Valyuta zaxirasini qayerda va qanday saqlash kerak? Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida joylashgan Pimco



Download 318,63 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi318,63 Kb.
#667341
  1   2   3
Bog'liq
valyuta zaxirasini saqlash


Valyuta zaxirasini qayerda va qanday saqlash kerak?
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida joylashgan Pimco investitsiyalarni boshqarish kompaniyasi​ ​ijrochi vitse-prezidenti, o‘zbekistonlik Berdibek Axmedov xalqaro obligatsiya va valyuta portfellari bo‘yicha o‘z bilimlarini Kun.uz bilan o‘rtoqlashib, valyuta zaxira​larini saqlash va boshqarishning turli uslublari​ haqida ma'lumot berdi.
«Jahondagi yetakchi, rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarda valyuta zaxira​larini saqlash va boshqarishning turli uslublari haqida o‘z fikrimizni bildirmoqchimiz. Zaxira​larni boshqarishda ularning qiymatini saqlash va likvidligini ta'minlash eng ustuvor talab ekanligini ham nazarda tutamiz. Umid qilamizki, bizning o‘z tajriba va bilimlarimizga asoslangan fikrlarimiz vatanimizning valyuta zaxira​larini saqlash va boshqarish uchun foydali bo‘ladi. Avvaldan ta'kidlash muhimki, bu maqola orqali biz o‘zimiz faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni tamsil etmaymiz»​, deb yozadi Axmedov.
Berdibek Axmedov
1) Valyuta zaxira​larini chet el tijorat banklarida muddatli omonat tarzida saqlash;
Bu uslub eng oddiy, eng kam harakat talab qiladigan omonat saqlash turi hisoblanadi. Uning asosiy afzalliklari - chet el tijorat banklarida hisob raqami ochishning osonligi va istalgan vaqtda mablag‘larni foydalanishga tayyorligida, ya'ni likvidligidir. Ammo, bu uslub dunyoda valyuta zaxira​larini saqlash va boshqarishning eng kam ishlatiladigan yo‘li hisoblanadi. Buning ikkita asosiy sababi bor.
Birinchidan, omonatlar muayyan tijorat bankning yoki banklarning kredit riskidan xoli emasligi.
Bu risk 2008-2009 yillarda yuz bergan jahon moliyaviy inqirozi va 2011-2012 yillardagi Yevropa Ittifoqida moliyaviy va suveren inqirozi paytida yaqqol namoyon bo‘ldi. Banklarning moliyaviy sog‘ligiga putur yetishi (bank aktivlarining narxi pasayib ketib, muassasa mijozlari oldida qarzlarini yopa olmaganliklari va banklarning kapitali bozorlaridan mablag‘ olish stavkalari keskin oshishi) oqibatida ularning ba'zilari bankrotlik darajasiga yaqin kelib qoldi.
Buning oqibatida, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lumotiga ko‘ra, 2006 yildan 2018 yilgacha butun dunyo bo‘yicha markaziy bank umumiy valyuta zaxira​larini tijorat banklaridagi omonati ulushi 15 foizdan 3 foizga tushdi. Ya'ni, hozirgi kunda, umumiy zaxira​larning faqat 3 foizi tijorat banklarida muddatli omonatlarda saqlanadi.
Foto: Shutterstock
Yana ta'kidlab o‘tishimiz shartki, yevro valyutasi zonasi mamlakatlarida birorta tijorat bank bankrotga uchrasa, bunda omonat mablag‘lari ham bankning kreditorlari oldidagi qarzlarini to‘lashga ishlatishi mumkin. Bunday qoida 2012-2013 yilda Kiprda ro‘y bergan moliyaviy inqiroz va bank bankrotliklaridan keyin yo‘lga qo‘yildi. Buning ortidan Yevropa banklarida omonatlarning kredit riski yanada oshdi.

Download 318,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish