Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 595
Yaponiya valyuta siyosatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
Yaponiya Banki uzoq yillar davomida valyuta kursini boshqarish instrumenti
sifatida
intervensiyadan
foydalanadi.
Yaponiya
hukumatining
asosiy
maqsadlaridan biri – amerika valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursi
barqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad
AQShning asosiy sherigi bo‘lgan Yaponiya tashqi savdosiga bu holatning salbiy
ta’sirini oldini olish hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda Yaponiya milliy
va tashqi bozordagi ishlab chiqaruvchilar tovarlari raqobatbardoshligini
rag‘batlantirish uchun muhim qarorlar qabul qilmoqda. Yaponiya ushbu choralar
yordamida milliy valyutasi barqarorligini minimum darajada qisqartirishga erishdi.
Masalan 2003 yil yevro dollarga nisbatan 25%ga barqarorlashgan bo‘lsa, yena
10%ga barqarorlashdi. Shuni ta’kidlash kerakki yaponiya moliya tizimining
rivojlanganligi sababli yaponiya hukumati pul massasini oshirishiga qaramay
inflyatsiya sur’atlarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymayapti. Yaponiya hukumati yuqori
darajada likvidlik yuzaga kelganda muomaladan pullarni chiqarish uchun
rivojlangan tizimga ega.
Shunga o‘xshash vaziyat Xitoyda ham yuz berdi. Amerika valyutasi yevropa
valyutasiga nisbatan devalvatsiyalanishiga qaramasdan AQSh tashqi savdo
holatining yomonlashishiga ta’sir qilayotgan asosiy muammolardan biri osiyo
tovarlarining,
ayniqsa
Xitoy
tovarlarining
arzonligi
hisoblanadi.
Turli
ma’lumotlarga asosan 2009-2010 yillarda AQSh to‘lov balansi defitsitining qariyb
yarmi Xitoy bilan qilingan savdo natijasida yuz berdi.
Shuning uchun so‘ngi
yillarda amerika hukumati uchun dollar qiymatini yevro yoki funt sterlingga
nisbatan emas, balki birinchi navbatda yuan va yenaga nisbatan pasaytirish muhim
hisoblanadi. AQSh xukumati Xitoyga bosim o‘tkazish yo‘li bilan yuan kursini
barqarorlashtirishga qaratilgan valyuta siyosatini yuritishga undamoqda. Lekin
oxirgi yillarda xitoyda kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va uning
jahon maydonlaridagi mavqeining yildan yilga o‘sib borayotganligi sababli
AQShning Xitoy tashqi siyosatiga ta’siri asta sekin kuchsizlanmoqda. Bunday
vaziyatda AQSh xitoy tomonining talablarini inobatga olgan holda, Xitoy bilan
doimiy ravishda muzokaralar olib borishga majbur bo‘lmoqda. 2011 yil boshida
tomonlar bunday muzokaralar natijasida yuan kursini 3-5%ga oshirishga
kelishishdi.
Yuqorida rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatini ko‘rib chiqdik, endi
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlaridagi valyuta siyosati xususiyatlarini ko‘rib
chiqamiz.
O’tish iqtisodiyoti kategoriyasiga kiruvchi mamlakatlaridan biri Xitoy Xalq
Respublikasi bo‘lib, uning valyuta siyosatini o‘rganish O’zbekiston iqtisodiyoti
uchun muhim hisoblanadi. Chunki bu mamlakat ko‘p yillik iqtisodiy islohotlar
tajribasiga ega bo‘lib, uzoq yillar davomida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari
bo‘yicha o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari ichida oldingi o‘rinlarda kelmoqda.
XXR valyuta boshqaruvi tizimidagi islohotlar – xitoyga xos xususiyatlar
asosida mamlakatda sotsial bozor iqtisodiyotini qurishda muhim jarayonlardan biri