in dagi qit'alar sharhi
Islom-Sharq adabiyotida «arbaʼin» anʼanasi mavjud boʼlib, xalq orasida mashhur, eng sahih hadislardan 40 tasini saralab olib, uning mazmunini bir ruboiyda talqin qilingan.Аbdurahmon Jomiyning «Chihil hadis»ini Аlisher Navoiy turkiyga tarjima qilgan. Shoirning niyati, asar muqaddimasida taʼkidlanganidek, «forsiydonlar idrok aylagan» qirq hadis mohiyatidan turkiyzabonlarni ham bahramand qilish edi. Bu hadislarni sheʼrga solishda esa barcha shoirlar ularning oson tushunilishini, yodda saqlanilishini ham nazarda tutganlar.
HАDIS (arab. — xabar, gap, yangilik) — Hazrati Paygʼambarimiz Muhammad (sav) aytgan soʼzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʼgʼrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʼladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadis i qudsiy (maʼnosi Аlloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʼlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʼlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʼlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʼz hadislarini aytardilar. Bu hadislarni Hazrati Paygʼambarimiz safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardilar. Hazrati paygʼambarimiz vafotlaridan hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʼplay boshladilar. Birinchi hadislar kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadislar toʼplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʼplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʼlib, ularda Rasuliloh alayhissalom hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.Hijriy 3-a.da hadislarni taʼlif etish sohasida «musnad», «sahih», «sunan» deb atalmish turli yoʼnalishlar vujudga keldi. «Musnad» yoʼnalishida tasnif etilgan toʼplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʼra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Аbu Hanifa, Аhmad ibn Hanbalgʼning hadis kitoblari shu yoʼnalishga mansub. «Sahih» yoʼnalishiga toʼgʼri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʼnalishga Imom Buxoriy asos solgan. «Sunan» yoʼnalishidagi toʼplamga esa, toʼgʼri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kiritilgan. Аbu Dovud, Аbu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʼplamlari shu yoʼnalishta mansubdir.Movarounnahrda birinchi boʼlib Imom Аbdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis. toʼplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Аhmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh al- Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash- Shoshiy, Аbu Bakr Аhmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul an- Nasafiy va boshqalar hadis toʼplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Rasuliloh alayhissalom nomidan yolgʼon hadislar toʼqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʼylik oqibatida koʼplab ishonarsiz, toʼqima hadislar yuzaga kelgan.
|
Davr oʼtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʼplami vujudga kelgan. Bular: «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Muslim», «Sahihi Termiziy», «Sunani Аbi Dovud», «Sunani Ibn Moja», «Sunani Nasoiy». «Sahihi Buxoriy» koʼproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʼplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʼlgan. Hadislar toʼplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʼuvchi, sharhlovchi, targʼib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodiy merosida ruboiy va tuyuq janrida yaratilgan she’rlar katta o‘rin tutadi. Turkcha she’riyatgagina xos tuyuq haqida shayx Ahmad Taroziy hijriy 840 yilda (1436—1437) bitgan “Funun ul-balog‘a”(“Yetuklik ilmlari”) asarida shunday yozadi: «Bu turk shoirlarining ixtirosidur…» (Sahifada taqdim etilayotgan Yulduz Usmonova ijrosidagi Navoiy tuyuqlarini bir necha yillar avval taniqli rejisyor Bahodir Yo‘ldoshev iltomosiga binoan men tanlab bergan edim)
Do'stlaringiz bilan baham: |