Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish
–ohirgi 2 ta suyultirilan na’munadan oziqli
muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-agarga) ekiladi. Ekilgan ekma 48
soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g turoqdagi
UMS topiladi. Masalan 10
-4
nisbatda suyultirilgan na’munadan ekilgan chashkada 41 koloniya
topildi, 10
-5
dan esa 33.
8 x 10 000 + 3 x 100 000
UMS = ------------------------------------ x 10 = 190000
2
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash.
Tuproqni koli yoki perfringens titri
deb, bitta ichak tayoqchasi yoki perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi.
Tuproqdagi ichak tayoqchasini koli –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar
tarkibi qo’shimcha mikroblarni o’sishini to’xtatib qo’yuvchi o’t saprosi, gentsian violet tutadi, lekin
ichak tayoqchasini o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Eng ko’p qo’llaniladigan suyuq Kissler muhiti
xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida aytilgan kompanentlardan tashqari E. coli bijg’itib gaz hosil
qilishi uchun pepton va laktoza tutadi. Gaz hosil bo’lganini aniqlash uchun muhitga bir tamoni
payatlangan shisha po’kak solib qo’yiladi, hosil bo’lgan gaz po’kakga yig’iladi. Tuproq
suspenziyasining suyultirilganidan 1 ml dan Kessler muhiti bo’lgan probirkalarga ekiladi va
termostatda 43°S da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan kiyin Kissler muhiti ko’zdan
kechiriladi va musbat reaktsiyali probirkalar (E. coli muhitda gaz hosil qilib, loyqatib o’sadi) ajratib
olinadi va Endo muhitiga musbat na’munalardan qayta ekiladi va termostatga 37° S 24 soatga
qo’yiladi. Muhitda to’q qizil metal singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo’lsa va surtma
tayyorlanib bo’yab ko’rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli deb xulosa qilinadi.
Keyinchalik suvning koli-titrini aniqlashda qo’llaniladigann sxema bo’yicha analiz o’tkaziladi va
tuproqni koli titri topiladi.
Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun, turli darajada suyultirilgan
suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o’smasligi uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi 80°S
da 10-15 minut qizdiriladi) dan yog’siz, steril sut yoki tayyorlangan temir sulьfitli Vilьson-Bler
muhit quyilgan probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi.
Bu ekmalar 43°S da termostatda 24—48 soat davomida saqlanadi, so’ng sutning chirishi yoki
Vilьson-Bler muhitining agarli ustunchasida hosil bo’lgan Cl. perfringens qopa koloniyalarga ko’ra
xulosa chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan bo’yaladi. Mikroskop
ostida ko’rilgandan so’pg, perfringens titri aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |