatlarni ham o’zgartiradi. Jamiyatning ma’naviy hayotiga ham faol ta’sir ko’rsatib boradi.



Download 20,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish