Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
.
585
Rivojlangan va o‘tish davri mamlakatlaridagi valyuta
siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining barqarorligiga
erishish valyuta siyosatining maqsadi hisoblanadi. Mamlakat ichki to‘lov balansi
holatini buzmagan holda tashqi to‘lov balansi barqarorligiga erishish valyuta
siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ko‘pgina davlatlarda Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshiruvchi
muassasa hisoblanadi. Markaziy bank valyuta siyosatini ishlab chiqadi va
amaliyotga qo‘llaydi. Markaziy bank valyuta siyosatining instrumentlari bo‘lib
valyuta intervensiyasi va shu bilan bir qatorda barcha pul-kredit instrumentlari
hisoblanadi. Shuning uchun valyuta siyosati bilan pul-kredit siyosati o‘rtasida
yaqin aloqadorlik mavjud. Ularning ikkalasi ham davlat iqtisodiy siyosatining
ajralman qismi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki ko‘pgina adabiyotlarda
valyuta va pul-kredit siyosati “monetar siyosat” deb
yuritiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida
valyuta siyosatining yo‘nalishlari mamlakatdagi
iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi.
Bularga to‘lov balansi holati va pul muomalasi shu
bilan birga ushbu davlatning tashqi majburiyatlari
kiradi.
Valyuta siyosatining bir qismi bo‘lgan
valyutani boshqarish deganda valyuta qimmatliklari
bilan bog‘liq operatsiyalar tartibini aniqlashda
foydalaniladigan huquqiy, ma’muriy, iqtisodiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmui
tushuniladi. Valyuta nazorati va uni cheklash valyutani boshqarish mexanizmi
hisoblanadi.
Valyuta nazoratining asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini va pul-kredit
tizimi himoya qilish hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab davlat
valyuta boshqaruv normalari turlichadir. Rivojlanayotgan va o‘tish davridagi
mamlakatlarga nisbatan rivojlangan mamlakatlarda valyutani boshqarish
sohasidagi qonunchilik liberal hisoblanadi. Lekin rivojlangan mamlakatlar
valyutani boshqarish sohasida bunday erkinlikka erishgunga qadar ma’lum
bosqichlarni bosib o‘tishgan. Ushbu paragrafda turli davlatlardagi valyutani
boshqarish evolyutsiyasi ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy rivojlanish turli bosqichlarida dunyo mamlakatlarining barchasi u
yoki bu darajadagi valyuta cheklovlaridan foydalanishgan. G’arbiy Yevropada bu
tadbirlardan ikkinchi jahon urushidan so‘ng iqtisodiyot tiklanayotgan davrda keng
foydalanilgan. Mamlakatdan kapitalning oqib ketishi va kapital kirib kelishi
ko‘payishi natijasida muomaladagi pul massasining o‘sishi va buning oqibatida
inflyatsiya
jarayonlarining
kuchayishini
oldini
olish maqsadida o‘tish
iqtisodiyotidagi mamlakatlarda qattiq valyuta cheklovlari amal qiladi. Kapitalning
Do'stlaringiz bilan baham: