Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
2.1. Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklari bo’lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poezdlarda harakatlanishga yo’l qo’yish, shunigdek, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini poezdlarga qo’shish man etiladi.
Elektr pnevmatik tormoz, isitish, elektr uskunalar, ventilyasiyada nosozliklari bo’lgan va yo’lovchilar tashishning me’yordagi sharoitini buzuvchi boshqa nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni, shuningdek, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadir) ning mashinist bilan UQT-diapozonli radioaloqasi nosoz bo’lgan radiokupeli (shtab) yo’lovchi vagonlarni poezdga qo’shish taqiqlanadi.
Harakat tarkibining texnik ahvoliga bo’lgan talablar, shuningdek, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tartibi «O’TY» OA tomonidan belgilanadi.
2.2. Harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ikki ta’mir orasidagi bosib o’tiladigan masofasi me’yori va ta’mirlashga qo’yish tartibi «O’TY» OA tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha texnik ko’rsatmalar va namunaviy texnolgik jarayonlar «O’TY» OA raisi tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
2.3. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatiga hamda harakat tarkibi va maxsus harakat tarkibi harakat xavfsizligiga, bevosita texnik xizmat va ta’mirlashni bajargan ishchilar, tegishli zavod, depo, ustaxona va texnik xizmat ko’rsatish punktlarining ustalari va rahbarlari javobgardirlar.
3. Svetoforlar. Kirish svetoforlari.
3.1. Yo’lni berkitadigan barcha kirish va o’tish svetoforlari oldida ogohlantirish svetoforlari o’rnatilishi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda har bir o’tish svetofori undan keyingi svetoforga nisbatan ogohlantiruvchi hisoblanadi.
Avtomatik lokomotiv signalizasiyasi mustaqil signalizasiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan uchastkalarda kirish svetoforlari oldidan ogohlantirish svetoforlari o’rnatilmasligi ham mumkin.
Uch belgili signalizasiya avtoblokirovkasi o’rnatilgan liniyalarda yondosh svetoforlar orasidagi masofa shu joyda yo’lovchi poezdlar uchun 120 km/soat va yuk poezdlari uchun 80 km/soat dan ortiq bo’lmagan maksimal tezlikda to’la xizmat tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi va bundan tashqari, avtomatik lokomotiv signalizasiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir qilishi uchun zarur vaqt davomida poezd bosib o’tadigan yo’lni hisobga olgan holda shoshilinch tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi lozim. Bu holda signallarning ko’rinishi 400 m dan kam bo’lgan uchastkalarda, shuningdek, avtoblokirovka bilan yangidan jihozlanayotgan liniyalarda ushbu masofa 1000 m dan kam bo’lmasligi lozim.
Uch belgili signalizasiya bilan ilgaridan jihozlangan liniyalarda ayrim svetoforlar «O’TY» OA raisining ruxsati bilan zarur tormozlash yo’lidan kam masofalarda qoldirilishi mumkin. Ushbu svetoforda hamda unga ogohlantiruvchi bo’lgan svetoforlarda chiroqli ko’rsatkichlar o’rnatilishi lozim. Stnasiyalarda chiroqli ko’rsatkichlar asosiy yo’ldagi yondosh (kirish, marshrut, chiqish) svetoforlar orasidan masofa zarur tormozlash yo’lidan kam bo’lgan hollarda o’rnatiladi.
O’rnatilgan signalizasiyaning eng kam uzunligidan qisqa blok-uchastkalarning bo’lishi talab etiladigan, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning harakati o’ta jadal liniyalar to’rt belgili signalizasiya avtoblokirovkasi bilan jihozlanadi.
Tezligi 120 km/soat dan ortiq yo’lovchi poezdlari yoki tezligi 80 km/soat dan ortiq yuk poezdlari harakatlanadigan uch belgili signalizasiya avtoblokirovkasi bilan jihozlangan liniyalarda, lokomotiv svetoforining yashil chirog’i sariqqa o’zgargandan so’ng xizmat tormozlanishi qo’llanganda, poezdning taqiqlash ko’rsatmali yo’l svetofori oldida to’xtashi ta’minlangan taqdirda, lokomotiv svetoforining yashil chirog’ida ushbu poezdlarning belgilangan maksimal tezlikda harakatlanishi ruxsat etiladi.
Yarim avtomat blokirovkali uchastkalarda kirish, marshrut, chiqish svetoforlari orasidagi masofa ushbu joy uchun maksimal amalga oshiriladigan tezlikda to’liq xizmat tormozlashda aniqlangan tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi lozim. Yo’l avtomatik lokomotiv signalizasiya qurilmalari mavjud bo’lgan hollarda esa yuqoridagi masofa, bundan tashqari, shoshilinch tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizasiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir etishi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida poezd bosib o’tadigan yo’lni ham qo’shib hisoblangandagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.
Avtoblokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalarda ogohlantirish svetoforlari bilan asosiy svetoforlar orasidagi masofa ushbu joy uchun maksimal erishiladigan tezlikda to’liq xizmat tormozlashda aniqlangan tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi lozim. YAqinlashish uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizasiya yo’l qurilmalari mavjud bo’lgan hollarda esa yuqoridagi masofa, bundan tashqari, shoshilinch tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizasiya va avtostop qurilmalarining poezdning tormozlash tizimiga ta’sir etishi uchun zarur bo’lgan vaqt mobaynida, poezdning maksimal erishadigan tezligidagi, poezd bosib o’tadigan yo’lni ham qo’shib hisoblangandagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizasiya mustaqil signalizasiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan uchastkalarda ikki yondosh blok uchastkalarning uzunligi ushbu joy uchun shoshilinch tormozlash paytida avtomatik lokomotiv signalizasiya va avtostop qurilmalarining maksimal erishiladigan tezlikda poezdning tormozlash sistemasiga ta’sir etishi uchun zarur vaqt davomida poezd o’tadigan yo’lni qo’shib hisoblagandagi tormozlash masofasidan kam bo’lmasligi kerak.
3.2. Svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda yoki ular to’sayotgan yo’lning o’qi ustida o’rnatiladi.
Peregonlarda poezlar uchun temir yo’l kesishmalari oldida o’rnatiladigan to’suvchi va ularga nisbatan ogohlantiruvchi svetoforlar harakat yo’nalishining chap tomonida ham joylashishi mumkin.
Svetoforlar shunday o’rnatilishi kerakki, poezddan ularning uzatayotgan signallarini qo’shni yo’lga tegishli deb qabul qilmaslik kerak.
Yo’lning gabaritlari svetoforlarni o’ng tomonga o’rnatishga imkon bermaydigan hollarda «O’TY» OA raisining ruxsati bilan quyidagi svetoforlarni chap tomondan joylashtirish mumkin:
stansiyaga noto’g’ri yo’ldan qaytayotgan poezlarni qabul qilish uchun o’rnatiladigan, shuningdek, peregonda noto’g’ri yo’l bilan qaytayotgan suruvchi lokomotivlar va xo’jalik poezlarining kirish va unga tegishli ogohlantirish svetoforlarini;
ikkinchi yo’llar qurilishi davrida vaqtincha o’rnatiladigan kirish va o’tish svetoforlarini.
Manyovr ishlarining texnologik shartlari taqazo etgan joylarda «O’TY» OA raisi ruxsati bilan ayrim stansiyalarda tepalik svetoforlarini chap tomondan o’rnatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |