ALISHR NAVOIY
RUBOIYLAR VA TUYUQLAR
RUBOIYLAR
1
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to’la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo.
2
Ko’k po’yavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorg’oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog’ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.
3
YO rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo’qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
5
Jonimdog’i «jim» ikki dolingg’a fido,
Anding so’ng «alif» toza niholingg’a fido,
«Nun»i dog’i anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on iki nuqta ikki xolingg’a fido.
6
Bu qosid ishim ohu fig’on ayladilo,
Bu ruq’a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa’b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig’ ichim haloki jon ayladilo.
7
Nomangki, tirikligimdin uldur matlub,
Ochib o’qug’och bir necha lafzi marg’ub,
Ko’p to’lg’onib, ashk ichra o’zumdin bordim,
Ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub.
8
Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab,
Yetkursa tarab meni hazing’a, ne ajab,
Yolg’uz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim bo’ldi base xalq hayotig’a sabab.
9
Bir aybg’a garchi xalq qilg’ay mansub,
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak o’z fe’lini xo’b,
Kizb ersa malomat dog’i bordur matlub.
10
Suv ko’zgusini bog’ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko’zgu,
Kim ko’zgu aning qoshida bo’lg’ay siymob.
11
Ey ulki, so’zung tushti habib ollida xo’p,
Mendin yo’lig’a boshing qo’yub, tufrog’in o’p,
Ahbobg’a ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo ko’ptin-ko’p.
12
Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut,
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.
13
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O’tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.
14
Ey ishq, aning ko’yida tavfi haram et,
Bizni dog’i ul tavfg’a boshla, karam et,
Bir doira ko’yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog’im, raqamingdvn qalam et.
15
Chun xanjari hajring manga qat’ etti hayot,
Bori g’amu darding o’qini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par o’lub butsa qanot,
Toyir bo’lubon yetgamen oxir sanga bot.
16
Bo’ldi mening o’lmagimga savdo bois,
Savdog’a havoyi jomi sahbo bois,
Sahbog’a dog’i dayru chalipo bois,
Bu barchag’a ul dilbari tarso bois.
17
Ko’nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim g’amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.
18
Kunduz ko’rsang o’zungni mahzun qadah ich,
Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.
19
Gul vaqti muyassar o’lsa gulfom qadah,
Andin so’ng tutsa bir gulandom qadah,
Man’ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.
20
Ruhumg’aki maydin erdi har lahza futuh,
Nosih tili neshi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza bo’lg’ay manga ruh.
Do'stlaringiz bilan baham: |