Vaqt : Talabalar soni: Ma’ruza rejasi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana30.03.2022
Hajmi0,75 Mb.
#518847
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
13- мавзу

Qizilo’ngach
ning doimiy mikroflorasi yo’q yoki juda kam miqdorda bo’lib, bular, asosan, og’iz 
bo’shlig’idagi mikroblarning vakillari hisoblanadi. 
Me’da
ga ovqat bilan birga hamda og’iz bo’shlig’idan ko’p miqdorda har xil mikroorganizmlar 
tushadi, lekin uning mikroflorasi nisbatan ko’p emas: 1 ml me’da suyuqligida 103 mikroblar bo’lib, 
ular, asosan, kislotaga chidamli turlardir (laktobakteriyalar, Sarcina ventriculus, Bac. subtilis, 
achitqi va boshqalar). Bu biotopga tushuvchi ko’pgina mikroblar me’da kislotasi ta’sirida nobud 
bo’ladi, ammo me’da suyuqligining nordonligi doim bir xil bo’lmay, o’zgarib turadi, bu, asosan, 
fiziologik sabablar va oziq-ovqatlar turiga bog’liq. 
XX asrning 80-yillarida me’dada uchraydigan yana bir mikroorganizm ‘eliobacter turkumiga 
mansub ‘.pylori (alloxton mikroorganizm) topildi va u gastrit rivojlanishida asosiy sababchilardan 
biri ekanligi tasdiqlandi.
Ingichka ichak
ning
 
yuqori bo’limlarida mikroorganizmlar me’daga nisbatan kam (1 ml da 102–
103 atrofida) bo’ladi, bunga sabab o’n ikki barmoq ichakka tushadigan o’t moddasining bakteritsid 
ta’siri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, laktobatsilla, bifidumbakteriya, Str. faecalis va kandidalar 
(zamburug’lar) topiladi (autoxton mikroflora). Alloxton mikroorganizmlarga ichak tayoqchasi va 
N.pylori lar misol bo’la oladi, bu mikroblar o’n ikki barmoq ichakda yara paydo bo’lishiga olib 
keladi. 
Mikroorganizmlar ingichka ichakning pastki qismida ko’paya boradi va ular sifat jihatidan 
yo’g’on ichak mikroflorasiga yaqin turadi. 
Yo’g’on ichak
odam organizmi bioptatlari ichida eng ko’p mikrob tutuvchi joy hisoblanadi. 1 g 
najasda 109–1011 ta 500 turdan ortiq mikroorganizm uchraydi. Odam kuniga najas bilan 17ґ1012 
mikroblarni tashqariga chiqaradi. Obligat mikrofloraning 98–99% anaerob mikroorganizmlar — 
bakteroid, bifidobakteriya, laktobakteriya, fuzobakteriya, peptokokk, klostridiya, korinebakteriya, 
peptostreptokokk va boshqalar hisoblanadi. Fakulьtativ anaeroblar — E.coli, Str. faecalis, 
Enterobacter, Citrobacter va boshqalar. 
Alloxton mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi: Proteus, Klebsiella, Cl. perfringes, Cl. 
sporogenes, Ps. aeruginosa, C. albicans, Ent. coli va boshqalar. 
Odam ichak mikroflorasi hayoti davomida o’zgaradi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ichagiga 
asosiy mikroflora, ona suti orqali tushadi (bifidobakteriya, L. acidop’ilus). 
Sun’iy boqiladigan, oyiga yetmay tug’ilgan va nimjon chaqaloqlar ichagi mikrobiotsenozida 
bifidumbakteriyalar miqdori kamaygani aniqlangan, buning hisobiga ichak tayoqchasi, 
enterokokklar, stafilokokklar va laktobakteriyalar ko’payib ketadi. Sigir suti ichadigan 
chaqaloqlarda grammanfiy anaeroblar (enterobakteriya, kokklar) ko’payadi. 
Sun’iy ovqatlantiriladigan chaqaloqlarda onasini emgan chaqaloqlarga nisbatan ichak kasalliklari 
ko’proq kuzatiladi. Bolalarda me’da-ichak mikroflorasining normal shakllanishi uchun bolani 
tug’ilganidan boshlab to 1–2 yoshgacha emizish juda katta ahamiyatga ega. 
Щunday qilib, yo’g’on ichak mikroflorasini quyidagi 4 guruhga bo’lish mumkin: 
1.Mikrofloraning asosiy massasini spora hosil qilmaydigan qat’iy anaeroblar tashkil etadi, 
bularga Bifidobacterium turkumining grammusbat bakteriyalari kiradi. Yo’g’on ichak 
mikroflorasining 96–98% bifidobakteriyalar va bakteroidlarga to’g’ri keladi. 
2.Ikkinchi guruh grammanfiy E.coli va grammusbat enterokokklar, spora hosil qilmaydigan 
Lactobacillus turkumining sut achitqi tayoqchalari, ya’ni fakulьtativ anaeroblardan tashkil topgan. 
Ular ulushiga barcha mikroblarning 1–4% to’g’ri keladi. 
3.Uchinchi guruhga fakulьtativ anaeroblarning qoldiq mikroflorasidan tashkil topgan (yo’g’on 
ichak mikroblarining 0,01–0,001%). Bu guruhga Stap’ylococcus, Proteus, Clostridium, 
Pseudomonas, Candida lar misol bo’la oladi. 
4.To’rtinchi guruhga Enterobacteriaceae oilasining ichak infektsiyalarini qo’zg’atishi mumkin 
bo’lgan doimiy va vaqtincha uchraydigan vakillari (Salmonella, SHigella, Enterobacter va boshqa 
turkum a’zolari) kiradi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish