Vaqt va uni hisobga olish zarurligi haqidagi tasavvur odamlarda qadim zamonlarda xojalik hayoti zaruriyati asosida vujudga kelgan. Vaqt hisobi birliklari qilib doimiy takrorlanib turgan tabiat hodisalari olingan. Bular: kun va tundan iborat bolgan sutkalar, osmonda oyning paydo bolishi, fazalarining almashinuvi, korinmay qolishi, ya'ni oy va yerning quyosh atrofida yillik aylanishi edi. Asta-sekin vaqtni aniqlash ehtiyoji oshgan. Buning uchun esa osmon jismlari harakatini koproq kuzatish zarur edi va bu esa oz navbatida astronomiya fanining rivojlanishini talab etadi. Shuning bilan birga boshqa masala paydo boladi: ya'ni sutkalar, oylar, yillar ortasidagi munosabatni aniqlash kerak edi. Bu masalani yechish uchun murakkab matematik hisob-kitoblarni olib borishga togri keldi. Natijada qadim zamonlardan amaliy xronologiya sohasida astronomiya va matematik ma'lumotlarning qollanila boshlanishi asta sekin bu bilimlar sistemasini ilmiy fanga aylantira boradi.
Tarixiy xronologiya masalalarini yechish bilan shug'ullangan insonlarning nomlarini asrab qola olmagan. Biroq, bizga ma'lumki Qadimgi Gretsiyada Eratosfen, Kalipp, Qadimgi Rimda esa Varron, Senzorin, Ptolemey, Manrobiy asarlarida xronologiya masalalari yoritilgan. Rim kalendarini yaxshilashda astronom Sozigen (er.avv. I asr)ning katta xizmatlari bor. Uning ishlab chiqqan kalendari Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 48-yilda qabul qilingan va u Yuliy kalendari nomini olgan. Bu kalendar hozirgi zamon yil hisobiga asoslanadi. Orta asrlarda iqtisodiyot va madaniyatning, diniy urf-odatlarning rivojlanishi xronologiyaning kelgusida yanada mukammallashuviga olib kelgan.
Orta asrlarda mavjud bolgan xilma-xil xronologik va kalendar sistemasini turli mumlakatlar va turli xalqlarning xojalik va madaniy jixatdan ozaro munosabatlarida tosqinlik qilar edi. Shu sababdan ham VI asrda bu sistemalarni bir xil qilish, ya'ni xalqlar uchun 525-yilda Rim monaxi kichik Dionisiy yechadi, ya'ni u Iso payg'ambarning tug'ilish sanasini hisoinga olib, xristian erasiga asos soladi. VII asr boshida esa islom dini asoschisi Muhammad zamonidan barcha musulmonlar uchun yagona oy kalendari qonuniylashtirilgan va har bir yangi oy va yangi yil oyning tug'ilganidan (hiloldan) boshlangan. VII asr oxiri va VIII asr birinchi choragida angliyalik monax solnomachi Bedniyning xronologiya haqidagi asari dunyoga keladi. U Olamning olti yoshi haqidagi asarida xristian erasi asosini himoya qilib chiqadi. XI asr boshida ensiklopedist olim Abu Rayxon Beruniyning Otmish xalqlardan qolgan yodgorliklar asari yaratiladi va unda barcha xalqlarga oid bolgan eralar va diniy bayramlar yoritilgan edi. XI asr ikkinchi yarmida yashab otgan shoir Umar Xayyom ham musulmon yil hisobi sistemasi tarixini organish va bu sistemani ishlab chiqishda oz xissasini qoshgan edi. U aniq quyosh taqvimini tuzib chiqdi va Jalol yoki Malik erasini tuzdi, bu era 1079-yil 15-martdan boshlandi.
XII asrda o`rta asr rusiyasida cherkov bayramlarini otkazish va xususan solnomadagi voqealarni sanalash bilan bog'liq masalalarni yechish uchun xronologiya masalalariga qiziqish paydo boladi. Xuddi shu davrda novgorodlik Kirikning xronologik asari yaratilgan. Pravoslav cherkovi uchun Rus davlatida bir necha marta kalendar ma'lumotlarini tuzish ishlari olib borilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |