Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 596
hisoblanadi. 1979 yil ochiq siyosat e’lon qilingandan boshlab valyuta boshqaruvi
tizimidagi islohotlar rivojlandi, ya’ni ushbu sohada ma’muriy buyruqbozlik
kamaydi va bozor mexanizmlari rivojlandi.
1979 yil ushbu islohotlar natijasida davlatga 100%li valyuta sotish
majburiyati kamaydi va valyutaning ma’lum qismi korxonalarda qoladigan bo‘ldi.
Shunga muofiq valyuta bozorini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha chora
tadbirlar ko‘rila boshlandi, valyutani taqsimlash sohasiga bozor mexanizmi joriy
qilindi va shu asosda rasmiy va bozor kurslari tashkil etildi.
1994-1996 yillar davomida valyuta boshqaruvi tizimidagi islohotlar doirasida
muhim choralar ko‘rildi. Yuan kursini bir xil qilish, butun mamlakat bo‘yicha
birlashgan banklararo valyuta bozorini tashkil qilish, bozor talabi va taklifi asosida
amalga oshiriladigan boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‘tish,
banklarga valyuta operatsiyalarini o‘tkazish huquqi berildi, joriy operatsiyalar
bo‘yicha yuanni shartli konvertatsiyalash joriy qilindi.
XXRda amal qilib kelgan valyuta boshqaruvi tizimidagi asosiy holatlarni
ko‘rib chiqamiz.
Joriy operatsiyalar bo‘yicha yuanni konvertatsiyalash ● Joriy operatsiyalar bo‘yicha valyuta tushumi bank orqali o‘tkaziladi.
Rezident-korxonalar valyuta tushumlarini o‘z vaqtida XXRga o‘tkazishi va
bozor kursi bo‘yicha banklarga sotishi kerak. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi
hamma korxonalar va xitoy kapitali bilan tashkil qilingan ayrim korxonalar xorijiy
valyutada hisob raqami ochishi mumkin va ushbu schetlarda kelishilgan
miqdordagi valyuta tushumidan qolgan mablag‘larni qoldirishlari mumkin.
Joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutani sotib olishga cheklovlar olib tashlandi.
Rezidentlar vakil banklardan tasdiqlangan hujjat asosida yuanga bozor
kursida valyuta sotib olishlari mumkin. Agar tovar yetkazib berish uchun
to‘lanadigan summa ma’lum proporsiyadan oshib ketsa, valyuta nazorati
boshqarmasi tomonidan shartnomaning haqiqiyligi tekshirilgandan so‘ng bankda
yuanni xorijiy valyutaga almashtirib beriladi. Jismoniy shaxslar ma’lum
miqdordagi valyutalarni shaxsiy maqsadlarda ishlatish uchun belgilangan hujjat
taqdim etgan holda bankdan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishlari mumkin. Summa
ma’lum miqdordan oshganda tasdiqlangan hujjat bilan avval hujjatlarning
haqiqiyligini tekshiruvchi Boshqarmaga, shundan so‘ng bankka murojat qilish
kerak.
● Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati tizimi.
XXRda eksport va import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati tizimi
tashkil etilgan. Tovar chetga sotilgandan so‘ng Boshqarma eksportdan tushgan
valyuta tushumlarini tekshiradi. Import bo‘yicha valyuta nazorati tizimi
quyidagicha: import tovari uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng Boshqarma
tekshiruv amalga oshiradi. Bu tizim eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirish jarayonida valyuta mablag‘lari harakatini nazorat qilishda, joriy
operatsiyalar haqiqiyligini tekshirishda, valyuta mablag‘larining chetga chiqib