Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
.
577
bilan tushuntirish mumkin. Norasmiy dollarlashuv 2 yo‘nalishda– “valyuta o‘rnini
egallash” va “aktivlar o‘rnini egallash” orqali sodir bo‘ladi. Valyuta o‘rnini
egallashda xorijiy aktivlar to‘lov vositasi, qiymat o‘lchov vositasi va jamg‘arish
vositasi sifatida ishlatiladi. Bunday o‘rnini egallash joriy inflyatsiya sur’atining
yuqoriligiga javoban yuz beradi. Bunda milliy valyutadan foydalanish
xarajatlarining yuqoriligi sababli xo‘jalik sub’ektlari alternativ valyutadan
foydalanishga o‘tishadi. Aktivlar o‘rnini egallash aktivlarni yo‘qotish xavfi yuqori
bo‘lganda sodir bo‘ladi, xatto joriy iqtisodiy barqarorlik paytida ham xo‘jalik
sub’ektlari o‘z aktivlarini xorijiy valyutada ushlab turishga harakat qiladi. Buni
xo‘jalik sub’ektlarining mamlakatdagi pul-kredit institutlariga ishonmasligi bilan
izohlash mumkin. A.Berg va E.Borenshtayn (Berg A. Barenztein E., 2000)
dollarlashuv darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotlar uchun valyuta kurslarini tanlash
modelini ishlab chiqishdi.
Ular “valyutalar o‘rnini egallash”, “aktivlar o‘rnini egallash” sharoitida va
dollarlashuv
darajasi
yuqori
bo‘lgan
iqtisodiyotlar uchun suzib yuruvchi kurslar
rejimini tanlash samarali bo‘lishi mumkin degan
xulo-saga kelishdi. Boshqa iqtisod-chilar esa
o‘tish davridagi iqtisodiyotlar uchun suzib
yuruvchi
valyuta
kurslarni
tanlashni
mamlakatdagi pul-kredit institutlarining (valyuta
bozorlarining to‘liq shakllan-maganligi va b.)
rivojlanma-ganligi sababli orqaga surib turishni
ta’kidlashadi. Chunki pul-kredit institut-larining
rivojlanmaganligi va ularga xo‘jalik sub’ektlari
ishonchining
pastligi
pul-kredit
siyosatini
amalga oshirishga barcha instrumentlardan
foydalanish imkonini bermaydi. Milliy valyuta
kursi mamlakat iqtisodiyotiga bevosita va
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bevosita ta’sir
quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: Milliy valyuta nominal almashuv kursining
pasayishi eksportni rag‘batlantiradi. Bu esa, mamlakat korxonalarining va kichik
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yuksal-tirishga hizmat qiladi.
Iqtisodiy adabiyotda milliy valyutaning nominal almashuv kursini pasayishi
devalvatsiya deb ataladi. Milliy valyutaning devalvatsiyalanishi davom etayotgan
sharoitda rezidentlar eksport hajmini oshirishdan manfaatdor bo‘ladilar. Chunki,
eksportyorlarning xorijiy valyutalarda olingan tushumlarining milliy valyutadagi
ekvivalenti miqdori milliy valyutaning devalvatsiyalanishi natijasida ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: