Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 593
hisob kitoblarda yagona yevropa valyutasini ikki yil amal qilish davrida u o‘zining
qiymatini 30%ga yo‘qotdi, birinchi marta paritet darajasidan pastga tushdi va
yevro 0,8334 dollarga teng bo‘ldi.
Shundan so‘ng yevro kursining o‘sishi muomalaga naqd pullarni kiritish bilan
emas, balki AQShdagi valyuta siyosati davlat budjeti va to‘lov balansi defitsitini
qisqartirish maqsadida valyuta kursini tushirishga qaratilganligiga bog‘liq. Bu
siyosat natijasida dollar kursi yevroga nisbatan pasayib bordi va 2004 yil yevro
1,35 dollarga teng bo‘ldi.
Shunday bo‘lsada, yevropa valyutasining bunday tez sur’atlarda
barqarorlashishidan yevro zonasiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar mamnun
bo‘lishmadi. Chunki bu vaziyat mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga va tashqi savdo
holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qildi. 2004 yil yevroning tez sur’atlarda
barqarorlashishidan Yevropadagi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
tarmoqlari kuchli bosim ostida qolishdi. Bu Yevropa tashqi savdo ulushining katta
qismi AQSh hissasiga to‘g‘ri kelishiga bog‘liq bo‘lib, valyuta bozorida yuz bergan
vaziyat natijasida yevropa mahsulotlari nafaqat jahon bozorida balki ichki
bozorlarda ham raqobatbardoshligini yo‘qotdi. Buni yevropa iste’molchilariga
amerika tovarlari narx va sifat jihatdan nisbatan jozibadorligi bilan izohlash
mumkin. Bundan tashqari oxirgi uch yilda xalqaro valyuta bozorida AQSh
dollariga nisbatan faqat yevroning o‘sishi Yevropa bozorlariga nisbatan arzon
bo‘lgan Osiyo tovarlari va xizmatlarining ham kirib kelishi kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki yevropa valyutasining o‘sish tendensiyasi davom
etayotgan vaqtda yevro zonasiga a’zo mamlakatlar vakillari bu jarayonni ijobiy
holat deb ta’kidlashdi va yevro hali xamon AQSh dollariga nisbatan kam
baholanayotganini aytib o‘tishdi. Bu mulohazalar 2003 yilgacha ta’kidlab kelindi
va 2004 yilga kelib yevroning AQSh dollariga nisbatan kursi yevrozona
iqtisodiyotiga ta’siri nuqtai nazaridan 1,3-1,4 darajada bo‘lishi eng maqbul kurs
ekanligini ta’kidlovchilar paydo bo‘ldi. Bu chegaraga yetganda Yevropa Markaziy
Banki yevro kursini pasaytirish uchun intervensiya shaklidagi choralarni qo‘llashi
kerak. Yevro zonasiga kiruvchi mamlakatlar hukumati milliy ishlab
chiqaruvchilarni rag‘batlantirish uchun yagona valyuta siyosatini shakllantirishi
kerak. Chunki yevro kursi past bo‘lgan sharoitda yevro zonasiga a’zo
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan bo‘lsa, kurs
barqarorlashishi bilan iqtisodiy ahvol yanada yomonlashishi va vaqt o‘tishi bilan
savdo balansi salbiy saldoga erishishi mumkin edi.
Oxirgi yillarda AQSh valyuta siyosati quyidagi omillar asosida tashkil etilgan.
Birinchidan, AQSh jahonda investitsion imkoniyati yuqori bo‘lgan yirik
iqtisodiyot bo‘lganligi uchun, u uzoq yillar davomida asosiy jahon valyutalariga
nisbatan kursini barqaror saqlab kelmoqda. Bu holat davlat budjeti va savdo
balansi defitsitining o‘sishiga olib keldi. 2000 yil Oq Uydagi xukumatning
o‘zgarishi bilan mamlakatdagi vaziyat og‘irlashdi. AQShda davlat budjeti
xarajatlari o‘sdi. Bunga Afg‘oniston va Iroqdagi kampaniyalar uchun qilingan
katta miqdordagi xarajatlar ta’sir qildi. Shuning uchun AQSh hukumati iqtisodiy