Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 589
yomonlashishiga olib keldi, ya’ni to‘lov balansi defitsiti yuzaga keldi, oltin valyuta
zahiralarining katta qismi yo‘qotildi va italiya lirasining qadri tushdi. Italiya to‘lov
balansi holatini yaxshilash va mamlakatning valyuta zahiralariga bo‘lgan talabini
kamaytirish maqsadida bir necha bor milliy valyutasini devalvatsiyaladi.
Jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayonining kuchayishi 1960 yilda milliy
valyutani to‘liq konvertatsiyalashga olib keldi. Bu Italiya Banki, Italiya valyuta
byurosi va xukumat olib borgan oqilona valyuta siyosati natijasida amalga
oshirildi. Natijada inflyatsiya sur’atlari pasaytirildi, to‘lov balansi holatiga ijobiy
ta’sir yetdi va oltin valyuta zahiralari xajmi ko‘paydi.
Lekin valyuta qonunchiligining liberallashuviga qaramay, 1981-1982
yillarda xalqaro valyuta bozorida italiya lirasi holatining yomonlashishi bilan
importerlarga xorijiy valyutada qilgan shartnomalari summasining 70%ni 360 kun
mobaynida bo‘lib-bo‘lib vakil banklarga depozitga qo‘yish majburiyati belgilab
qo‘yildi.
1989 yil oxiriga kelib qonun doirasidagi har qanday valyuta va moliyaviy
faoliyatga ruxsat beruvchi valyuta boshqaruvi to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
Bu valyuta boshqaruvi prinsiplariga asosan quyidagilarga rioya qilish kerak:
-
Oltin va valyuta savdosida monopoliya;
-
Rezidentlar xorijiy valyutada amalga oshiradigan barcha valyuta
operatsiyalari to‘g‘risida davlat organlariga xabar qilishi shart;
-
Mamlakat ichki bozorlarida xorijiy valyutaning aylanishi ta’qiqlangan.
1995 yil Italiya Valyuta byurosi qoshida noqonuniy daromadlarni tozalash
uchun moliyaviy institutlardan foydalanishni oldini olishga qarshi kurashuvchi
maxsus boshqarma tashkil etildi. Vaqt va geografik zonalar bo‘yicha pul
o‘tkazmalarini amalga oshirishni nazorat qilish va pullarni qonuniylashtirish
alomatini aniqlash uchun maxsus programma ta’minotidan foydalanilmoqda.
Quyida biz AQShdagi valyuta boshqaruvi va nazoratini ko‘rib chiqamiz.
AQShda turli strukturalar 10000 dollardan yuqori bo‘lgan valyuta
operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar (jismoniy shaxslar, firmalar,
assotsiatsialar, aksioner kompaniyalar va b.)ni nazorat qiladi.
Dastlabki nazorat qiluvchi organlar quyidagilar: tijorat banklar, xususiy
banklar, jamg‘arma va kredit assotsiatsiyalari, sug‘urta kompaniyalari, jamg‘arma
banklar, kredit uyushmalari va b.
Yuqorida sanab o‘tilgan organlar 10000 dollardan yuqori xajmda valyuta
operatsiyalarini amalga oshirgan mijozlar to‘g‘risida Soliq organlari va
G’aznachilik Departamentiga belgilangan muddatlarda hisobot taqdim qilishadi.
Valyuta operatsiyalari, pul instrumentlari va operatsion schetlar nazorat
sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Operatsion schetlarga talab qilib olinadigan
omonatlar, bank schetlaridan mablag‘larni chiqarish to‘g‘risidagi erkin aylanuvchi
buyruqlar, muddatli omonatlar, pul bozorining depozit schetlari kiradi.
AQSh soliq boshqarmasi alohida nazorat talab qiladigan shubhali
faoliyatlarning asosiy turlarini ko‘rsatib berdi. Bular quyidagilar: